GPR tayinlashga qarshi ko‘rsatma SMDV uchun qanday bo‘lsa, shunday
hisoblanadi. GPR nojo‘ya samarasiga yengil gipoglikemiya, o‘tib ketuvchi
ko‘rishning buzilishi, diareya yoki qusish,jigar fermentlari darajasining tranzitor
oshishi kiradi. Nojo‘ya samaraning tezligi va og‘irligi SMDV qo‘llanishidan farq
qilmaydi, bu holat HbA1c ning boshlang‘ich darajasi ˂7,5% bo‘lganda birinchi
qatorda davolash sifatida GPR tavsiya qilinmaydi.
Dipeptidilpeptidaza –IV ingibitorlari. Dipeptidilpeptidaza –IV fermenti inkretinlar
faoliyatini pasaytiradi:glyukagon sifat peptid-1 (GSP-1) va glyukozaga bog‘liq
insulintrop peptid nofaol mahsulotlargacha ularning gidroliza yo‘li bilan ta'sir
qiladi. Inkretinlar glyukoza gomeostazi regulyasiyasi ichki
fiziologik tizimining
qismi hisoblanadi. Qonda glyukozaning oshgan darajasida inkretinlar sintez va
insulin sekresiyasini kattalashishiga yordam beradi, GSP-1 yana glyukagonning
oshgan mahsulotini ezilishiga sabab bo‘ladi.
Dipeptidilpeptidaza –IV ingibitorlari GSP-1 faol shakllari plazma
konsentratsiyasining keyinchalik kattalashishi, glyukozaga bog‘liq insulintrop
peptid, glyukozaga bog‘liq insulin sekresiyasi va glyukagon sekresiyasining
pasayishi bilan inkretin gidrolizining oldini oladi. Ular gipoglikemiya va tana
vazniga qo‘shilishga yordam bermaydi. Bu guruh dori vositalari
Rossiyada
ro‘yxatdan o‘tkazilgan va qo‘llash uchun sitagliptin, vildagliptin, saksagliptin va
linagliptinlarga ruxsat berilgan. Sitagliptin va saksagliptinlar uzoq ta'sirga ega
bo‘lib, bir kunda 1 marta tayinlanadi, vildagliptin uzoq davomli samara bilan
bog‘liqlikda 2 marta qabul qilishni talab qiladi. Linagliptin xususiyailari shuki, u
oshqozon ichak trakti orqali organizmdan to‘liq chiqib ketadi, tugunchali
fil'tratsiya tezligining sezilarli pasayishida ham dori vositasi
dozasi korreksiya
qilinmaydi. Gliptinlar ovqatdan keyin trigliseridlar darajasini tushiradi va tana
vazni qo‘shilishiga qarshilik qiladi. Ularni monoterapiya sifatida, shuningdek,
metformin, imazolidindion, SMDV,insulin dori vositalari bilan kombinasiyasida
foydalanish mumkin.
Inktetinomimetiklar. Bu guruh dori vositalari GSP-1 reseptori agonistlari
hisoblanadi. Eksenatid va liraglutid dori vositalari –bu GSP-1 gen-injeren analogi
bo‘lib, mos reseptorlar biln bog‘lanadi, faollashtiradi vainsulinning glyukozaga
bog‘liq sekresiyasini
kuchaytiradi, glyukagon sekresiyasini ezadi,jigar glyukozasi
mahsulotlarini kamaytiradi, oshqozon shikastlanishini kechiktiradi, ochlik hissini
chaqiradi va ovqatga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Ular gipoglikemiyani
chaqirmaydi, AB pasayishiga sabab bo‘ladi va glikemiya nazoratini yaxshilash
uchun SMDV ga qo‘shimcha tayinlanishi mumkin. Yangi Yangi idamida
yuboriladi.
Nojo‘ya ta'siri kamdan kam holatda ovqat hazm qilish
tizimi tomonidan
aniqlanadi: ishtahaning yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, diareya, qorinning ishishi va
og‘riq, qabziyat. Qoidaga ko‘ra, bu simptomlar kuchsiz ifodalanadi, vaqt o‘tishi
bilan belgilar kamayadi va dori vositasini almashtirishni tavsiya qilmaydi.
Metformin va SMDV bilan birga kombinasiyani qo‘llashda gipoglikemiya
rivojlanish xavfi oshadi, shuning uchun qandni pasaytiruvchi tabletkalar dozasini
taxminiy kamaytirishni ko‘rib chiqish zarur.
Mazkur dori vositalari QD 1-turi, QD o‘tkir asoratlari,oshqozon ichak traktining
og‘ir kasalliklari, buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik va laktasiya, 18
yoshgacha bo‘lganlargacha va individual holda chidab bo‘lmaydigan holatlarda
qoo‘llanilmaydi.
α –glyukozidaz ingibitorlari konkurent holda hazm qilish fermentlarini, yoriluvchi
uglevodlarni ingibirlaydi (3.15-jadval). Akarboza bakterial tabiatning azot
saqlovchi psevdotetrasaxaridi bo‘lib, nahorgi glyukoza darajasiga jiddiy ta'sirida
postprandial glikemiyani kamayishiga sabab bo‘luvchi
va ichakda glyukoza
absorbsiyasini kechikishiga yordam beruvchi hisoblanadi. Uglevodlar
so‘rilishining chegaralanishi tana vaznining kamayishiga sabab bo‘ladi, bu esa QD
2-turi bemorlarining ko‘pchiligi uchun juda muhim hisoblanadi. Akarboza bilan
monoterapiyada nisbatan kuchsiz gipoglikemiklashuvchi samaradan GH
rivojlanish xavfi amaliy jihatdan mustasno.
Klinik amaliyotda akarbozadan foydalanish yuqori tezlikda nojo‘ya samaradan
chegaralaydi: meteorizm, peristal'tik va diareyaning kuchayishi, ichaklarda
so‘rilmagan uglevodlar g‘alayoni. Ko‘rsatilgan dispeptik ko‘rinishlar rasionda
yengil hazm bo‘ladigan uglevodlar (glyukoza, saxaroza, fruktoza, mal'toza va
boshqalar)
miqdorining oshishida, ya'ni parhezning buzilishida birdan kuchayadi.
Akarbozni QD 2-turi bilan semizlik va o‘rtacha ifodalangan giperglikemiyadan
kasallangan bemorlarga monoterapiya sifatida, shuningdek, postrandial glikemiya
ko‘rsatgichlarini yaxshilash uchun insulin dori vositalari va SMDV , metformin
terapiyasiga qo‘shimcha vosita qilib tayinlanadi.
3.15-jadval. Peroral qandni pasaytiruvchi dori vositalari farmakologik guruhining
asosiy
tavsifi
Dostları ilə paylaş: