VYETNAMNING IQTISODIY-GEOGRAFIK O‘RNI, TABIIY
RESURSLARI, AHOLISI VA XO‘JALIGI
Vyetnam
Sotsialistik
Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu
Nghia Viet Nam), BCP — Janubi-
Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim
orolidagi davlat. Maydon 330 ming
991 km2. Aholisi 90 549 390 kishi
(2011). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat
(tin) va markazga boʻysunuvchi 4
shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi.
Poytaxti — Xanoy sahari.Mamlakat hududining 80 % dan ortigʻi togʻlar va yassi
togʻlardan iborat. Shimolda chuqur daryo vodiylariga boʻlingan Yunnan togʻligi,
markaziy va janubiy qismlarida Annam togʻlari tizimining ayrim massivlari
(Kontum, Darlak, Mnong va boshqa) joylashgan. Vyetnamning eng baland nuqtasi
ham shu yerda — 3280 m. Dengiz sohili pasttekisliklardan iborat, ularning eng
kattalari shimolda Xongxa va janubda Mekong daryolari etaklarida. Aholisining
86 % vyetnamlar. Tailar, kxmerlar, meo yoki myaolar, man yoki yaolar, xmonglar,
xitoylar va boshqa ham yashaydi. Rasmiy tili — Vyetnam tili. Aholining 34
shaharlarda
istiqomat
qiladi.
Dindorlarning
— 55 % buddaviylar,
7
%
katoliklar.
Islom
diniga
eʼtiqod
qiluvchilar
ham
bor.
Yirik
shaharlari: Xanoy, Xoshimin, Danang, Xayfon, Namdin. Vyetnam sanoati
rivojlangan agrar mamlakat hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo'jaligi va
oʻrmon xoʻjaligining ulushi 36,6 %, sanoatning ulushi — 20,9 %ni tashkil etadi.
Sanoati tarkibida yengil va oziqovqat tarmoqlari ustun. Juda koʻp kichik sholi
oqlash, qand-shakar, pivo va konserva zavodlari, choy va tamaki fabrikalari bor.
Xanoy, Namdin, Xayfon, Xoshimin va boshqa shaharlarda toʻqimachilik
kombinatlari, trikotaj fabrikalari ishlab turibdi. Elektr energiya asosan issikdik elektr
styalarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 10,8 mlrd. kVt-soat). Konchilik sanoatida
toshkoʻmir, qalay (Kaolang viloyatida), xromit (Kodin), apatit, volfram qazib
olinadi. Kaobangda kapay, Langshonda alyuminiy, Txaynguyen, Benxoada poʻlat
eritish korxonalari bor. Mashinasozlik mahsulotlari orasida stanoklar, qishloq
xoʻjaligi mashinalari, konchilik mashina-uskunalari, nasoslar, radiopriyomniklar,
televizorlar, transport vositalari ishlab chiqarish asosiy oʻrinni oladi. Mashinasozlik
korxonalari asosan Xanoy, Xoshimin, Benxoa, Kamfa, Xayziong va Xadong sh.da
joylashgan. Qora va rangli metallurgiya, metallni qayta ishlash sanoati mavjud..
Xayfon va Xoshiminda kemasozlik korxonalari, Xanoy, Vetchi, Lamtxao
shaharlarida va mamlakat janubida kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi.
Dostları ilə paylaş: |