Televidenie. Respublikamizning televizion stantsiyalari oliy va o`rta maxsus
va xalq ta`limi vazirliklari bilan birgalikda o`quvchilar va talabalar uchun fanlar
bo`yicha maxsus o`quv ko`rsatuvlarini tashkil qilmoqda. Ularning dasturlari
maxsus turda nashrdan chiqariladi. Respublika gazetalari sahifalarida e`lon
qilinadi, haftalik televidenie dasturlarida o`quv ko`rgazmalari kiritilgan.
Maktabning imkoniyatlariga ko`ra maxsus o`quv ko`rsatuvlarini dars jadvaliga
muvofiq bevosita dars jarayonida ko`rishga bo`ladi. Uning metodikasi juda sodda.
Unday darslar o`qituvchining yangi mavzuga kirish hikoyasidan, agar
mustahkamlash dars turi bo`lsa avvalgi materialni takrorlashdan boshlanadi,
shundan keyin televizor ko`rsatiladi. Rejalashtirilgan fil`m qismi ko`rsatilib
bo`lingandan keyin televizor o`chiriladi va o`qituvchi ko`rilgan materialni
o`quvchilar bilan birgalikda muhokama qiladi, umumlashtiradi va xulosa
chiqaradi.
Bulardan boshqa televidenie orqali chet tillarni o`rganuvchilar, tashqaridan,
oraliqdan va yuqori o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun maxsus ko`rsatuv darslari
berilmoqda. Markaziy televidenie bo`yicha beriladigan «Dunyo geografiyasi»,
«Hayvonatlar dunyosi», «Sayohatchilar klubi» kabi ko`rsatuvlarni juda qiziqib
ko`radi.
Videomagnitofon. Videomagnitofonning paydo bo`lishi va uning
qo`llanilishi
o`qituvchilarni
ta`lim-tarbiya
jarayonini
tashkil
etishdagi
imkoniyatlarini juda ko`paydi. Videomagnitofon bilan darslar, tarbiyaviy ishlar,
laboratoriya va amaliy ishlar, tajribalar, respublika televideniesining har turli
maxsus o`quv ko`rsatkichlari yozib olinib o`quvchilarga darsda, darsdan va
maktabdan tashqari ishlarda ko`rsatiladigan bo`ldi. Oldingi qatordagi maktablar va
tajribali o`qituvchilar darsda videomagnitofondan keng foydalanilmoqda. Ular
hatto videomagnitofondan foydalanib o`zlarining o`quv-tarbiya ishlarini televizor
orqali o`quvchilarga ko`rsatishga erishdi.