Maruza-3 : Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi fanining qisqacha tarixi. O'zbekistonning boshlangich sinflarida tabiatshunoslikning o'qitilishi



Yüklə 192,44 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.05.2023
ölçüsü192,44 Kb.
#105989
3 Maruzа



Maruza-3 : Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi 
fanining qisqacha tarixi. O'zbekistonning boshlangich 
sinflarida tabiatshunoslikning o'qitilishi. 
 
Tabiatshunoslikni o'qitish metodtkasining tarixi shuni ko'rsatadiki, 
muayyan darajadagi hal qilinadigan asosiy muammolar, ya'ni ta'limning 
mazmuni, o'qitish metodlari va ularni tarbiyalovchi ta'siri kabi masalaiar 
o'qituvchilar va metodistlar tomonidan hal etiladi. Bu narsa ko'pincha ularning 
ijodiy tashabbusiga bog'liq bo'ladi. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi ham o'z 
tarixiga ega. Uni vujudga kelishiga ko'plab biolog olimlar, metodistlar va 
o'qituvchilarning xizmatlari singgan. 
Turli ijtimoiy sharoitlarda yaratilgan ko'plab metodik qo'llanmalar va 
darsliklar shular jumlasidandir. 
Boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslikning o'qitilishi. O'zbek tilida 
tabiatshunoslik bo'yicha birinchi tarjima adabiyotlar 1919- yilda vujudga keldi. 
Bular: «Boshlang'ich jug'rofiya» (A.A. Kruber kitobining ruschadan tarjimasi), 
«Turkiston» (A.A. Kruber kitobining ruschadan tarjimasi) kabi asariar edi. T. N. 
Qori Niyoziyning «Tabiatning parchasi» kitobi o'qituvchilar uchun yaratilgan 
dastlabki qo'llanmalardan biri hisoblanadi. 
1927—1929 yillarda birinchi bosqich maktab o'quvchilari uchun 
o'lkashunoslik darsliklari «Kichik turkistonlik», «Bizning o'lka», «Tabiiyot 
bo'yicha o'qish kitobi» hamda boshqa darsliklar nashr qilindi. 
1948- yildan boshlang'ich sinflarda tabiiyotni o'qitish tizimi o'zgardi. 1—3 
sinflarda tabiatshunoslik materiali izohli o'qish orqali o'rganila boshlandi. 
Tabiiyot o'quv predmeti sifatida 4-sinfga kiritildi va o'zbek tiliga tarjima qilingan 
sobiq RSFSR dasturlari bo'yicha mahalliy materiallardan foydalanib o'rganildi. 
1948- yili Y.M. Belskaya shu dasturga asoslanib, «Rus tilida o'qish olib 
boriladigan O'zbekiston maktablarining 1—4- sinflari uchun dastur» — metodik 
yo'1-yo'riqlar yaratdi, unda 1—3- sinf o'quvchilari bilan darslar va darsdan 


tashqari vaqtlarda (o'qituvchi rahbarligida) kuzatish va tajribalar o'tkazishga 
alohida e'tibor berildi. 
1960- yildan boshlab yangi dasturlar joriy qilindi. Bunda 3— 4-sinflardagi 
tabiatshunoslik darslari mehnat darslari bilan almashtirildi. Tabiatshunoslik fanini 
o'qitish faqat 4- sinfda qoldirildi, 1961- yili O'zbekistonning tabiiy sharoitlari, 
o'simlik va hayvonot dunyosining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi 
«Tabiatshunoslik» darsligi (Y.M.Belskaya va boshqalar) yaratildi. 
1970- yillarda O'zbekiston maktablarida yangi o'quv rejasi va dasturlari 
joriy etilishi munosabati bilan 2—3- sinflarda «Tabiatshunoslik» predmeti o'qitila 
boshlandi, uni o'rganishga o'qish rus tilida olib boriladigan sinflarda 35 va 70 
soatdan, o'qish o'zbek tilida olib boriladigan sinflarda esa 35 soatdan vaqt 
ajratildi. 
1972- yili Y.M. Belskaya tahriri ostida rus va o'zbek tillarida 2-sinf uchun 
«Tabiatshunoslik» darsligi nashr qilindi. Bu darslik uch yillik boshlang'ich 
maktab dasturi bo'yicha o'qitildi. U ikkinchi sinf o'quvchilarining yosh 
xususiyatini hisobga olgan holda tuzildi, unda O'zbekiston o'simliklari va 
hayvonot dunyosining tipik xususiyatlari o'z aksini topdi 
1974- yili 3- sinf uchun «Tabiatshunoslik» darsligi chop etildi. Unda 
«O'lkamizning tabiati» mavzusiga katta e'tiborberildi. Uni o'rganish 2- sinfda 
o'tkazilgan kuzatishlarni umumlashtirish bilan boshlanar, tabiatdagi mavsumiy 
o'zgarishlarni hisobga olgan holda olib borilar edi. Topshiriqlar O'zbekistonning 
jonsiz tabiati obyektlari, o'simliklari va hayvonlarini kuzatishlardan mukammal 
foydalanishni nazarda tutar edi. 
O'qituvchilar uchun ham metodik qo'llanmalar nashr etilgan bo'Iib, ularda 
tabiatshunoslik kursi metodikasi 2—3 sinflarda shu fanni o'rganish xususiyatlari 
hisobga olingan holda bayon qilingan. 
1986- yildan boshlab maktablarda to'rt yillik boshlang'ich ta'limga o'tish 
munosabati bilan boshlang'ich sinf uchun atrofdagi olam bilan tanishtirish va 
tabiatshunoslik bo'yicha dasturlar hamda «Atrof olam bilan tanishtirish” va 
«Tabiatshunoslik» kurslari bo'yicha o'quv-metodik komplekslar (darsliklar, 


metodik qo'llanmalar, kuzatishlar kundaligi) nashr qilindi. Tabiatshunoslik sikli 
bo'yicha o'quv kompleksi muntazamlilik, mazmunining rivojlantirilishi sinfdan-
sinfga o'tgan sari asta-sekin chuqurlashtirib, kcngaytirib borish, tuzilishga yagona 
yondashish, tuzilishning vorisligi bilan ta'minlandi. Ushbu dastur hamda 
darsliklar Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng uning dastlabki 
yillariga qadar amalda bo'ldi. 
Respublikamiz 
mustaqillikka erishgach iqtisodiy hamda ijtimoiy 
rivojlanishning o'ziga xos yo'liga ega bo'ldi. Mustaqillik barcha sohalarda bo'lgani 
kabi ta'lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini vujudga keltirdi. 
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta'limning maqsadi, 
vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari birinchi darajali ehtiyojga aylandi. 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Uzluksiz ta'lim 
tizimida davlat ta'lim standardarini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida»gi 
1998- yil 5- yanvar qarori chiqdi va ushbu qarorga binoan «Davlat ta'lim standarti 
to'g'risidagi Nizom» tasdiqlandi. Unda boshlang'ich ta'lim 4 yillik deb qabul 
qilindi va 1—2- sinflarda «Atrofimizdagi olam» va 3—4- sinflarda 
«Tabiatshunoslik» fanlarining o'qitilishi ko'rsatib o'tildi. 
Respublikamiz miqyosida ushbu huijatlarga muvofiq va «Davlat ta'lim 
standarti to'g'risidagi Nizom» ga amal qilingan holda ta'lim jarayoni olib 
borilmoqda. 
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining qisqacha tarixi.
Tabiatshunoslik 
o‘qitish metodikasi fani o‘zining II asrlik tarixigaega. 
Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasining tuzilishi XVIII asrda “Rossiya 
imperiyasi xalq bilim yurtlari Ustavi-Nizom” da tabiatshunoslik va geografiyani 
o‘quv predmeti sifatida kiritilishi bilan bog‘liq.
Unda maktablar tuzilishi va о‘quv jarayonini mazmuni belgilab berildi.
Yekaterina II hukumati kapitalizm tuzumini jadal rivojlantirish uchun ilmli 
kishilarga muhtoj edi. Shu bois o‘qituvchilar tayyorlash uchun xalq bilim yurtlari 
hamda o‘qituvchilar seminariyasi tashkil qilindi. 


Tabiatshunoslik o‘qitishning amaliy maqsadi - o‘qituvchilami tabiat bilan, 
turli minerallar, tog‘ jinslari, o‘simlik, hayvonlar bilan tanishtirish maqsadida 
ulaming inson ehtiyojlarini qondirishda foydalanishdan iborat. 1976-yilda 
Nizomda barcha o‘simliklarni emas, balki odam tomonidan turli maqsadlarda 
foydalaniladigan o‘simliklar haqida tabiat boyliklaridan foydalanish uchun 
zamriy bilimlar tabiatshunoslikka kiritilishi ko‘rsatilgan. 
Ushbu yo'nalishning birinchi metodisti Vasiliy Fyodorovich Zuyev (1754-
1794) hisoblanadi. U xalq bilim yurtlarida tabiatshunoslik darslarini olib bordi, 
o'qituvchilar seminariyasida leksiyalar o'qidi. 1786- yili V.F. Zuyev «Tabiiyot 
tarixining ko'rgazmalari» nomli darslikni nashr ettirdi, unda tabiiyotni o'rganish 
izchilligi, qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), o'simliklar dunyosi (botanika), 
hayvonlar dunyosi (zoologiya) ko'rsatilgan. Bu darslik o'quv predmeti sifatida 
tabiiyot faniga asos soldi. 
V.F. Zuyev maktab o'quvchilarining tabiiy obyektlarni o'rganishlarini 
yoqlab chiqdi, chunki u minerallarni, o'simlik va hayvonlarni bevosita sezgilar 
orqali qabul qilib olinishini yuqori baholar edi. Bundan tashqari, o'quvchi o'z 
o'lkasining tabiatini albatta o'rganishi kerakligini ko'rsatdi, bu kitob o'qitishning 
hozirgi o'lkashunoslik tamoyiliga nios keladi. Biroq bu ilg'or g'oyalarning fanda 
hayotdan ajralgan, yuzaki metodlar hukmron bo'lgan sharoitda, o'quvchilardan 
faqat darslik matnini mexanik ravishda yod olish talab qilingan bir vaqtda amalga 
oshirilishi mumkin emas edi. 
XIX asr o'rtalarida ilg'or pedagogik fikrlarning taraqqiyotiga Konstantin 
Dmitriyevich Ushinskiy (1824-1870) o'zining munosib hissasini qo'shdi. U 
kuzatish metodini tabiatni bilib olishning samarali metodi deb hisobladi, «Ona 
tili» va «Bolalar dunyosi» nomli o'qish kitoblariga tabiatshunoslik materiallarini 
bayon qilib, kuzatish va tajribalar o'tkazishni talab etuvchi tabiat to'g'risidagi 
materiallarni kiritdi. 
K.D.Ushinskiy bolalarni tabiat bilan tanishtirishni o'z joyi, o'z o'lkasini 
o'rganishdan boshlashni taklif etdi, bunda kitobni o'qish yoki o'qituvchi 
axborotidan olingan taassurotlarni bola kuzatishlar yordamida tekshira olsin. 


Ushinskiyning ta'kidlashicha, o'z joyi tabiatini o'rganishning bosh metodlaridan 
biri kuzatishdir, chunki kuzatish kuzatuvchanlikni vujudga keltirishga yordam 
beradi. 
«Bolalar dunyosi» kitobida muallif bolalarning nutqini rivojlantirish, ularni 
oddiy mantiqiy ishlarga o'rgatish uchun tabiatni qanday kuzatish zarurligini 
ko'rsatib berdi. Mustaqil qabul qilinganlargina o'quvchilar xotirasida uzoq vaqt 
saqlanib qolishini tasdiqlab, pedagogik jarayondagi kuzatish metodining rolini 
ko'rsatib berdi. 
Kuzatishlar, tajribalar va ekskursiyalar bilan bog'lab tabiiyot o'qitish 
tizimini birinchi bo'lib Aleksandr Yakovlevich Gerd (1841-1888) taklif qildi. U 
ko'rgazmali o'qitish bola idrokining bor (real) holatiga muvofiq bo'lishi 
kerakligini ta'kidladi. Gerd bunyodga keltirgan tizimda tabiiyotni o'rganish jonsiz 
tabiatdan boshlanadi, u boshlang'ich sinflarda jonsiz tabiat kursini o'qitish 
metodikasini ishlab chiqdi. «Tabiiyot qisqa kursi» nomli darslik, shuningdek
«Yer, havo, suv» nomli o'quv qo'llanma va ularni o'qitishga old «BoshIang'ich 
maktabda predmetli darslar» nomli metodik qo'llanma (1883) yozdi. Bu kitob 
uzoq vaqtlargacha jonsiz tabiat kursi bo'yicha asosiy qo'llanma bo'lib keldi. 
XX asr boshlarida boshlang'ich maktabda tabiiyot o'qitilishida uch 
yo'nalish belgilandi. Chunonchi, Dmitriy Ivanovich Tixomirov «Boshlang'ich 
maktabda rus tili darslarida nimani va qanday o'qitish kerak» (1901) kitobida 
tabiiyotni izohli o'qitishga kiritish o'rniga asosiy o'quv predmeti sifatida ajratishni 
taklif qildi. Tabiiyotni izohli o'qitish o'quvchilarga tabiat to'g'risida bir butun 
tasavvur bera olmagan, chunki ular tabiat to'g'risida tarqoq ma'lumotlar olar 
edilar, xolos. Shuningdek, ular tabiat jismlari va hodisalari to'g'risida aniq 
bilimlar olmas edilar, chunki tabiat jismlari va hodisalari bilan tanishtirish bir 
tomonlama, kitob tilida — og'zaki metodlar bilan olib borilgan. Bu yo'nalishga 
Vladimir Aleksandrovich Gerd (1870— 1926) o'zining «Boshlang'ich maktab 
kursidagi tabiiyot alohida predmet sifatida» (1917) nomli kitobida jiddiy qarshi 
chiqdi. U D.I. Tixomirov takliflarini tanqidiy tahlil qilib, tabiiyot darslarini izohli 
o'qitish darslari bilan almashtirish mumkin emas, degan xulosaga keldi. 


XX asr boshlarida tabiyot fanlari izohli o‘qish darslari tarkibida bo‘lganida 
bu yo‘nalishga Vladimir Aleksandrovich Gerd qarshi chiqdi. U o‘zining 
“Boshlang‘ich maktab kursidagi tabiyot alohida pred- met sifatida” nomli 
kitobida asoslab berdi. Gerd boshlang‘ich maktabda tabiatni alohida predmet 
sifatida ajratish zarurligini ta‘kidladi. Bu predmetni joriy qilinishi bilan xarakteri, 
material, hajmi, o‘rganish izchilligini tuzish va o ‘quv soatlari ajratilishini ta 
’minlashni talab qildi. 
Sovet hokimiyati o‘matilishi bilan bu fanga - tabiyotga munosabat ham 
o‘zgardi, ya’ni o‘rta maktablarda asosiy o‘quv predmeti sifatida o‘qitiladigan 
bo‘ldi. 
Bu o‘z navbatida yangi dastur tuzishni talab qilardi. Shunga muvofiq, 
1919-yilda maorif komissarligi tomonidan tabiyot bo‘ycha dastur tuzildi. Unga 
sayohat va amaliy ishlarga qayta e’tibor berildi. 1923-yilda boshlang‘ich sinflar 
uchun kompleks dasturlar joriy qilingan edi. Unda barcha o‘quv materallari o‘quv 
yiliga qadar “Tabiat”, “Mehnat”, “Jamiyat” boTimlariga “0‘rmon”, “Kuz”, 
“Qish”, “Bahor”, “Yoz” mavzulari bo‘yicha tasdiqlangan edi. 
Mazkur dasturlari shunda ediki, tabiat bo‘yicha bilimlar hajmini 
ko‘payishga bolalami tabiat (to‘g‘risida) bilan bo`ladigan muloqotini tartibga 
solishga, tabiatdagi mehnatga ko‘proq e’tibor berishga imkon beradi. Ammo, ular 
jiddiy kamchiliklarga ega edi: tabiatga doir mavzularni o‘rganishda arifmetika va 
ona tili bo‘yicha ham ma’lumotlar berilgan edi, bu muntazam bilim egallashga 
xalaqit berar edi. Tabiyot bo‘yicha darsliklar yo‘q edi. Topshiriqlar qisqa 
tushuntimvchi matnlar tariqasida boTgan. 1931-yili komplekt dasturlar bekor 
qilindi. Uning o‘miga predmetlar bo‘yicha dasturlar bekor qilindi. 1-4-sinflarda 
tabiyot o‘qitish kiritilgan edi, ammo o‘qitishdi tartib yo‘q edi. 
Bunda V.A.Gerd boshlang'ich maktabda tabiiyotni alohida predmet sifatida 
ajratish zarurligini ishonchli ravishda isbot qildi. Uning fikricha, faqat shu 
sharoitdagina dasrlarda shu predmetga xos metodlardan foydalanish va shu 
asosda bolalarga bilim berish, tabiat to'g'risida yaxlit tasawur hamda tabiat 
hodisalarining farqiga bora olish uquvini hosil qilish imkoniyati tug'iladi. Bu 


predmetni joriy qilinishi bilim xarakteri, material hajmi hamda o'rganish 
izchilligini tuzishni, shuningdek, o'quv soatlari ajratilishini va kursning umumiy 
tizimida darslar vorisligini ta'minlashni talab qiladi. 
Bu masalaga Vasiliy Prokofyevich Vaxterov birmuncha boshqacharoq 
qaradi. U «O'qitishning predmetli metodi» nomli kitobida tabiiyotni og'zaki 
o'qitishga qarshi chiqib, tabiatni kuzatishlar, tajribalar, tabiat jismlarini namoyon 
qilishga tayanib o'rganishni, ya'ni predmetli o'qitishning muhimligini isbotladi. 
Biroq boshlang'ich sinflarda tabiiyotni maxsus o'quv predmeti sifatida ajratishni 
yoqlamagan holda «predmetli o'qitishga alohida o'quv predmeti sifatida qarash 
mumkin emas», deb ta'kidladi. Bu uch yo'nalish: «Tixomirovcha» — boshlang'ich 
sinflarda tabiiyotni o'rganishni izohli o'qitishga kiritish; «vaxterovcha» — 
tabiiyot bo'yicha uni maxsus predmet sifatida ajratmasdan alohida predmet 
darslari o'tkazish va «gerdcha» — tabiiyotni o'quv rejasida maxsus predmet 
sifatida ajratish 1917- yilgacha qaror topdi. 
1917- yilda V.A. Gerdning «Boshlang'ich maktab kursida alohida predmet 
sifatida tabiiyot* nomli kitobi nashr etilgan edi, unda muallif tabiiyotni 
boshlang'ich maktabda maxsus predmet sifatida o'qitish zarurligini isbotlab 
bergan. 
M.N. Skatkin tabiiyot metodikasi bo'yicha XX asrning 50-yillarida nashr 
etgan ilmiy ishlarida kichik yoshdagi o'quvchilarning tabiatshunoslikka oid 
bilimlarni o'zlashtirishlariga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa metodlar biian bir qatorda 
kuzatish metodiga alohida urg'u berdi, uning yordamida tabiat to'g'risida aniq 
tasawur va tushunchalar shakllanishini ta'kidladi. U o'quvchilarning o'qituvchi 
rahbarligidagi kuzatishlaridan keyin jonli tabiat burchagida yoki bevosita tabiatda 
mustaqil kuzatishlar olib borishlarini taklif qildi. Uning fikricha, mustaqil 
kuzatishlar o'tkazish oldidan o'qituvchi kuzatishning maqsadi, mazmuni va 
metodikasini tushuntirib berishi kerak. 
M.N. Skatkin o'z tadqiqotlarida tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari 
ishlar tashkil qilish metodikasi hamda tabiatni o'rganishga oid mashg'ulotlarda 
bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalariga katta e'tibor berdi. 


Tabiatda, o'quv tajriba maydonida va sinfda kuzatish hamda tajribalar o'tkazish 
zarurligi to'g'risida P.A.Zavitayevning «Boshlang'ich maktabda tabiiyot bo'yicha 
kuzatish va tajribalar» nomli kitobida ham shunday fikr yuritiladi. 
Unda o`rganilayotgan har qanday hodisa haqidagi tassavvurlarni 
kitoblardan material o`qish bilan to`ldirish hamda mustahkamlashni talab qiluvchi 
kuzatish va tajribalarning aniq metodikasi bayon qilinadi.
Ekskursiyalar, predmetli darslar va kuzatishlar o`tkazish metodikasini 
yorituvchi boshqa nashrlar ham vujudga keldi. Jumladan, A.K.Verzinaning ishi 
nashr qilindi, unda 1 – 4 sinflarda ob – havoni kuzatish tizimi taklif qilingan. 
Kuzatish natijalaridan ona tili va rus tili, arifmetika, geografiya, tabiiyot 
darslarida, maktab o`quv tajriba maydonidagi amaliy mashg`ulotlar jarayonida 
foydalanish uslublari keltirilgan.
1 – 4 sinf o`quvchilari uchun “Kuzatish kundaliklari” 1959 yildan nashr 
qilina boshlandi, uning muallifi V.A.Valerianova kundaliklarga o`quvchilarning 
ob – havoni o`simlik va hayvonlar hayotidagi o`zgarishlarni, qishloq xo`jaligida 
odamlarning mehnat faoliyatini muntazam ravishda kuzatishlarini tahlil qilishda 
o`quvchiga yordam beruvchi qo`shimcha material vazifasini qo`ydi.
Tabiiyot metodikasi rivojiga mashhur metodist S.A.Pavlovich (1884 – 
1976) katta hissa qo`shdi. Uning ishlari boshlang`ich maktabda tabiiyot darslari 
metodik jihatdan to`g`ri tashkil qilishga yordam berdi. S.A.Pavlovichning 
“Boshlang`ich maktabda tabiiyot o`qitish amaliyoti” (1939), “Jonsiz tabiat 
to`g`risidagi tushunchalarni qanday o`qitish kerak?” (1948), “Tabiatshunoslik 
bo`yicha kitob. Tabiatning asoslari va metodikasi” (1969) nomli kitoblari ancha 
mashhur. S.A.Pavlovichning tabiiyot va tabiatshunoslik darslarini o`quv qurollari 
bilan jihozlash to`g`risidagi asari bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgan 
emas.
Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy o`zining “Yuragimni bolalarga 
beraman” nomli kitobida bolalarga tabiatni bilishni tabiatning o`zida o`rgatishni, 
ularda hissiyot va hayolotni rivojlantirishni taklif qildi. U o`qituvchi bolalarning 
ruhiy dunyosini bilishni, ularning aqliy rivojlanishini, biliom olishga qiziqishlari 


har hijatdan yordam berishi kerak, deb hisobladi. U tafakkurni rivojlantiruvchi 
birinchi darsni tabiat quchog`ida o`tkazishni tavsiya qildi.
Suxomlinskiy bolalarni maktabda olti yoshdan boshlab o`qitish tarafdori 
edi. Uning bolalarni o`qitishga tayyorlashda oila bilan maktabning aloqasiga 
moslab ishlab chiqqan tizimi hozirgi zamon pedagogikasining ham yutug`idir.
1969 yilda Tabiatshunoslik 2 – va 3 – sinflarda mustaqil predmet sifatida 
o`qitish boshlanda va faqat 1 – sinfda tabiatshunoslik materialidan o`qish va 
nutqni rivojlantirish darslarida foydalanildi.
Umumta`lim va hunar maktablarining isloh qilishning asosiy yo`nalishlari 
munosobati bilan tabiatshunoslikni o`qitish masalalari yangicha hal qilindi. 1986 
yildan e`tiboran bolalar 6 yoshdan boshlab o`qitish boshlandi, maktabda o`qitish 
muddati esa 11 yilgacha uzaytirildi. Bu isloh 1 – 2 sinflarda “Atrof olam bilan 
tanishtirish” nomli yangi o`quv predmetini o`qitish imkoniyatini berdi, u 3 – 4 
sinflarda “Tabiatshunoslik” fani sifatida o`tila boshladi. 
Kursni o`rganish ikki yo`nalishda olib boriladi. Birinchisi, bolalarni 
odamlarning ijtimoiy hayoti va mehnati bilan tanishtirishni, xulq – atvor 
madaniyatini tarbiyalashni nazarda tutadi. Yo`nalishning ikkinchisida, tabiat 
bilan bevosita muloqotda bo`lish, tanishtirish, tabiat ob`ektlari va hodisalari 
to`g`risida tasavvurlarni shakllantirish, tabiatga ma`suliyat bilan munosobatda 
bo`lish, tabiatdagi hulq – atvor madaniyatini tarbiyalash, tabiat muhofazasida 
baholi qudrat faoliyat tashkil qilish nazarda tutiladi. Tabiat bilan tanishtirish 
ekskursiyalarda, o`quv sayrlarida, amaliy ishlarda kuzatishlar o`tkazish asosida 
amalga oshiriladi. Tabiatni, unda sodir bo`layotgan o`zgarishlarni kunda kuzatib 
borishni tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Bolalarning amaliy faoliyati (ijtimoiy 
foydali ishlar, mehnat, o`yin) jarayonida odam mehnatini o`rganish ikki 
yo`nalishni bog`lovchi vositadir.
1 – va 2 – sinf kursining mazmuni “Bizning uy va jonajon tabiat”, “Bizning 
maktab va jonajon tabiat”, “Jonajon mamlakat” mavzularida ochib beriladi. Bu 
mavzular asta sekin yaqindan uzoqqa borish bilan atrofimizdagi olam 
to`g`risidagi tasavvurlarni to`plash, boyitish va tizimlashtirishga imkon beradi.


«Atrof olam bilan tanishtirish» predmeti boshlang`ich maktabning boshqa 
predmetlari bilan chambarchas bog`liqdir. Tabiat va jamiyat hayotini odamlar 
mehnatini kuzatish ana tili, mehnat ta`limi, tasviriy faoliyat, matematika kabi 
predmetlarning o`quv materialini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. Bu 
darslarda, atrof olam bilan tanishtirish bo`yicha mashg`ulotlarda tabiat to`g`risida 
o`quvchilar oladigan tasavvurlar kengaytiriladi va boyitiladi.
«Atrof olam bilan tanishtirish» kursining davomi hisoblangan 
«Tabiatshunoslik» o'z ichiga tabiat fanlarining turli sohalarini qamrab oladi. 3—4 
sinflarda tabiatshunoslikni o'rganish jonsiz tabiat bilan jonli tabiat bir butunlikni 
tashkil qilishi, shuning uchun ham ular o'zaro uzviy bog'liq ekanligi to'g'risidagi 
tasawur va tushunchalarni izchillik bilan rivojlantirishni nazarda tutadi. 
Ushbu qabul qilingan dasturlar va islohotlar qayd etib o'tilganidek, 
respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillargacha amalda bo'ldi. 

Yüklə 192,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin