Bekchanova s geografiya ta`limida o`qitish


  1.4. Natural vositalardan foydalanish



Yüklə 237,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/24
tarix27.04.2023
ölçüsü237,14 Kb.
#103862
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
 


27 
1.4. Natural vositalardan foydalanish
Geografiya darslarida o`qitishning samarali o`quvchilarini tabiat va xo`jalik 
haqida bevosita olgan tasavvurlariga tayanadi. Shunning uchun geografik 
bilimlarni o`zlashtirishda natural vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. 
Natural geografik vositalar ikkita katta guruhga bo`linadi: 
-
bevosita tabiiy sharoitda o`rganiladigan natural vositalar; 
-
sinf sharoitida o`rganiladigan natural vositalar. 
Bevosita tabiiy sharoitda o`rganiladigan natural vositalarga geologik ochilmalar, 
rel`ef shakllari, tuproqlar, o`simliklar, soylar, ko`llar, qishloq xo`jaligi ekinlari, 
sanoat korxonalari kiradi. Mazkur natural vositalar o`quv sayohatlari davomida 
o`rganiladi. Tabiiy va ishlab chiqarish ob`ektlarini tabiiy sharoitda bevosita 
o`rganish yoki kuzatish boshqa o`quv vositalarini o`rganish uchun asos bo`lib 
hisoblanadi (namunalar, gerbariylar va x.k.). Tabiiy sharoitni va jarayonlarni 
kuzatish murakkab jarayon hisoblanadi. Kuzatish davomida o`qituvchilarga 
ma`lum vazifalar topshiradi va ularni bajarilishini nazorat qilib turadi kuzatish 
natijalari qiyoslab beriladi. O`quvchilar kuzatgan voqea va hodisalarini qayd qilib 
borishlari lozim. 
Mazkur kuzatish natijalaridan dars jarayonida foydalanish mumkin. Tabiiy 
holda voqea va hodisalarni kuzatish ko`nikmalari dars jarayonida mashq qilish va 
rasmlarni kuzatish hamda statistik ekranli qo`llanmalarni kuzatish asosida 
shakllantiriladi. Masalan, “Cho`l tabiati tasvirlari” diapozitivini ko`rsatayotib 
o`qituvchi o`quvchilariga qo`yidagicha savol berishi mumkin “Cho`l rel`ef 
shakllarini hosil bo`lishini sababi nimada?. Cho`l rel`ef shakllarining asosiy 
belgilari nimadan iborat”.
O`quv sayohatlari davomida georafik ob`ektlarni kuzatish juda murakkab 
muammo hisoblanadi. Shuning uchun o`qituvchi avval tashkiliy ishlarni amalga 
oshirmog`i lozim. Buning uchun o`quvchilarga o`quv sayohatini maqsadi va 
vazifalarini tushuntiradi, sinf ma`lum bir guruhlarga bo`ladi, har bir guruhga 


28 
topshiriq beriladi. Masalan, tabiiy geografiya boshlang`ich (V cinf) kursi bo`yicha 
o`quv sayohatiga chiqqanda quyidagi topshiriqlarni ifodalash mumkin. 
- geografik ochilmalarni tozalash va uni diqqat bilan ko`zdan kechirish; 
- ochilmadagi qatlamlar sonini aniqlash. Qatlamlarni qaliңligini o`lchash; 
- qatlamlarni yotish holatini o`rganish va ularni sabablarini aniqlash; 
- yotqiziqlarni hosil bo`lishi qanday sharoitda sodir bo`lgan; 
- rel`efni o`zgarishiga qanday tashqi kuchlar ta`sir etadi. 
- tashqi kuchlarni rel`efga ta`siri nimalarda ifodalangan. 
Mazkur topshiriqni bajarish o`quvchilardan o`ta kuzatuvchanlikni talab 
qiladi. Ular qatlamlarni chegaralarini, qatlamlarni joylanishdagi o`ziga xos 
xususiyatlarni, qatlamlari tarkibidagi tog` jinslarini o`lchamlarini aniqlashlari 
lozim. Olib borilgan kuzatishlar natijasida o`quvchilar guruhi tog` jinslarini xosil 
bo`lishi, ularni to`planishi va yotishi haqida bilimlarni yaxshi o`zlashtirishlariga 
imkon beradi. 
O`quvchilarni 
natural 
ob`ektlarni 
kuzatish 
o`qituvchilarni 
bevosita 
rahbarligida olib boriladi, ayrim hollarda kuzatish ishlari o`qituvchilarni o`zi ham 
qatnashadi. 
Sinf sharoitida quyidagi natural ob`ektlarni kuzatish mumkin: 
a) tog` jinslari namunalari; 
b) tuproq namunalari va tuproq monolitlari; 
v) gerbariylar; 
g) hayvonlarning qotirilgan tanalari; 
d) sanoat va qishloq xo`jaligi maxsulotlari namunalari. 
Natural ob`ektlarning o`quv vositalari ichida o`rin almashtirib bo`lmaydigan 
turiga kiradi. 

Yüklə 237,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin