Oriental Renaissance: Innovative


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix02.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#105927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ththhhhhhhhhhhh

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
928 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
Shuningdek, tijorat banklari nafaqat sub’ektlarni kreditlash balki, ushbu 
resurslardan kutiladigan natijani buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilishni taqozo 
etadi. Shuningdek, kredit operatsiyalarini amalga oshirishda muammoli kreditlarning 
yuzaga kelishi, ularning buxgalteriya hisobini xalqaro standartlari talablari asosida 
tartibga solishni zaruriyat qilib qo‘ymoqda. Ushbu zaruriyatdan kelib chiqib, tijorat 
banklarida kreditlar bo‘yicha to‘lash va ehtimoliy yo‘qotishlar zahiralarini jarayolari 
hisobini takomillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Hozirgi kunda xar bir tijorat banki o‘zining kredit siyosatini ishlab chiqib, kredit 
munosabatlarini ushbu siyosat orqali yuritadilar Markaziy bank esa kreditlash 
bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar beradi. Shu o‘rinda kredit liniyalari haqida to‘xtalib 
o‘tsak. Xorijiy bank amaliyotida kreditlashning ikki usuli ma’lum. Birinchi usulning 
ahamiyati har bir ssuda induvidual tartibda ko‘rib chiqilishidadir. Kredit ma’lum 
maqsaddagi mablag‘ ehtiyojini qondirishga beriladi. Ushbu usul aniq muddatga 
kredit ajratishda qo‘llaniladi. 
Ikkinchi usulda kredit bank tomonidan qarz oluvchiga oldindan belgilab 
qo‘yilgan kredit limiti bo‘yicha beriladi, bunda qarz oluvchi unga qo‘yilgan to‘lov 
hujjatini o‘z vaqtida to‘lash majburiyatini oladi. 
Kreditlashning ushbu shakli kredit liniyasi deb ataladi. Ochilgan kredit liniyasi 
kredit hisobiga barcha hisob-kitob pul hujjatlarini bank va mijoz o‘ptasidagi 
shartnomaga asosan to‘lash 1 yilga ochiladi, ammo kredit liniyasi undan qisqa 
muddatga ham ochilishi mumkin. Kredit liniyasi muddati davomida mijoz bank bilan 
qo‘shimcha kelishuvni istagan vaqtida kredit olishi mumkin. Ammo bank qarz 
oluvchining moliyaviy holatini zaiflashganini aniqlasa, mijozga belgilangan limit 
chegarasida kredit berishdan bosh tortishi mumkin. Kredit liniyasi, odatda, moliyaviy 
barqaror va e’tiborli mijozlarga ochiladi. Mijoz iltimosiga binoan kreditlash limiti 
qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 
Kredit liniyasi – bank yoki boshqa kredit tashkilotining qarz oluvchiga ma’lum 
davr mobaynida kelishilgan limit doirasida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan kredit 
berish majburiyatidir. Kredit liniyasining ochilishi kreditor va qarzdorning uzoq 
muddat davomidagi xamkorligini anglatadi. 
Shu o‘rinda xalqaro kredit liniyasiga ta’rif berib o‘tsak: xalqaro kredit liniyasi 
bu xalqaro miqiyosda qarz oluvchiga ma’lum davr mobaynida kelishilgan limit 
doirasida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan kredit berish majburiyatidir. 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin