KENIYAGA IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIF Keniya
yoki
Kenya
(inglizcha:
Kenya),
Kenya
Respublikasi (inglizcha: Republic
of Kenya) — Sharqiy Afrikadagi
davlat.BMT aʼzosi. Maydon 582,6
ming km2. Aholisi 30,7 mln. kishi
(2001). Poytaxti Nairobi shahri.
Maʼmuriy jihatdan 7 viloyat
(province)ra va poytaxt okrugiga
boʻlinadi.
Keniya Afrika qit’asining
sharqiy qismidagi davlat. G‘arbda
Uganda (chegara uzunligi — 933 km), shimolda Efiopiya (830 km) va Sudan (232
km), sharqda Somali (682 km), janubda Tan
zaniya (769 km) bilan chegaradosh.
Sharqda Hind okeani bilan tutash.
Kenya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, oʻrmon xoʻjaligi
va baliqchilikning ulushi — 24%, sanoatning ulushi — 10% gayaqin.
Iktisodiyotining asosi - q.h., uning mahsuloti mamlakat eksportining 3/4 qismini
tashkil etadi. Kenya mustaqillikka erishgach, yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq
xoʻjaligining ulushi tobora pasayib, sanoat va savdoning ulushi oshib, natural ishlab
chiqarish ulushi kamaydi.
Asosiy foydali qazilmalan: oltin, baritlar, yoqut, ohaktosh.
Qishloq xoʻjaligida aholining 70% band. Asosiy ekinlari — kofe, choy, sizal,
piretrum, paxta, sholi, bugʻdoy, shakarqamish; ichki ehtiyojlar uchun makkajoʻxori,
maniok, tariq, joʻxori, arpa yetishtiriladi. Sut chorvachiligi, parrandachilik,
choʻchqachilik rivojlangan. Qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Baliq ovlanadi va
yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlovchi korxonalar
va hunarmandchilik ustaxonalaridan iborat. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, avtomobil
yigʻuv, koʻnchilik, kimyo, neftni qayta ishlash, taxta tilish va metallsozlik, qogoz
sanoati korxonalari, sement zavodlari ham bor. Konchilik sanoatida flyuorit, tabiiy
soda, diatomit, kaolin, gips, kianit, asbest, osh tuzi qazib chiqarish ustun. Birmuncha
miqdorda mis, qoʻrgʻoshin, kumush qazib olinadi. Yirik sanoat markazlari: Nayrobi,
Mombasa, Kisumu, Nakuru, Tika, Eldoret shahri Energetika soxasida gidroelektr
stansiyalariningsalmogʻi katta. Tana daryosi boʻyida Gitaru, Kamburu, Kindaruma
GESlari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 3,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.