248
MEHNAT MUHOFAZASI VA MEHNAT SHAROITLARI
TUSHUNCHALARINING MOHIYATI VA ULARNING AMALIYOTDA
QO‘LLANILISH GENEZISI
Termiz muhаndislik texnоlоgiyа instituti аssistentlаri
Mаmаshаyev Bаxrоm
Sаmаtоv Ruslаn
Termiz muhаndislik texnоlоgiyа institute tаlаbаsi
Utаgаnоv Jаsur
Annotatsiya: Mehnat faoliyati jarayonida insonga ko‘pgina ichki hamda tashqi
omillar ta’sir ko‘rsatadi. Eng avvalo, bu ishlab chiqarish texnika omillari: mehnat
jarayoni amalga oshiriladigan bino va inshootlar, ishlab chiqarish operatsiyalarini
bajarishda qo‘llaniladigan texnika hamda texnologiyalardir. Ular, bir tomondan, ishlab
chiqarish
jarayoniga
ijobiy
ta’sir ko‘rsatib, mehnat jarayonini bajarishni
yengillashtiradi. Shu bilan birga, ular xodim hayoti va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan ortiqcha shovqin, vibratsiyani keltirib chiqaradi, turli shikastlanishlar
yetishi xavfini tug‘diradi.
Kalit so‘zlar: mehnat muhofazasi, shart-sharoit, texnologiya, metod, ishlab
chiqarish.
KIRISH
Omillarning boshqa bir turlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo,
materiallar, yonilg‘i, yarimtayyor mahsulotlardir. Ular chang chiqarishi, turli
nurlanishlar, zaharli gazlar, radiatsiya hamda hokazolar orqali xodim sog‘lig‘iga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarishdagi mikroiqlim: harorat, havo oqimi, uning namligi ham
personal mehnat qobiliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bundan tashqari, inson
organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yana ko‘plab unsurlar: ish joyining yaxshi
249
yoritilmaganligi, bakteriya va viruslar tarqalishi, ish jarayonida jismoniy, ruhiy
zo‘riqish hamda hokazolar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: |