3
Birinchi qism
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning tashqi
koʻrinishlari
Boʻylari
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam oʻrta boʻyli edilar.
1
Oʻta uzun ham emas, past ham emasdilar.
2
Ranglari
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam qizil aralash oq
edilar.
3
Albinos
kasalidek oq ham emas, qoracha ham
emasdilar.
4
Sajda qilgan
5
va duo qilgan
6
paytlari qoʻltiqlarining oqligi
koʻrinardi. Yaʻni qoʻltiqlari ostida tuk boʻlmasdi
va huddi
tanalarining rangidek boʻlardi. Yo u zot sollallohu alayhi
vasallam
shunday yaratilganlar, yoki doimo ularni tozalab
yurishni odat qilganlar.
A’zolari
Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning boʻgʻimlari
yirik edi.
7
Yaʻni suyaklarining bir-biriga ulangan yerlari yirik-
baquvvat edi. Yelkalari, tizzalari, sonlari shular jumlasidan.
1
Buxoriy, 3558. Muslim, 2336.
2
Buxoriy, 3548. Muslim, 2347.
3
Buxoriy, 3547. Muslim, 2330.
4
Buxoriy, 3548. Muslim, 2347.
5
Buxoriy, 3564. Muslim, 495.
6
Buxoriy, 3565. Muslim, 895.
7
Termiziy, 3637. Ahmad, 684.
4
Boshlari
Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning boshlari katta
edi.
1
Yaʻni arablar maqtaydigan darajada kattalikda edi.
Shunday bosh egalari ulugʻlanardi.
Shuningdek, bu narsa
oʻsha inson boshliqlikni puxta bajarishiga dalolat qilardi.
2
Sochlari
Rosululloh sollallohu alayhi
vasallamning sochlari
goʻzal
3
, tim qora edi
4
. Sochlari
quloqlarining yarmigacha
tushib turardi
5
. Baʻzida esa, quloqlarining yumshogʻigacha
tushardi
6
. Baʻzan esa, quloqdan
pastda yelkadan tepada
turardi.
7
U zotning sochlari oʻta jingalak ham emas, oʻta tekis ham
emasdi.
8
Sochlarini yoyib yurardilar. Keyinchalik farq
ochdilar.
9
U zot sollallohu alayhi vasallamning toʻrtta kokillari
boʻlardi.
10
Koʻkraklaridan kindiklari uzra nozik tuk boʻlardi.
11
U zot sollallohu alayhi vasallam qoʻllaridan
kelganicha
har ishni oʻng tomondan boshlashni yaxshi koʻrardilar.
12
1
Termiziy, 3637. Ahmad, 684.
2
“Mirqotul mafatih sharhu mishkatul masobih”, 9/3700.
3
Bazzor. “Musnad”, 7789.
4
Bayhaqiy. “Daloil”, 1/274.
5
Muslim, 2338.
6
Buxoriy, 3551. Muslim, 2337.
7
Termiziy, 1755.
8
Buxoriy, 3548. Muslim, 2347.
9
Buxoriy, 3558. Muslim, 2336.
10
Abu Dovud, 4191. Termiziy, 1781. Ibn Moja, 3631. Ahmad, 26890.
11
Termiziy, 3637. Ahmad, 684.
12
Buxoriy, 426. Muslim, 268.
5
Tahorat olishda, sochlarini tarashda, oyoq kiyim kiyishda oʻng
tomondan boshlardilar.
Dostları ilə paylaş: