Bekchanova s geografiya ta`limida o`qitish



Yüklə 237,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/24
tarix27.04.2023
ölçüsü237,14 Kb.
#103862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Komp`yuter. 
Komp`yuterning 
ishlanib 
chiqilishi 
bilan 
o`qitishni 
komp`yuterlashtirish yangi zamon talabiga aylandi. Uning o`kitish jarayonida 
foydalanilganligiga ko`p vaqt bo`lgani yo`q. Lekin bu ozgina vaqt ichida


10 
komp`yuterning o`qitishdagi ahamiyati juda kuchli sezilmoqda. Sababi komp`yuter 
o`qituvchining o`qitishdagi, o`quvchining o`qishidagi zamonaviy, texnik vosita 
sifatida bilim berishda va bilimni o`zlashtirishda katta imkoniyatlarga ega.
Boshlang`ich sinflarda komp`yuter o`quvchilarni o`quv va hisoblash 
ko`nikmalari bilan ta`minlashda keng foydalanilmoqda. Masalan, o`quvchilar 
matematikadan komp`yuter yordamida qo`shish, olish, ko`paytirish va bo`lish 
amallarini bajarishga, har turli didaktik o`yinlar o`ynashga, ona tilidan 
mashg`ulotlar ishlashga o`rganadi.
Yuqori sinflarda komp`yuterdan barcha fanlarni o`qitishda foydalaniladi. 
Masalan, biologiya darslarida komp`yuterda paxtaning tarkibi modellashtiriladi, 
kimyo darslarida har turli reaktsiyalar ishlanadi, Qoraqalpog`iston tarixi darslarida 
xronologik jadvallar tuziladi. O`zbekiston geografiyasi darslarida ayrim 
hududlarga iqtisodiy geografik tavsif ishlanadi, va h.k. Komp`yuter yordamida 
o`kuvchilarga fan (mavzu) bo`yicha ko`rgazmali ma`lumotlar, masala, misol, 
mashg`ulot, test va boshqa materiallar tez tavsiya qilinishi va tez echilishi mumkin. 
O`qitish jarayonida komp`yuterni qo`llash uchun fan metodistlari tomonidan 
muayyan tilda, algoritmda plenkaga yozilgan maxsus o`qitish dasturlari tuziladi. 
O`quvchilar dastlab komp`yuterda u dasturning ayrim qismlarini bajarishga, keyin 
butun dasturni bajarishga o`rganadi. 
Maktablarimizda matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya va 
boshqa fanlarni o`qitishda komp`yuterni foydalanish o`qitish qoidasiga 
aylanmoqda. U o`quvchilarimizning o`z-o`zini tekshirishida, topilgan hato 
kamchiliklarni mustaqil tuzatishda, o`qituvchining bilim berishida, har bir 
o`quvchining bilimni o`zlashtirish sifatini aniqlashda, reyting tekshirish va 
baholashda tengi yo`q o`qitishning ajoyib texnik murakkab xizmatini bajaradi. 
Faqat bu emas komp`yuterdan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda ham har 
tomonlama foydalanishga bo`ladi. 
Hozirgi vaqtda internet texnologiyasiga asoslangan bolalar va yoshlarning 
respublika komp`yuter axborot tarmoqlarini tuzish masalasi quyilmoqda. Ularning 
ishga tushishi bilan o`quv yurtlari, maktablar uchun komp`yuter tarmoqlari va 


11 
internet bilan bog`lanish imkoniyati to`g`iladi. O`quvchilar, talabalar bo`lsa 
komp`yuter tarmoqlari orqali hozirgi zamon axborot texnologiyasi haqida ko`p 
narsani bilib oladi, o`zlarining bilimini to`liqtirishga va amalda qo`llashga 
o`rganadi. Respublikamizning xohlagan hududida o`quvchilar bir-biri bilan bir 
vaqtning o`zida bevosita, aloqa qila oladigan bo`ladi. Birgalikda misol, masala, test 
echishga, imtihon topshirish, har turli konkurs, musobaqa va olimpiadalarga 
qatnashish imkoniyati yaratiladi. 

Yüklə 237,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin