Ishlab chiqarish munosabatlari – keng ma’noda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida
kishilar o`rtasida bajaradigan vazifalariga bog`liq holda shakllanadigan munosabatlar
(mulkdorlar, tadbirkorlar,
boshqaruvchilar
, xizmatchilar, yollanma xodimlar, dehqonlar va
b.); tor ma’noda kishilar o`rtasida moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash,
taqsimot va iste’mol jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Ishlab chiqarish
munosabatlari kishilar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning barcha shakllarini qamrab
oladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi – korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar
va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga
ega bo`lgan resurslarni qo`llagan holda eng yuqoriishlab chiqarish hajmiga erishishga
sabab bo`lgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab
chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini ko`rsatadi.
Dostları ilə paylaş: