4
«Mustaqillik yillarida Yurtboshimiz rahnomaligida Kadrlar tayyorlash milliy
dasturining hayotga tadbiq etilishi, mazkur dasturining mantiqiy davomi bo`lgan
Maktab ta`limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi doirasida amalga
oshirilayotgan ishlarimiz zamirida farzdanlarimizni komil insonlar qilib
tarbiyalash orqali yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevorini qo`yish, uning
buyuk kelajagini bunyod etishdek ezgu maqsad yotadi» (O`zbekiston respublikasi
Prezidenti Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo`ljallangan eng muhim ustuvor
yo`nalishlarga bag`ishlangan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkakmasining
majilisidagi “ Barcha reja dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish,
xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” mazusidagi ma`ruzasini o`rganish
bo`yicha o`quv-uslubiy majmua Toshkent: Iqtisodiyot.-2011 193b.)
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga joriy etish ta`lim tizimining
barcha bosqichida ta`limni puxta egallashni ta`minlaydi, o`qituvchi kasbiy
mahoratini oshiradi. O`qitish vositalari tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlarni
shakllantirishda katta ahamiyatga ega. O`qitish vositalarining asosiy vazifasi bilim
olish jarayonida ko`rgazmalilikni ta`minlashdir.
Dostları ilə paylaş: