Nizoli oila tushunchasi, uning mezonlari va nizoli oila turlari
Madinabonu Mirzo qizi Nabiyeva
j.s.ostonov@gmail.com
Buxoro Psixologiya
va xorijiy tillar instituti
Annotatsiya: Oilaviy nizolar muammosining o‘rganilishi jarayonida, asosan, er-
xotin (ota-ona) o‘rtasidagi munosa-batlarni nazarda tutish maqsadga muvofiq sanaladi.
Chunki oila muhiti muvozanatini ota-ona saqlab turadi. Oila borasidagi ilmiy
izlanishlardan yana shu narsa ma’lumki, oilaviy nizolarning asosiy qismi er-xotin
o‘rtasidagi nizolardan tashkil topadi.
Kalit so’zlar: Oila, nizo, FXDYo, ota-ona, qaynona, kelin, er-xotin
The concept of conflict family, its criteria and types of conflict
family
Madinabonu Mirzo qizi Nabiyeva
j.s.ostonov@gmail.com
Bukhara institute of psikhology and foreign languages
Abstract: In the study of the problem of family conflicts,
it is advisable to
consider the relationship between the spouses (parents). Because the parent maintains
the balance of the family environment. Research on the family also shows that the
majority of family disputes are between couples.
Keywords: Family, conflict, FXDYo, parents, mother-in-law, daughter-in-law,
couple
Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan nizo-janjallarning sabablarini aniqlash va
ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularning
kimlar o‘rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir. Oilaviy
nizolarda kimlar ishtirok etishiga ko‘ra, ularni quyidagicha
asosiy turlarga ajratish
mumkin:
• er-xotin o‘rtasidagi nizolar;
• qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar;
• qaynona-kuyov o‘rtasidagi nizolar;
• ovsinlar o‘rtasidagi nizolar;
• ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
995
Albatta, bu ro‘yxatni yanada davom ettiraverish mumkin, lekin hozircha shu
yuqorida keltirilganlar bilangina kifoyalanib, oilaviy hayotda ro‘y berish ehtimoli
nisbatan yuqori bo‘lgan nizolarning eng muhimi bo‘lmish er-xo-tin o‘rtasidagi
nizolarning ayrim xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o‘rtasidagi nizolardir.
Xo‘sh, eng ezgu niyatlar bilan bir-birlarini sevib oila qurgan yoshlar nega oila
qurishgandan keyin ularning o‘zaro munosabatlarida ni-zo-janjallar ro‘y beradi? Ular
nima uchun urushadilar? Umuman, er-xotinlik hayotida nizolarsiz, urush-janjal-larsiz
ham yashasa bo‘ladimi? Bu kabi savollarni yana ko‘p davom ettirish mumkin.
Xalqimizda bir gap bor: oshsiz uy bo‘lishi mumkin, le-kin nizosiz uy bo‘lmaydi. Faqat
nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Haqiqatdan ham, ilk bolalikdanoq ko‘plab
ertaklar eshitib, keyinchalik o‘zlari
ham ularni turli kitoblardan o‘qib o‘sgan yoshlar o‘zlarining bo‘lajak oilaviy
hayotlarini adekvat tasavvur eta olishlari mushkul. Chunki ertaklarda ham,
kinofilmlarda ham qahramonlar bir-bir-lariga yetishgunlariga qadar ne-ne
mashaqqatlarni, zahmatlarni boshlaridan kechirib, bu yo‘lda duch kelgan qora
kuchlarni yengib, oxir-oqibatda
visolga erishadilar, elu yurtga “qirq kecha-yu qirq
kunduz to‘y berib, murod-maqsadlariga erishadilar”. Deyarli barcha ertaklar, filmlar,
ayniqsa, bizning yoshlarimiz, qizlarimiz sevib tomosha qiladigan hind filmlari,
aksariyat hollarda shu tariqa yakun topadi. Bunga sizlar ham ko‘p martalab guvoh
bo‘lgansizlar. Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tar-biya topgan yigit-
qizlar o‘z ota-onasi oilasini,
ularning turmush tarzini, bir-birlariga nisbatan bo‘lgan
o‘zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o‘zlarining bo‘lajak oilaviy hayotlari
uchun ideal deb olishadi hamda ular ham oila qurishganlaridan so‘ng o‘g‘il bolalar
xuddi o‘z otasi-dek va qizlarimiz o‘z onalaridek “ota”, ”ona”, “er”, “xotin” bo‘lishni
orzu qilishadi. Chunki ular o‘z ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy
munosabatda bo‘luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotinlarni
ko‘rmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuzaga kelib qolgudek bo‘lsa ham,
ularning ota-onalari bu holatni farzand lariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan
tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib
boriladigan ko‘rsatuvlarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik
munosabatlarini bir
yoqlama, faqat yaxshi tomon dan ko‘rsatish an’analari mavjud. Bularning hammasi
yoshlar da oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos
bo‘ladi.Shunday ertakmonand tasavvurlar, orzular og‘ushida oila qurgan yoshlar
o‘zlarining oilaviy hayotlarida dastlabki muammolarga duch kelishlari bilanoq,
ularning oilaviy hayotlari o‘zlari kutganlaridek bo‘lmayotganligi, turmush o‘rtog‘ini
tanlashda “xato qilganligi”, ular oldingi (to‘y-dan oldingi) holatiga nisbatan ma’lum
darajada (albatta) “salbiy” tomonga o‘zgarib qolganligi kabilarni “tushuna”
boshlaydilar. Shuningdek, yosh oilada er-xotinlarning o‘zaro
munosabatlari
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
996
rivojlanishining o‘ziga xos qonuniyatla-ri, ayniqsa, yosh o‘zbek oilasida uning etnik,
hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh kelin va kuyovning yangi ijtimoiy
sharoitlarga moslashishi jarayoni bilan bog‘liq qiyinchiliklar er-xotin munosabatlarida
nizoli vaziyat-lar va nizolarni yuzaga keltirishi mumkin. Afsuski, bunday jarayonlar
deyarli har bir oila uchun muqarrar bo‘lgan va aksariyat yoshlar oila qurish arafasida
o‘z nikohlaridan kutmagan jarayonlardir.
Xo‘sh bu jarayonlar, ya’ni er-xotin nizolari kerakmi? Ular er-xotinning o‘zaro
munosabatlariga qay darajada ta’sir etadi?
O‘tmish donishmandaridan biri haqli ravishda er-xotin nizolarini garmdoriga
qiyoslagan ekan. Garmdori achchiq, lekin u me’yorda bo‘lsa ishtahani ochadi,
me’yoridan ortib ketsa, og‘iz, lab,
tilni kuydirishi, noxush hissiyotlarni yuzaga
keltirishi mumkin. Nizoli vaziyatlar har qanday oilada u yoki bu darajada yuzaga
keladi. Oila qanday bo‘lishidan qat’i nazar nizolardan mutlaqo xoli (himoyalangan,
kafolatlangan) bo‘la olmaydi. Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar, odatda,
nizosiz bo‘lmaydi. Bu nizolar ma’lum darajada er-xotin munosabat larini
rivojlantiruvchi kata-lizator vazifasini o‘taydi. Lekin nizoning nizodan farqi bor. Ular
kelib chiqishi, tashqi ifodalanishi, takrorlanib turish tezligi (soni) va oqibatlariga ko‘ra
bir-birlaridan farqlanadi. Biron-bir maxsus mezon yo‘qki, shunga asosan nizolarning
qaytalanishi, kuchi, darajasi va boshqa ma’lumotlari (ko‘rsatkichlari)ni aniq belgilab
berish (olish) mumkin bo‘lsa. Bunda hamma narsa sub’ektning o‘ziga, uning shaxsiy,
psixologik xususiyatlariga, yoshiga, jinsiga, uning qo‘yilishiga, nizoning qanday idrok
qilinishi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, bir-birlariga aynan o‘xshash,
mos ikki odamning bo‘lishi mumkin emas, chunki shaxs
va uning individualligi
takrorlanmasdir. Shunday ekan ikki va undan ortiq shaxsdan (individ)dan tashkil
topgan oila ham ikki, uch karra takrorlan masdir. Bir oila uchun me’yorida bo‘lgan
shaxslararo munosabatlar tizimi, ikkinchi bir oilaga mutlaqo mos kelmasligi yoki
biron-bir oila uchun u qadar ahamiyatga ega bo‘lmagan nizo va uning sababi boshqa
oila a’zolarining o‘zaro munosabatlarida jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin va
hokazo.