22
O`quvchilarni matn bilan ishlashida tayyor rejalardan fiydalanib matnni
o`rganishi yaxshi va samarali natijalar beradi. Matnlarning tabiat ob`ektlari va
hodisalarini, ularning o`zgarishini obrazli qilib yoritishi zarur.
Matn mazmuni
odatda muammoli bo`lishi kerak. Matnning yoritilishi jarayonida savollar keltirishi
o`quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi. Eng muhimi o`quvchilar ham
savollar
keltirishi o`quvchilarni fikrlashga izlanishga undaydi. Bu orqali ular savol va
topshiriqlar tuzishga o`rganadilar. O`quv materiali mazmuni asosida savol berishi
yoki uni o`qituvchilarga yoki uni o`qituvchilarga berish o`quvchilarda savol
topshiriqlar tuzish ko`nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
Savollar tuzish nafaqat darslik matni asosida
balki kartalar va boshqa
illyustrativ materiallar asosida ham tashkil qilinsa, o`quvchilarda bu ko`nikma
malaka darajasiga ko`tarilishiga imkon tug`iladi. Darsda o`quvchilar tomonidan
mustaqil tuzilgan savol topshiriqlar sinf o`quvchilari o`rtasida muhokama etilishi
tahlil qilinishi maqsadga muvofiq. Mavzu matni bo`yicha qo`shimcha savollar
tuzib kelishni o`yga vazifa qilib berish yaxshi natijalar beradi.
Darslik matni bilan ongli ishlash yakunlaridan biri, o`quvchilarning u yoki
bu metodni mustaqil bajara olishi unda geografik fikrlash, tahlil,
umumlashtirish,
hislatlarini shakllanganligidan dalolat beradi.
«Qiyoslash geografiyaning jonidir» degan edi buyuk geograf metodist
N.N.Baranskiy. Darslik matni asosida ob`ekt va hodisalarni qiyoslash orqali
matndagi yakka tushunchalarni shakllantirish imkoniyati tug`iladi. Quyida Janubiy
Amerika va Janubiy Sharqiy Osiyodagi nam ekvatorial o`rmonlarni
qiyoslab
tasvirlash rejasini keltiramiz. O`qituvchi qiyoslash rejasini o`quvchilar diqqatiga
havola qiladi. O`quvchilar esa darslik matnidan har ikkala hududning o`xshash va
farq tomonlarini mustaqil aniqlaydilar. Qiyoslash rejasi taxminan quyidagicha
bo`lishi mumkin.
1.
Har ikkala hududdagi nam ekvatorial o`rmonlarni
joylashishi va ular
egallagan maydon.
2.
Iqlim sharoitlari.
3.
O`rmondagi daraxtlar farqi.
23
4.
Hayvonat dunyosi hayot tarzi.
5.
Qaysi davlatlar hududida joylashgan.
6.
Aholisi va ular mashg`uloti.
Bu ishni bajarishda o`quvchilar darslik matni va kartalar bo`yicha mustaqil
ishlaydilar. Ishning qanday bajarilganligini o`qituvchi nazorat qiladi,
ularni
baholaydi. Yuqori sinflarda bunday qiyosiy tavsiflarni referat tarzida yakunlasa
ham bo`ladi.
Har qanday mavzuni asosiy maqsadi o`quvchilarda geografik tushunchalarni
shakllantirishdan iborat. O`quvchilar har bir mavzudagi tushunchalarni guruhlarga
(umumiy yakka mavhum) ajrata olishlari kerak. Tabiiy geografiyaning
boshlang`ich kursining «Okean suvning xususiyatlari» mavzusidagi tushunchalarni
guruhlashni o`quvchilar quyidagi tarzda bajarishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: