Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 929
w www.oriens.uz February 2022 Kredit liniyasi bir yildan oshmagan xar qanday muddatga to‘lov hujjatlarini
to‘lash uchun beriladi, u qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan bo‘lishi mumkin.
Bunda limit tugagandan so‘ng bank va qarzdor o‘rtasidagi munosabat o‘z payoniga
etadi. Ushbu berilgan ta’riflardan ko‘rinib turibdiki kredit liniyasida qarz berish
muddatlari turlicha T.Kosterinaning fikricha kredit liniyasi qisqa muddatga ochiladi,
O.Lavrushinning fikricha muddat ahamiyatga ega emas bo‘lib, asosiy e’tibor
kreditning maqsimal miqdoriga karatiladi.
Bulardan xulosa qilgan holda xalqaro kredit liniyasiga quyidagicha ta’rif bersak
maqsadga muvofiq bo‘ladi: xalqaro kredit liniyasi xalqaro moliya institutlari
tomonidan qarz oluvchilarga ma’lum bir muddatga kredit limiti doirasida kredit
berish majburiyatini anglatadi.
Davom ettiriladigan va ettirilmaydigan kredit liniyalari o‘zaro farqlanadi.
Davom ettirilmaydigan kredit liniyasi ochilib ssuda berilgan va qaytarilgandan keyin
mijoz va bank o‘rtasidagi aloqalar tugatiladi. Davomlashtiriladigan kredit liniyasida
kredit belgilangan limit asosida avtomatik ravishda beriladi va qaytariladi. Agar,
bank tomonidan mijozga kredit liniyasi ma’lum tovarlarga bir shartnoma bo‘yicha bir
yil ichida pul to‘lash uchun ochilgan bo‘lsa, kredit liniyasi maqsadli bo‘ladi.
Kreditlash usuli kredit berishda va qaytarishda ishlatiladigan kredit
hisobvarag‘ini shaklini tanlab beradi. Banklar kreditlash operatsiyalarini amalga
oshirish uchun ssuda schyotlarini ochadilar. Bank tomonidan beriladigan kreditlar
muddatiga ko‘ra qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin.
Qisqa muddatli kreditlar 1 yil muddatga, uzoq muddatli kreditlar 1 yildan ortiq
muddatga beriladi.
Qisqa muddatli kreditlarning ham xar xil turlari mavjud, ular bir biridan kredit
berish shartlari, ta’minlash tarzi, qoplash muddatlari bilan farq qiladi.
Hozirgi kunda qisqa muddatli kreditlar hisobi Adliya vazirligi tomonidan 2004
yil 17 dekabrda № 1435 son bilan ro‘yxatga olingan, Markaziy banki Boshqaruvining
2004 yil 27 noyabrdagi 25/9-sonli Qarori bilan tasdiqlangan № 594 sonli “Tijorat
banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va
boshqa Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga asosan tashkil etilgan.