304
fanlarni asosiy mazmunini bilishi va talaba ularni o‘qish asosida olgan bilimlarni
metodik fanlarni o‘zlashtirish jarayonida faol qo‘llashlarini ta`minlashi zarur.
Hozirda ta`limda kredit – modulli o‘qitish tizimining joriy qilinishi o‘quv rejadagi
fanlarning rang – barangliligi, tanlov fanlarining nisbatini ortishi, talaba o‘z o‘quv
dasturini o‘zi yaratishini taqozo etmoqda. Bu esa o‘z navbatida integrativ yondashuv
asosida fanlar katalogini yaratishni murakkab mexanizmini talab etadi. Shu sababli
kafedrada professor - o‘qituvchilar mavjud o‘quv rejalarni tahlil qilishi, o‘zlari
o‘qitayotgan fan hususiyatlari, talabani o‘zlashtirishdagi o‘ziga hosliklarni o‘zaro
muhokama qilish asosida ta`lim dasturini takomillashtirib borishlari zarur.
Xulosa qilib aytganda, bizningcha, psixologik – pedagogik, logopedik va metodik
bilimlarni mazmuniy bosqichda yaxlitlashtirish (integratsiyalash) eng mahsuldor
usullardan biri xisoblanadi va bu bo‘lajak logopedlarda korreksion – logopedik
jarayonni yaxlit tasavvur qilishga hamda ishlarni shu tassavvur mahsulidan kelib chiqib
loyihalashga zamin yaratadi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchi – logopedning metodik
kompetentligi darajasini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: