Jizzax davlat pedagokika



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix28.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#103969
1   2   3   4   5   6   7
Jizzax davlat pedagokika

 
 
5
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat.2008-yil. 60- bet.



Kurs ishining maqsadi: Fonetika 
Kurs ishining obyekti: Oliy va O’rta maxsus ta’lim muassasalarida Ona tili 
fanining o’qitish jarayoni. 
Kurs ishining predmeti: Ona tili fanining o’qitishda til birliklar 
Kurs ishining vazifalari: 
Mavzuga doir malumotlarni yig’ish va rejani shakllantirish. 
Fonetika haqida to’liq malumot yoritish. 
Maktabda “Fonetika” kursining mazmuni va uni o‘qitish metodlari 
«Fonetika» grekcha so’zdan olingan bo’lib, «tovush» ma’nosini anglatadi, ya’ni 
«tovush haqidagi bo’lim» demakdir. Nutq tovushlari fonetikada o’rganiladi. Nutq 
a’zolari harakati jarayonida hosil bo’lgan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq 
tovushlarini hosil qiluvchi nutq a’zolarining jami nutq apparati deb yuritiladi. 
Nutq a’zolari nutq tovushlarini hosil qilishdagi ishtirokiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1. 
Faol (aktiv) nutq a’zolari: 1) til; 2) ovoz (un, tovush) paychalari; 3) yumshoq 
tanglay; 4) og’iz bo’shlig’i (til, lab); 5) pastgi jag’. 2. Passiv (sust) nutq a’zolari: 1) 
o’pka; 2) kekirdak; 3) qattiq tanglay; 4) burun bo’shlig’i; 5) tish. 
Nutq tovushlari ikki xil: unli va undosh tovushlar. 
Unli tovush: o’pkadan chiqayotgan havo oqimining og’iz bo’shlig’ida hech 
qanday to’siqqa uchramay chiqishidan hosil bo’ladigan tovush unli hisoblanadi. 
Unli tovushlar oltita: a, i, e, u, o’, o. 
Unlilar lab ishtirokiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 
1. Lablangan unlilar: o, u, o’ 
2. Lablanmagan unlilar: a, i, e. 
UNLI TOVUSHLAR TAVSIFI 
i unlisi-old qator lablanmagan, tor unli.Tilning tanglay tomon yuqori ko’tarilishi 
va og’izning nisbatan tor ochilishi bilan qisqa talaffuz etiladi. Til, dil, jim, kiyik, 
kiyim . 


10 
u unlisi-orqa qator, lablangan, tor unli.Uni talaffuz qilishda til tanglay tomon 
ko’tarilib og’iz juda torayadi,lablar oldinga cho’ziladi: gulshan,bug’doy,kurtak,lunj. 
e unlisi-old qator,lablanmagan,o’rta keng unli.Tilning tanglay tomon 
yuqori-o’rta ko’tarilishi, til uchining pastki tishlarga tegishi bilan yumshoq talaffuz 
etiladi,og’iz bir muncha torayadi:etik,sekin,meva,ehson. 
o’ unlisi-orqa qator lablangan ,o’rta keng unli.Har vaqt so’zning birinchi 
bo’g’inida keladi:bo’z,bo’y,do’ppi,ko’zgu. 
a unlisi-old qator lablanmagan,keng unli.Uning aytilishida lablar kerilib,tilning 
oldingi qismi pastga tushadi,uchi esa pastki tishlarga yaqinlashadi:alanga,vazifa, 
gavhar,jasur,kurash. 
o unlisi-orqa qator,lablangan,keng unli.Uning aytilishida til ichkariga 
tortiladi,tilning uchi tishlardan uzoqlashadi,pastki jag’ esa tushiriladi: 
bozor,obod,ovoz,hikoya,matbuot. 
Undosh tovush: o’pkadan chiqayotgan havo oqimining og’iz bo’shlig’ida 
ma’lum to’siqqa uchrashidan hosil bo’lgan tovush undosh hisoblanadi. Undoshlar 
quyidagicha tasnif etiladi.
1. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra: (qaerda?) 
2. Hosil bo’lish usuliga ko’ra: (qanday?) 
3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra. 
1. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar quyidagicha:
a) lab undoshlari 
Lab-lab: b, p, m (v) 
Lab-tish: v, f 
Til oldi: d,t,n,l,r,z, sh, ch, j 
b) til undoshlari 
Til o’rta: y 
sayoz til orqa: k,g,ng 
til orqa: 
chuqur til orqa: q,g’,x 
v) bo’g’iz undoshi: 



11 
2. Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar quyidagilarga ajratiladi: 
a) portlovchi undoshlar: b, p, d, t, q, k, g. Bunday undoshlar talaffuzida o’pkadan 
chiqayotgan havo oqimi og’iz bo’shlig’idagi to’siqdan portlab chiqadi; 
b) sirg’aluvchi undoshlar: v, f, g’, z, s, sh, j, y, x, h. Bu undoshlar talaffuzida 
o’pkadan chiqayotgan havo oqimi og’iz bo’shlig’idagi to’siqdan sirg’alib chiqadi. 
v) qorishiq (affrikat), portlovchi-sirg’aluvchi undoshlar: ch,j,s. Bu undoshlar ham 
portlab, ham sirg’alib chiqadi. 
m,n,ng - burun tovushlari. Bu tovushlar talaffuzida havo oqimining bir qismi 
burun bo’shlig’idan chiqadi.
l-yon tovush, til- tanglay tovushi: havo oqimi tilning ikki yonidan sirg’alib 
chiqadi.
r-titroq tovush, til uchining titrashidan hosil bo’ladi. 
3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra undoshlar ikki xil bo’ladi: Jarangli 
va jarangsiz undoshlar. Jarangli undoshlar ovoz va shovqindan iborat bo’ladi. 
Tarkibida ovoz (un) miqdori ko’p bo’lgan jarangli undoshlar sonor (lotincha 
«ohangdor») lar deyiladi. Sonor tovushlar 5 ta: m, n, ng, l, r 
Jarangli 
b v d g J 

z g’ l m n ng r y
Jarangsiz 
p f t k ch 
sh s x 
s h q 
Faqat jarangli undoshlardan iborat so’zlar: mard, javlon, maydon, jadval. 
Faqat jarangsiz undoshlar ishtirokidagi so’zlar: paxta, ko’kat, soch popuk, sex. 
UNDOSH TOVUSHLAR TASNIFI 
Ovoz 
va 
shovqinning 
Hosil bo’lish 
usuliga ko’ra 
Hosil bo’lish o’rniga 
ko’ra 


12 
ishtirokiga 
ko’ra 
Lab tovushlari 
Til 
tovushlari 
lab-lab lab-tish Til 
oldi 
Til 
o’rta 
til 
orqa 
sayo

Chuqur 



Jarangli 
Portlovchilar 
Jarangsiz 




Jarangli 
Sirg’aluvchilar 


z,j 

g’ 
Jarangsiz 

s,j 


Jarangli 
Qorishiq 
tovushlar 

Jarangsiz 
ch 
Jarangli 
Burun 
tovushlari 


n(ng)
Yon tovush 

Titroq tovush 

Bo’g’in 
Bir nafas to’lqinida aytiladigan tovush yoki tovushlar yig’indisi bo’g’in 
deyiladi. So’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi. Bir unli bir bo’g’inni 
hosil qila oladi. Bo’g’inlar tarkibi quyidagicha bo’ladi: с-undosh; v-unli. 
v: o-na, u-mid, a-ka, i-jod, o-lim, a-yoz. 
vс: o’t, el, ot, on, ur, ish, oy, ip, iz, o’y, ol-(ma), in-(kor). 
cv: bu, shu, da-da, ma-na, da-(vom), sa-na, ra-(von), sa-(bab). 
cvc: ko’k, gul, qo’l, sol, bor, dam, tan-qid, tan-bur, rav-shan. 
cvcc: go’sht, qasd, mard, qasr, fikr, ranj, hukm, mehr. 


13 
vcc: aql, ust, asr, ahl, art, ishq, ont. 
ccvcc-sport, shrift. 
O’zbek tilida bir unli, ikki undoshdan iborat bo’g’in mavjud, ammo ikki unli va bir 
undoshdan iborat bo’g’in uchramaydi. Negaki, bir unli bir bo’g’inga teng keladi. 
Bo’g’inning ahamiyati quyidagilardan iborat:
a) maktab o’quvchilarini o’qish va yozishga o’rgatish bo’g’inga asoslanadi; 
b) she’riy misralarda bo’g’inlar tengligi alohida ahamiyat kasb etadi; 
v) so’zni ko’chirishda bo’g’inga asoslaniladi. 
Bo’g’in tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: ochiq bo’g’in va yopiq bo’g’in. 
Unli bilan tugagan bo’g’in ochiq hisoblanadi: ma-la-ka, ka-li-ma, o-na. 
Undosh bilan tugagan bo’g’in yopiq hisoblanadi: mak-tab, kaj-raf-tor, tan-siq. 
Urg’u 
Urg’u ikki xil bo’ladi: so’z urg’usi va gap urg’usi. 
1. So’z urg’usi. So’zdagi ma’lum bir unlining (yoki bo’g’inning) cho’ziqroq, 
ajratib, ta’kidlab aytilishidir. O’zbek tilidagi so’z urg’usi ko’chuvchan xarakterga 
ega 
bo’lib, 
asosan 
so’zning 
oxirgi 
bo’g’iniga 
tushadi: 
gul-gulzor-gulzorlar-gulzorlarimiz-gulzorlarimizni. 
So’zga 
qo’shimcha 
qo’shilishi bilan urg’u ko’chib boraveradi. Lekin barcha qo’shimchalar ham urg’u 
olavermaydi. Quyidagi qo’shimchalar urg’u olmaydi: 
1. Birinchi darajali shaxs-son qo’shimchalari: -man, -san, -dir, -miz, -siz. 
Masalan, o’quvchiman, bolaman, yaxshisiz. 
2. Sonlardagi-ta, -tacha qo’shimchalari, ravish yasovchi-cha qo’shimchasi 
urg’u olmaydi: o’nta, yigirmata, beshtacha, mardlarcha. 
3. -dek, -day qo’shimchalari ham urg’u olmaydi: qordek, oydek, shishadek. 
4. Fe’lning bo’lishsiz shakli -ma ham urg’u olmaydi: kelmadi, olmagan, 
aytmadi. 
5. Qo’shimcha holidagi yuklamalar urg’u olmaydi: qizgina, keldi-yu.


14 
Ba’zi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmaydi: ammo, doim, afsuski, hatto, 
xuddi, albatta, balki, hamma, texnika, hamisha, kofe. Bunday holat o’zlashgan 
(boshqa tillardan kirgan ) so’zlarda kuzatiladi.
So’z urg’usi ma’no farqlash uchun ham xizmat qiladi. Masalan: olma 
(meva)-olma (fe’l), etik (kiyim)-etik (fan), atlas (xarita)-atlas (ko’ylak), hozir 
(payt)-hozir (tayyor), yangi (kitob)-yangi (payt), qo’llar (ot)-qo’llar (fe’l), 
qishloqcha (ot)-qishloqcha (ravish), o’quvchimiz-o’quvchimiz. 
Demak, so’z urg’usi so’zdagi biror bo’g’inni ajratib, ta’kidlab aytish va ma’no 
farqlash uchun xizmat qiladi. 
2. Gap urg’usi «mantiqiy urg’u», «logik urg’u», «ma’no urg’usi» kabi 
terminlar bilan yuritiladi. Gap urg’usi gapdagi biror so’zning ta’kidlab, ajratib 
aytlishidir: Biz kecha sayohatga bordik. Biz sayohatga kecha bordik. Kecha 
sayohatga biz bordik. 
Gap urg’usini olgan bo’lak kesimdan oldin ( kesim oldida) keladi. 
Tovush o’zgarishlari 
O’zakka qo’shimcha qo’shilishi natijasida yuzaga keladigan o’zgarishlar fonetik 
o’zgarishlar yoki tovush o’zgarishlari deyiladi. Tovush o’zgarishlarining quyidagi 
ko’rinishlari mavjud. 
1. Tovush almashuvi: bunda qo’shimcha qo’shilishi natijasida bir tovush boshqa 
tovushga almashadi: qishloq-im-qishlog’im, etik-i-etigi, yosh-a-yasha, son-a-sana, 
bo’ya-q-bo’yoq, ong-la-angla, ot-a-ata. 
2. 
Tovush 
tushishi: 
a) 
unli 
tovush 
tushadi: 
o’g’il-im-o’g’lim, 
shahar-ing-shahring, ulug’-ay-ulg’ay. b) undosh tovush tushadi: past-ay-pasay, 
sust-ay-susay, men-niki-meniki, sen-ning-sening.
3.Tovush ortishi: shu-day-shunday, o’sha-da-o’shanda; isi-q-issiq. 
Nutqimizni bo‘laklarga ajratadigan bo‘lsak, uning oxirgi bo‘linish nuqtasi 
tovushlar
bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston — jannatmakon o‘lka jumlasi O‘zbekiston, 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin