Mavzu: Pedagogik texnalogiyalarning rivojlanish bosqichi õziga xos hususiyatlari



Yüklə 154,69 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.04.2023
ölçüsü154,69 Kb.
#104051
Pedagogik texnalogiyalarning-1



Mavzu:Pedagogik texnalogiyalarning rivojlanish 
bosqichi õziga xos hususiyatlari
SHarof Rashidov nomidagi Samarqanda davlat unversiteti


Kirish
Pedagogik texnologiya o'zida quyidagi o'ziga xos xususiyatlami namoyon
etadi: 1) Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonnni takomillashtirish,
optimallashtirishga bo‟lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi. 
2).Pedagogik
texnologiya didaktik, tarbiyaviy xarakterdagi ta‟lim-tarbiya jarayonini 
samarali,
mahoratli tarzda tashkil etishga oid nazariy va amaliy bilimlar majmui, 
metodologik
fan sifatida namoyon bo‟ladi. 3).Pedagogik texnologiya ta‟lim-tarbiya 
jarayonining
umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayondir. 4). Pedagogik texnologiya
yo‟naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya'ni, u shaxsni rivojlantirish, 
tarbiyalash,
shakllantirish uchun xizmat qiladi. 5). Pedagogik texnologiya - shaxsiylik
xususiyatiga ega bo‟lib, muayyan texnologiyalarni ta‟lim-tarbiya jarayonida
qo‟llashga nisbatan yagona, qatiiy, me‟yoriy (standart) talablar 
qo‟yilmaydi.6). Har
bir pedagog u faoliyat olib yuritayotgan ta‟lim-tarbiya muhitining 
xususiyatlari,
mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan 
texnologik
yondashuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega.


Reja:
1.
Pedagogik texnologiyalarni kelib chiqish zarurati, vujudga
kelishi va shakllanishi.
2.
«Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat»
fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari
3.
Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tushunchasiga
berilgan ta'riflar va ularniig tahlili.
4.
Pedagogik texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlari.
5.
Pedagogik texnologiyaning manbalari, metodologik
asoslari va uning xususiy metodikadan farqi.


1.Pedagogik texnologiyalarni kelib chiqish zarurati, vujudga 
kelishi va shakllanishi.
Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, 
ta'limning dunyo ta'lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va 
insonparvarlashtirish jarayonlarining rivojlanishi ta'lim jarayonida 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini 
taqozo etmoqda.
Nega bugungi kunga kelib, pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik 
darajada kuchaydi, degan mulohaza tug’ilishi tabiiy. Jamiyatimizga 
qanchadan-qancha bilimli va malakali kadrlarni etishtirib kelgan 
pedagogikaning o'ziga xos uslublari mavjud. Pedagogik jamoatchilikning 
aksariyati mana shu yo'ldan bormoqda, ammo mustaqillik va kelajak sari 
intilayotgan jamiyatga bu yo'l kutilgan samara bilan xizmat qila olmaydi. 
Chunki buning zamirida ma'lum sabablar mavjud, ya'ni:
Rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olish uchun, aholi ta'limini 
jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy 
pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligi;
Fan-texnika taraqqiyotining o'ta rivojlanganligi natijasida axborotlar tizimi 
hajmining tobora ko'payib borayotganligi;
Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ta'limga tatbiq etish, ta'lim jarayonini 
kompyuterlashtirish, o’quv-tarbiya jarayonida axborot texnologiyasi va 
texnik vositalardan foydalanish kerakligi;
Talaba va o'qituvchi faoliyatini to'g’ri yo'lga qo'yish, o'qituvchi ta'lim maqsadi 
va mazmunini puxta bilishi, ta'lim usullari, metodlari va vositalarini yaxshi 
egallagan bo'lishi, talabaning qiziqish va intiluvchanligini to'g’ri yo'lga 
yo'naltira olishi lozimligi;


O'qituvchi ta'lim jarayonini yuqori darajada, samarali tashkil etish uchun 
maqsad va vazifalarni aniq belgilashi, ta'lim natijasini oldindan qayd etishi, 
o’quv predmetlarini to'liq o'zlashtirishga erishish uchun zaruriy ta'lim 
vositalari, shart-sharoitlarini tayyorlashga erishishi kerakligi;
O’quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik bazaning yaratilgan bo'lishligi;
Ta'lim-tarbiya jarayoni natijalarini xolisona va ob'ektiv baholash, talabalarning 
bilim va malakalarini egallash jarayonini nazorat qilish va baholashni 
avtomatlashtirishga erishilganligi;
O'sib kelayotgan yosh avlodni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga 
eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob'ektiv borliqqa majmuiy 
yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi kabi muammolardadir.
Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya yuqorida keltirilgan shartlarning 
barcha talablariga javob beradigan ta'limiy tadbir hisoblanadi.
Bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish kuchayganining sababi 
shundaki, rivojlanayotgan davlatlarda, odatda, birinchi navbatda, 
pedagogik texnologiyaga ta'lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi 
sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham 
ma'qullandi va 1972 yilda «Ta'limni rivojlantirish masalalari» bo'yicha 
Xalqaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya -
ta'limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholadi.


2. «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» fanining 
mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari.
Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an'anaviy va 
noan'anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. 
Asosiy maqsad - shaxsning ta'lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va 
jismonan rivojlanishi bilan bog’liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, 
qanday nomlanishidan qat'iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson 
tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.
«Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» kursining maqsadi -
talabalarni pedagogik texnologiyalarning mazmuni, o'ziga xos xususiyatlari 
va turlari bilan tanishtirish va pedagogik texnologiyalardan o'quv 
jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirishdir.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi 
– ommaviy ta’lim sharoitida ta’lim 
jarayonining zaruriy samaradorligini ta’minlash va talabalar tomonidan 
o‘qishning ko‘zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi 
– ommaviy ta’lim sharoitida «oddiy» 
pedagoglarga o’qitishning yetarli samarasiga erishishni ta’minlovchi, o‘quv 
jarayonini yaratishh hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning predmeti 
– o‘quv jarayoining o‘zi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning ob’yekti –o‘quv jarayonining tarkibiy qismlari 
hisoblanadi.


Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum 
pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya - ta'lim 
texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, 
zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, 
ta'lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, 
pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu 
sohadagi maqsadga erishish yo'li bo'lib hisoblanadi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyaning predmeti - pedagogik tizimini 
konsteptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo’yishdan, 
natijalarni shakllantirishdan, o’quv materialini tanlash va 
strukturalashtirishdan, pedagogik modelini tanlashdan, to ularni amalga 
oshirishgacha, ularning muqobillik va samaradorlik darajasini 
baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topadi. Tizimli yondashish 
o’qitish tizimining barcha asosiy tomonlarini - maqsadni aniqlash va 
o’quv jarayonini loyihalashdan tortib, to yangi o’qitish tizimining 
samaradorligini tekshirish, uni sinovdan o'tkazish va 
ommalashtirishgacha bo'lgan jarayonni o'z ichiga oladi. U o'z harakat 
tartiblarini takrorlanuvchanligi va ularni to'la o’quv jarayoniga tadbiq 
etish g’oyasi, oqibat natijada bu jarayonni «jonli o’qituvchiga» bog’liq 
bo'lmay qolishiga olib keladi. Haqiqatan ham, agar o’quv jarayoni to'la 
takrorlanuvchan, alohida ko'rinish (epizod)larga bo'linsa, o’qituvchining 
vazifasi oldindan tuzilgan (o'zi tuzgan bo'lishi shart emas) material bilan 
o'qishni tashkil etishda tashkilotchi va maslaqatchi rolini ijro etishdan 
iborat bo'lib qoladi.


3. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tushunchasiga 
berilgan ta'riflar va ularniig tahlili.
Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy 
taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki 
so’zdan – «texnos» (techne)- mahorat, san’at va «logos» (logos) – fan, 
pedagogikot so’zlaridan tashkil topgan. Bu ifoda zamonaviy texnologiya 
jarayonini to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy 
vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-
ketlikda bajarishni ko’zda tutadi.
Keyingi o'n yillar ichida yaratilgan, pedagogikaga bag’ishlangan 
adabiyotlarda «Pedagogik texnologiya», «Progressiv pedagogik 
texnologiya», «Yangi axborotlar texnologiyasi» kabi tushunchalar uchrab 
turadi. Ammo, ularga hozirgikungacha to’liq ta'rif berilmagan.
Qator yillardan beri, pedagogik texnologiyaga o’quv jarayonini texnik 
vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat 70-yillardan 
boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin etila 
boshlandi. Texnologiya deganda, sub'ekt tomonidan ob'ektga ko'rsatilgan 
ta'sir natijasida sub'ektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon 
tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan 
foydalanib, ob'ektga yo'naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-
ketlikda bajarishni ko'zda tutadi.


4.Pedagogik texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlari.
Yuqorida ta'kidlangandek, pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati 
ta'limda talabalarni qiziqtirib o’qitish va bilimlarni to'liq o'zlashtirishga 
erishishdir. Ta'limda berilayotgan bilimlarni talabalarning aksariyat 
ko'pchilik qismi puxta o'zlashtirishi pedagogik texnologiyani joriy 
etishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ilmiy adabiyotlarda pedagogik texnologiyaning uch aspekti to’g’risida 
Tavsifiy aspektda rejalashtirilgan o’qitish natijalariga erishishning 
maqsadi, mazmuni, metodlari va vositalarining ishtiroki asosida 
algoritm jarayoni ishlab chiqiladi.
Amaliy aspektda pedagogik texnologiya jarayoni amalga oshiriladi.
Ta'lim amaliyotiga nisbatan pedagogik texnologiyaning uch sathi 
belgilanadi: umumpedagogik, xususiy metodik, lokal (modul).
Umumpedagogik texnologiya yaxlit ta'lim jarayonni ifoda qiladi.
Xususiy metodik texnologiya bir fan doirasidagi o’quv -tarbiya jarayonini 
amalga oshirish metodlari va vositalaridan iborat bo'ladi.


5.Pedagogik texnologiyaning manbalari, metodologik 
asoslari va uning xususiy metodikadan farqii.
Mavjud pedagogika fanida dars jarayoniga oid berilgan ma'lumotlarda 
e'tibor ko’proq yangi bilimlarni bayon etish, uni mustahkamlash va 
natijasini hisobga olishga qaratilgan. Bilim berishda talabaning avvalgi 
bilimlari, hayotiy tajribasi etarlicha hisobga olinmagan. Dars rejasida 
avval o'tilgan mavzuni yakunlab, yangi mavzuga bog’lash taklif etilgan. 
Lekin shu yangi o'tilayotgan mavzu bo'yicha talabaning bilimni aniqlash, 
mavzuga xos bo'ladigan dastlabki ma'lumotlarni berish etarlicha amalga 
oshirilmagan. Pеdаgоgik tехnоlоgiyaning аn’аnаviy tа’limdаn аfzаlligi, u 
pеdаgоgik jаrаyonini bir butunlikdа ko’rib, pеdаgоgik mаqsаdi, 
kutilаdigаn nаtijаlаri, uning mаzmuni, pеdаgоgik mеtоdlаri, shаkllаri vа 
vоsitаlаri, hаmdа tаhsil оluvchi vа pеdаgоgik bеruvchilаrning 
fаоliyatlаrini tizimgа kеltirib, pеdаgоgik bоsqichlаrini lоyihаlаb, 
pеdаgоgik jаrаyonini nаzоrаt qilish vа pеdаgоgik nаtijаlаrini bаhоlаsh 
kаbi elеmеntlаrini o’zаrо uzviy bоg’lаb tizimgа kеltirib turib uning 
lоyihаsini tuzishidаdir.
Pеdаgоgik tехnоlоgiyasining аn’аnаviy pеdаgоgikdаn kеyingi fаrqi, u tаhsil 
оluvchilаrning o’zlаrigа bеrilgаn bilimni yodlаb оlib аytib bеrishigа emаs, 
bаlki pеdаgоgik vа tаrbiya jаrаyonining yakunidа аmаliy ishlаrni 
bаjаrishigа yo’nаltirilgаnligidаdir.


Qo'llanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 
–T.: O'zbekiston, 
2012.
2. O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g’risida”gi Qonuni. 
Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: 
“Sharq”, 1998.
3. O'zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
to'g’risida”gi Qonuni. Barkamol avlod –O'zbekiston taraqqiyotining 
poydevori. 
– T.: “Sharq”, 1998.
4. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T.: 
«O'zbekiston», 2011.
5. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -
T.: Nizomiy nomidagi TDPU. 2006 y.

Yüklə 154,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin