Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
Jannatda o‘z ahliga aziyat yetkazuvchi daraxt ham bo‘ladimi? 
— Nima ekan u? dedilar Rasuli akram. 
— Sidr (buta), axir uning tikani bo‘ladi-ku? 
— Ha, Alloh taolo: «Fi sidrim maxzud» («O’ng tomon egalari tikansiz 
butazorlarda bo‘ladi») (Voqea, 28-oyat) deydi. Alloh taolo bu daraxtning tikanini olib, 
xar olingan tikan o‘rniga bitta mevani o‘rnashtiradi. So‘ngra msva-si uzib olinadi va har 
mevasidan bir-biriga o‘xshamagan yetmiga ikki xil taom hozirlanadi, dedilar Rasuli ak-
ram» (Ibn Muborak rivoyati). 
Jarir ibn Abdulloh hikoya qiladi: «Saffoh degan joyda to‘xtadik. Daraxt ostida uxlab 
yotgan bir kishiga ko‘zim tushdi, quyosh nurlari unga tushay deb qolgan ekan. Xizmat-
kor bolaga: — Bor, teri to‘shamini keltir va mana bu yotgan odamga soyabon qilib qo‘y, 
dedim. U aytganimdek qildi. Uyg‘ongach qarasam, uxlab yotgan bu odam Salmon Forsiy 
ekan. Oldiga borib, salom berdim. Shunda u: 
— Ey Jarir, Alloh uchun tavozu’da bo‘l. Chunki, kim bu dunyoda Alloh uchun 
tavozu’da bo‘lsa, qiyomatda Alloh uning darajasini baland qiladi. Qiemat kunining 
zulmatlari nima, bilasanmi? dedi. 
— Yo‘q, bilmayman, dedim. 
— Odamlarning bir-biriga yetkazgan zulmlari, dedi Sal-mon va ko‘liga juda kichkina 
bir cho‘pni olib, aytdi: - Ey Jarir, jannatda mana shu cho‘pcha narsani ham izlab 
topmaysan. 
— Ey Abu Abdulloh, u holda ta’rifu tavsif qilingan xurmo va shajar (daraxt) qaerda? 
dedim. 
— Ularning ildizi inju va oltin, ustlarida esa mevalari bor, dedi Salmon». 
 
 
Jannat ahlining libosi, to‘shaklari, so‘rilari va chodirlari 
«...Ular u joyda oltindan bo‘lgan bilakuzuklar va marvarid-marjonlar bilan 
bezanurlar, liboslari esa harir-ipak bo‘lur» (Haj, 23-oyat). 
Bu xususda oyatlar ko‘p. Ularning tafsiloti hadislarda keladi. Abu Hurayra Payg‘ambar 
alayhissalomdan rivoyat qiladi: «Jannatga kirgan kipga ne’matlar ila baxti-yor, 
kulfatlardan uzoq bo‘ladi. Uning kiyimi hecham to‘zmaydi, yoshligi boqiy qoladi. 
Jannatda shunday ne’matlar borki, ularni na ko‘z ko‘rgan, na quloq egaitgap, na inson 
xayolidan o‘tgan» (Muslim rivoyati). 
Bir kishi; «Ey Allohning rasuli! Jannat ahlining kiyimi haqida bizga xabar bering. U 
(tayyor) yaratilgan narsami yoki to‘qilgan?» deb so‘radi. Rasuli akram ozgina sukut kilib, 
ipdamay turdilar. Qavmdan ba’zisi kuldi. Shunda Rasuli akram: «Nimaga kulyapsizlar? 
Bilmaganini bilgan kishidan so‘ragan odam ustidanmi?! Jannat me-valari ikki marta hosil 
berib, jannat liboslarini chiqaradi» (Nisoiy rivoyati). 
Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomniig igunday deganlarini rivoyat qiladi: 
«Jannatga avval qadam qo‘yuvchilar yorug‘ kechadagi to‘lin oydek bo‘lib ichkari 
kiradilar. Ular u yerda tupurmaydi, burnini qoqmaydi, hojatga chiqmaydilar. Jannat 
ahlining idishlari, taroqlari oltip va kumushlan, terlari mushkdandir. Jannatga avval 
kiruvchilarning har birida ikkitadan jufti halol bo‘lib, ular shu darajada nafiski, 
suyaklaridagi ilik etlari ustidan ko‘rinib turadi. 
(U ikkala jufti xalol ham) o‘zaro totuv. Bir-birini ko‘rolmaslik, nafrat degan narsalar 
ularga begona, qalblari go‘yo bir qalbdek. Ertayu kech Alloqga tasbeh aytadilar». 
Yana bir rivoyatda aytilishicha, zavjalarning har biri yettitadan xulla kiyib olgan» 
(muttafaqun alayh). 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin