300 Bo‘lajak logopedlarni kasbiy-metodik tayyorashda fanlararo integrativ yondashuvning ahamiyati Bozorov Otabek Yo‘lchi o‘g‘li



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix29.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#104910
  1   2   3
11a



300 
Bo‘lajak logopedlarni kasbiy-metodik tayyorashda fanlararo integrativ 
yondashuvning ahamiyati
Bozorov Otabek Yo‘lchi o‘g‘li 
Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi 
Tel: (99) 864-09-68 
E-mail: 
bozorovo@inbox.ru
 
Annotatsiya 
Mazkur maqolada pedagogika oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak logopedlarni kasbiy-
metodik tayyorlashda fanlararo integrativ yondashuvning ahamiyati mavzuga doir 
pedagogik-psixologik adabiyotlarni tahlil qilish asosida ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar: bo‘lajak logopedlar, kasbiy tayyorgarlik, kompetensiya, metodik 
kompetentlik, integrativ yondashuv. 
Аннотация 
В данной статье раскрывается значение междисциплинарного комплексного 
подхода в профессионально-методической подготовке будущих логопедов в 
педагогических вузах на основе анализа педагогической и психологической 
литературы по данной теме. 
Ключевые слова: будущие логопеды, профессиональная подготовка
компетентность, методическая компетентность, интегративный подход. 
Annotation
This article reveals the importance of an interdisciplinary integrated approach in 
the professional and methodological training of future speech therapists in pedagogical 
universities based on the analysis of pedagogical and psychological literature on this 
topic. 
Keywords: future speech therapist, professional training, competence, 
methodological competence, integrative approach. 
Turli nutq kamchiliklariga ega bolalar bilan tashkil etiladigan korreksion -
logopedik ishlarning samaradorligi bo‘lajak logopedlarni kasbiy tayyorlash modelini 
yangilash va takomillashtirish yo‘llarini izlashga qaratilgan tadqiqotlarning ortib borishi 
bilan belgilanadi. Hozirgi kunda ta`limda kompetentli yondashuv yangi ta`lim 


301 
standartining innovatsion belgisi sifatida maxsus pedagoglar, logopedlar kasbiy 
tayyorgarligining mazmuni, metodlari, vosita va usullarini shu jumladan, kasbiy – 
metodik kompetensiyalarini shakllantirish texnologiyalarini qaytadan anglashni talab 
qiladi. Maxsus pedagoglarning kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligi mashxur 
defektologlar (Л.С. Выготский, Ф.А. Pay, А.Н. Граборов, Г.М. Дульнев, Б.П. 
Пузанов, Х.С. Замский, Д.А. Азбукин, В.П. Кащенко, М.С. Певзнер, А.С. 
Шафранова) tomonidan va hozirgi tadqiqotchilar (Е.В. Колтакова, Н.М. Назарова, 
Е.Г. Речицкая Н.А. Строгова, И.М. Яковлева, Mo‘minova L.R. Ayupova M.Yu. 
Nurkeldiyeva D.A. Yakubjanova D.B. Chicherina Ya. E. va boshqalar) tomonidan 
e`tirof etilgan.
Bo‘lajak logopedlar tizimli, mustahkam logopedik bilimlar va nutq nuqsonlarini 
bartaraf etish metodikasini bilishi muhim hisoblanadi. Amaliyotda chuqur bilimga ega 
bo‘lgan o‘qituvchi o‘quvchilarga ularni yetkaza olmasligining guvohi bo‘lamiz. Yoki 
shunday xatoni kuzatamiz: o‘qituvchi o‘z fanini biladi, metodik jixatdan 
o‘quvchilarning darsdagi faoliyatini to‘g‘ri tashkil qila oladi, lekin o‘quvchilar 
o‘qituvchi bergan bilimlarni o‘zlashtira olmaydi, axir, ma’lumki, odamni o‘rgatish 
mumkin emas, faqat unga o‘rganishga yordam berish mumkin, aynan mana shu o‘rinda 
psixologik - pedagogik, metodik bilimlar va o‘qituvchining mahorati kerak bo‘ladi.
Metodik bilimlar taʼlimiy bilimlar doirasiga kiradi va u taʼlim sohasiga tegishli 
boʻlgan ikki turdagi bilimlarni oʻz ichiga oladi: 
- taʼlim mazmuni haqidagi bilim
- va uni oʻqitish haqidagi bilim. 
Taʼlim mazmuniga oid bilimlar o‘quvchilar oʻzlashtiradigan standart oʻquv 
mavzulariga aytiladi va bunga talabalar oʻz faoliyatlarida faol qoʻllovchi bilim, 
strategiya, texnika va usullar kiradi. Metodik bilimlarni ahamiyatli jihati shundaki, unga 
ega boʻlgan va oʻz faoliyati davomida faol qoʻllaydigan oʻqituvchi oʻtiladigan 
mavzuning mazmunini yaxshi biladi va belgilangan taʼlim mazmunini pedagogika
psixologiya, sotsiologiya hamda didaktika tamoyillariga asoslanib o‘rgatadi. 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin