Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
40
G‘uslga mone’ bo‘lguvchi narsalar
Tirnoq orasida, ustida bo‘lgan (va teriga suvni o‘tkazmaydigan) turli bo‘yoq (lak)lar g‘usl
komil bo‘lishiga mone’. Tirnoq ustida yupqa
qatlam hosil qilib, tagiga suv
o‘tkazmaydigan bo‘yoq (lak)lar g‘uslga mone’dir (bo‘lsa g‘usl komil bo‘lmaydi).
Faqat
tirnoq orasidagi yoki unga yopishgan kir g‘uslga mone’ emas. Bu xususda qishloqlik va
shaharlik teng barobardir. Lablariga surilgan bo‘yoq, ustida qatlam hosil qilsa (albatta,
hosil qiladi) va suvni shu bo‘yoq teriga o‘tkazmasa, g‘uslga mone’dir.
Tirnoqdagi loy, tuproq g‘uslga mone’ emas. Xurmo to‘plagan
kishilar bilan
bo‘yoqchilarning tirnoqlariga bulangan narsalar g‘uslni komil bo‘lishiga mone’dir.
Lekin bularning bari zarurat va tozalanishning mashaqqati bo‘lganda va zarur holatlarda
g‘uslga ijozat beriladi.
Bir kishining badaniga baliq tangachasi yoki chaynalgan
non yopishib, qurib-qotib qolsa-
yu, yuvinib-cho‘milganda tagiga suv o‘tmasa, u kishining g‘usli komil bo‘lmaydi. Faqat
badanida pashsha yoki burga najasi bo‘lgan kishining g‘usli komil bo‘ladi.
Ko‘z, qosh, qaboq bo‘yog‘i g‘uslga mone’mi?
Bular ostiga suv o‘tmasa, g‘uslga mone’. Lekin tabiiy o‘sma,
surma ostiga suv
o‘tkazganidan bu joizdir. Va tib tomonidan ham foydalidir. Tabiiyki,
faqat uy ichida eri
uchun qo‘yishi, surishi mumkin. Bezanib-bo‘yanib ko‘chaga chiqishi gunohdir.
Dostları ilə paylaş: