Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 935
w www.oriens.uz February 2022 Buxgalteriya hisobi vazifalarini tizimlashgan holda banklarda kreditlar hisobi
vazifalari ham alohida guruhlandi:
bankning kredit faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha rejaning bajarilishini
nazorat qilish;
bankning kredit operatsiyalarini amalga oshirishni o‘z vaqtida va to‘g‘ri
belgilash;
bank kreditlarini tan olish va ularni hisobda aks ettirish to‘g‘riligini ta’minlash;
bank kreditlari hisobini to‘g‘ri yuritish va moliyaviy hisobotlar tayyorlash
uchun ma’lumot bilan ta’minlash;
zamonaviy takomillashgan hisob tizimini tadbiq qilish, bank kreditlari
ko‘rsatkichlari uslubiyoti va moliyaviy hisobot shakllarini takomillashtirish;
bank faoliyati samaradorligini oshirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish
uchun o‘tkazilgan tahlil va tezkor nazoratga zarur ishonchli va aniq ma’lumotlarni
shakllantirish.
XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bank kreditlari buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobotda aniq hamda to‘g‘ri aks ettirish davrida aks ettiriladi.Kredit ajratilgandan
so‘ng kredit monitoringi o‘tkazilishi ustidan nazoratni kuchaytirish. Berilgan
kreditlarni monitoring qilish orqali kreditdan qanday maqsadda foydalanilayotganligi
va qay darajada samaradorlikka erishilayotganligini aniqlash mumkin. Banklarda
kreditni berish va undirish jarayoni yuzasidan amalga oshiriladigan ishlarni ommaga
yetkazish. Yana shu yo‘l bilan shubhali va umidsiz ssudalarning tasniflangan kredit
hajmidagi salmog‘ini qisqartirish. Banklarda yuqori likvidlikka ega bo‘lgan garov
obyektlaridan foydalanishni kuchaytirish. Kreditlarni undirishni kuchaytirish
maqsadida bank xodimlari va mijoz o‘rtasidagi aloqadorlikni kuchaytirish va mijoz
o‘rtasida doimiy ravishda ma’lumot olib turishni tashkil etish. Muxtasar qilib
aytadigan bo’lsak, tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar hajmi yil o’sib
bormoqda va bu mamlakatimiz iqtisodiyotini o’sishiga juda katta ta’sir ko’rsatmoqda.
Shu bilan bir qatorda banklar o’zlariga katta xatarni ham olishmoqda. O’ylaymizki,
bildirilgan takliflarimizni amaliyotga tadbiq etilishi, tom ma’noda tijorat banklarining
kredit riski va bu orqali bankning moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sirini kamaytiradi. REFERENCES 1.
Абдикаримова Д.Р. Банк кредитлари гаров таъминотини баҳолаш.
Монография. – Т.: «Иқтисод-Молия», 2016. – 168 б.