U zotning ummati zalolat ustida jamlanmasligi
Alloh taolo Nabiyyimiz ummatini dinning kattayu kichik
ishlarda zalolat ustida jamlanishdan saqlab turishi bilan
boshqalardan xoslab qoʻydi
2
. Shu sababli ummatning bir
narsaga kelishib ijmoʻ qilishi hujjat sanaldi. Ixtiloflari esa
rahmat sanaldi
3
.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Alloh
taolo ummatimni – yoki Muhammad ummatini dedilar –
zalolat ustida jamlamaydi. Va Allohning qoʻli jamoat bilan
birga”
4
.
1
Muslim, 2889.
2
“Munyatus sul fiy tafzilir rosul”, 34.
3
Suyutiy. “Xosoisul kubro”, 2/369.
4
Termiziy, 2167.
74
U zotning ummati qiyomat kuni tahorat asaridan
porlab kelishi
Alloh taolo Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallam
ummatini boshqa ummatlardan xoslab qoʻygan jihatlaridan
yana biri, ular qiyomat kuni tahorat izlaridan peshona va qoʻl-
oyoqlari porlagan holda kelishlaridir. Mana shu belgi bilan
Nabiy sollallohu alayhi vasallam ummatlarini qiyomat kuni
tanib oladilar
1
.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Mening
ummatim qiyomat kuni tahoratning asaridan peshona va
oyoq-qoʻllaridan oppoq nur taralib turgan hollarida
chaqiriladi”
2
.
Yana aytadilarki: “Ummatim havzi kavsar oldida men
tomon keladilar. Men boʻlsam xuddi bir kishi boshqaning
tuyasini oʻzining tuyasidan qaytarib turganidek, boshqa
odamlarni undan (havzi kavsardan) qaytarib turaman.
Ular: “Ey Allohning rosuli, bizni (oʻshanda) taniysizmi?”
deyishdi. U zot: “Ha, sizlarda boshqa biror kishida
boʻlmaydigan bir siymo (belgi) boʻladi. Sizlar men tomon
tahoratning asaridan peshona va oyoq-qoʻllaridan oppoq nur
taralib turgan holda kelasizlar”
3
.
1
Ibn Hajar. “Fathul boriy”, 11/449.
2
Buxoriy, 136. Muslim, 246.
3
Muslim, 247.
|