Kirish qismi


CHILI DAVLATINING IQTISODIY-GEOGRAFIK O‘RNI, TABIIY



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/45
tarix01.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#105408
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
DUNYO MAMLAKATLARI TIPOLOGIYASI

CHILI DAVLATINING IQTISODIY-GEOGRAFIK O‘RNI, TABIIY 
RESURSLARI, AHOLISI VA XO‘JALIGI
 
 
 
 
 
Chili, Chili Respublikasi (isp. República 
de Chile) — Janubiy Amerikaning janubi-
gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 756,9 
ming km². Aholisi 15,824 mln. kishi (2003). 
Poytaxti – Santyago shahri. Maʼmuriy jihatdan 
13 viloyat (region), jumladan, Santyago 
poytaxt viloyatiga boʻlinadi. Chili shimolidan 
janubiga Tinch okean sohili boʻylab 4300 km 
ga choʻzilgan, hududining katta qismini And 
togʻlari (balandligi 6880 m gacha), shimolini Atakama choʻli egallagan. Aholisining 
90% chililar. Mamlakatning tub aholisi araukan, kechua va aymara indeyslaridir. 
Rasmiy til – ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Shahar aholisi 86%. Yirik 
shaharlari – Santyago, Valparaiso, VinyadelMar. Chili Lotin Amerikasidagi 
iktisodiy jihatdan nisbatan rivojlangan mamlakatlardan biri. Yalpi ichki mahsulotda 
qishloq xoʻjaligi va baliq ovlash ulushi 6,4%, sanoatniki 38,8%, xizmat koʻrsatish 
tarmogʻiniki 54,8% ni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi 
dehqonchilik. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, kartoshka, dukkakli don ekinlari 
ekiladi. Bogdorchilik (olma, sitrus mevalar, shaftoli) va tokchilik rivojlangan. Qand 
lavlagi, zigir, tamaki, zaytun yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, 
choʻchqa, yilqi boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. 
Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi. 
Chili mis qazib olish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi (yiliga oʻrtacha 
2488 ming t). Shuningdek, tabiiy selitra, molibden, neft, temir rudasi, oltin, kumush, 
tabiiy gaz, toshkoʻmir qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 25,2 mlrd. kVtsoat elektr 
energiyasi hosil qilinadi. Sanoatning oziq-ovqat va yengil sanoat tarmogʻi 
rivojlangan. Mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, 
neft kimyosi, sellyulozaqogʻoz sanoati rivojlanmoqda. Chili hududida mis, tabiiy 
selitra, molibden, sof oltingugurt, temir rudasi, marganets, qoʻrgʻoshin, oltin, 
kumush, toshkoʻmir, rux, barit, neft, gaz konlari bor
.
Mamlakat ichkarisida yuk tashishda avtomobil transporti yetakchi oʻrinda. 
Avtomobil yoʻllari uz. 79,8 ming km. Transport yoʻlining uzunligi 6,6 ming km. 
Tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi dengiz transportiga toʻgʻri keladi. Muhim 
dengiz portlari: Uasko, Valparaiso, Tokopilya. Santyago shahrida xalqaro aeroport 
bor. Chili chetga mis, baliq va dengiz mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, 
selitra, qogʻoz, yod chiqaradi; chetdan neft, kimyo buyumlari, elektron va mashina 
jihozlari oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Argentina
Braziliya, Yaponiya,Meksika bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – chili pesosi. 



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin