Kelichev B
3
Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari
I. Tirik moddaning maxsus xususiyatlari quyidagilar:
1.
Biosferaning tirik moddasi katta energiya zaxirasiga ega.
2.
Tirik va o’lik moddalar o’rtasidagi keskin farq ularda
boradigan kimyoviy reaktsiyalar tezligidadir (tirik moddada boradigan
kimyoviy reaktsiyalar tezligi ming va million marta ortiq).
3.
Tirik moddaning o’ziga
xos xususiyatlaridan biri, undagi
oqsillar, fermentlar va boshqa kimyoviy birikmalar faqat tirik
organizmlarda barqaror bo’ladi.
4.
Biosferada har qanday moddaning erkin harakati va ma’lum
darajada o’z-o’zini idora etishi umumiy xususiyat hisoblanadi.
5.
Tirik modda o’lik moddaga nisbatan morfologik va kimyoviy
xilma-xilligi jihatidan ajralib turadi. Tirik modda tarkibiga kiradigan 2
mln.dan ortiq organik birikmalar ma’lum bo’lib,
tabiiy minerallar esa
ikki ming atrofida xolos.
6.
Tirik modda biosferada ayrim organizmlar sifatida namoyon
bo’lib, ularning o’lchami ham juda xilma-xil. eng kichik viruslar 20
nm.dan oshmaydi. eng yirik hayvon hisoblangan kitlarning uzunligi 33 m
ga boradi. eng baland daraxt (evkalipt)ning bo’yi esa 100 m dan ortadi.
II. Tirik moddaning asosiy biogeokimyoviy xususiyatlari quyidagilar:
1.
E
nergetik xususiyati. Fotosintez jarayoni orqali quyosh
energiyasini to’plash va uni keyinchalik
biosferaning ayrim tarkibiy
qismlarga taqsimlanishi. Biosferada quyosh energiyasining to’planishi
tufayli unda hayotning barcha ko’rinishlari mavjuddir.
2.
Gazlar hosil qilish va ularning harakatini amalga oshirish
xususiyati. Gazlarning aylanib yurishi, o’zgarishi orqali biosferaning gaz
tarkibini ta’minlaydi. Mayyoramizdagi asosiy gazlar biogen yo’l bilan
kelib chiqqan. Tirik modda
faoliyati natijasida azot, kislorod, karbonat
angidrid gazi, vodorod sulfid, metan va boshqa gazlar hosil bo’lgan.
3.
Biogen moddalarni to’plash xususiyati. Tirik modda tarkibida
engil elementlarning atomlari (H, C, N, O, Na, Mg, AI, Si, S, CI, K, Ca)
ko’p miqdorda uchraydi. Ushbu elementlarning
miqdori tirik
organizmlar ta’sirida tashqi muhitga nisbatan yuz va ming barobar ortiq
to’planadi.
Kelichev B
4
Ana shu xususiyat tufayli biosferaning kimyoviy tarkibi xilma-xil
ekanligi hamda o’lik moddalardan keskin farq qilishi namoyon bo’ladi.
4.
Oksidlanish-qaytarilish
xususiyati.
Ma’lum
moddalar
(atomlari o’zgaruvchan darajadagi oksidlanish xususiyatiga ega bo’lgan)
domiy ravishda kimyoviy o’zgarishlardan iborat bo’lib, bunda Yer
yuzasida biogen moddalarning oksidlanish-qaytarilish
jarayonlari
ustunlik qiladi.
5.
Parchalanish xususiyati. Tirik organizmlarning nobud
bo’lishidan keyin parchalanish, ya’ni
organik moddalarning
minerallashish jarayoni sodir bo’ladi. Natijada biosferada biogen va
oraliq moddalar hosil bo’ladi.
6.
Muhit hosil qilish xususiyati. Organizmlarning hayot faoliyati
natijasida muhitning fizikkimyoviy ko’rsatkichlarini o’zgartirishdan
iborat bo’lib, V.I.Vernadskiy “Organizmlar tashqi muhit bilan
bog’langan, shuning uchun u tashqi muhitga nafaqat moslashib qolmay,
balki unga moslashgan”, deb yozgan edi.
7.
Transport xususiyati. Moddalarning
Yerning tortish kuchiga
qarshi gorizontal yo’nalishda tashib yurilishi.
Dostları ilə paylaş: