Savol va topshiriqlar
1.Turkiston ASSRda arxiv ishining tashkil etilishi.
2. Arxivlarni markazlashtirish. YADAF faoliyati.
3. Turkistonda arxivlarda ish yuritish.
4. Rossiya imperiyasi boshqaruvi davrida Turkistonda arxiv ishining holati haqida
fikr yuriting?
5. Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi arxivi xususida gapiring?
6. YADAF faoliyati haqida nima bilasiz?
7. Turkiston ASSRda arxiv tizimining vujudga kelishi haqida fikr yuriting?
8. 1918-yil 1-iyunda qabul qilingan “RSFSRda arxiv ishini qayta qurish va
markazlashtirish haqida”gi dekreti haqida nima bilasiz?
9. Arxiv ishi Markaziy boshqarmasi va uning asosiy bo‘linmalari haqida fikr
yuriting?
Manba va adabiyotlar
1. Алимов И., Эргашев Ф., Бўтаев А. Архившунослик. / Ўқув қўлланма. –
Тошкент: Шарқ, 1997.
2. Алимов И.А. Архившунослик. / Ўқув қўлланма. – Андижон: Андижон,
2005.
3. Бобоқулов Б. Архив иши назарияси ва амалиёти. / Ўқув қўлланма. – Т., 2011.
4. Исакова М, Иофе В. Архившунослик. / Ўқув қўлланма. – Тошкент: Чўлпон,
2007.
5. Исакова М. Становление и развитие архивного дела в Узбекистане. –
Тошкент: Университет, 2012.
6. Исакова М., Хайдаров М. Бошқарувни ахборот (ҳужжатлар) билан
таъминлаш. / Ўқув қўлланма. – Т.,2012.
7. Аntonina Burton. Archive Stories. (facts, fictions and the writing of history). –
London.2005.
59
7- Mavzu: Sovet Ittifoqi davrida O‘zbekiston SSRda arxiv ishi
(1925-1945yy.)
Reja:
1. 1925 –1941 yillarda O‘zbekiston SSRda arxiv ishining tashkil qilinishi.
2. Ikkinchi jahon urushi (1941 –1945) yillarida O‘zbekistonda arxiv ishi.
1. 1925-1941 yillarda O‘zbekiston SSRda arxiv ishining tashkil qilinishi.
O‘rta Osiyoda milliy – hududiy chegaralanish o‘tkazilishi natijasida O‘zbekiston
SSR va boshqa respublikalar vujudga kela boshlagan. 1924-yil 5-dekabrda
O‘zSSRning Inqilobiy Komiteti O‘zbekiston SSR tashkil topganini e’lon qilgan.
Buning natijasida O‘zbekiston SSRning o‘z arxiv tashkilotlari vujudga keldi.
Mavjud bo‘lgan arxiv hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar o‘rtasida quyidagi
tartibda bo‘linadigan bo‘ldi. O‘rta Osiyo va ittifoq ahamiyatiga ega bo‘lgan arxiv
jamg‘armalari O‘rta Osiyo Markaziy arxivda – Toshkentda saqlanadigan bo‘ldi. Har
bir respublikaga oid arxiv jamg‘armalari shu respublikalarga beriladigan bo‘ldi.
1924-yil 28-dekabrda maxsus qaror bilan O‘zSSR MIK huzurida O‘zSSR
arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O‘zbekiston hududida tashkil
bo‘lgan barcha arxivlar, masalan, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm
va boshqa viloyatlarda vujudga kelgan arxiv jamg‘armalari ham O‘rta Osiyo
markaziy arxivi tuzilmaganligi uchun O‘zbekiston arxiv boshqarmasiga topshirildi.
Chunki bu O‘rta Osiyo arxiv jamg‘armalari Toshkentda vujudga kelgan edi.
Shunday qilib, O‘zSSR arxivida faqat respublika tarixiga oid hujjatlargina emas,
balki butun O‘rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlana boshladi.
O‘zSSR MIK va XKSning 1925-yil 22-iyul qarori bilan “O‘zSSR arxiv ishlari
Markaziy boshqarmasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga ko‘ra
respublikada Yagona davlat arxiv jamg‘armasi (YADAJ) tashkil qilindi. Bu
jamg‘armaga hukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmalari tashkilotlari
arxivlari, shuningdek, diniy va shaxsiy arxivlar kiritiladi, deb ko‘rsatildi.
1925 –1930-yillarda arxivlarda ishlaydigan xodimlar soni qisqartirildi.
Chunki, bu yillarda SSSRda, shuningdek, O‘zSSRda ham industrlashtirish siyosati
o‘tkazilib, butun mablag‘ qat’iy tejalgan holda industrlashtirishga sarflangan edi.
60
Shu sababli arxiv boshqarmasida 1924-yildagi 46 nafar xodim o‘rniga 1925 –1930-
yillari bor-yo‘g‘i 17 kishi ishladi. Bu hol arxiv tashkilotlari faoliyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatdi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish ishlari, ulardan foydalanishni tashkil etish
sur’ati ancha pasaydi.
Qiyinchiliklarga qaramay arxiv tashkilotlari xodimlari hujjatlarni saqlab
qolishni o‘zlarining muhim vazifalari deb bildilar. Turkiston, Buxoro, Xorazm
respublikalarining tugatilishi munosabati bilan bu respublikalar davlat idoralari
arxiv materiallarini qabul qilish, ularni respublika poytaxti Samarqandga tashib
borish ishlarini amalga oshirdilar. Faqat 1925-yil yanvar oyining o‘zida Markaziy
arxivga 50 mingga yaqin saqlov birligidagi arxiv materiallari qabul qilindi.
Arxiv hujjatlarini Markaziy arxivga yig‘ish ishlari keyingi yillarda ham
davom etdi. 1925 –1929-yillarda 134 arxiv jamg‘armasi qabul qilindi. 1929-yili
Markaziy arxivda 863 arxiv jamg‘armasi va 764 ming hujjat jamlangani edi.
Viloyatlar arxivlarida 924 arxiv jamg‘armasi va 994 ming hujjat saqlanardi. Shuni
ta’kidlash kerakki, arxiv xodimlari kam bo‘lganligi sababli davlat arxivlaridagi
hujjatlarning yarmidan ko‘pi tartibga solinmagan, bayon qilinmagan edi. Tabiiyki,
bunday holda ulardan foydalanishning ham imkoni bo‘lmagan. Shuning uchun
davlat tashkilotlarining o‘z arxivlarini tartibga solib, ro‘yxat tuzib ularni davlat
arxivlariga (Markaziy va viloyat arxivlariga) topshirish talabi qo‘yildi.
1929-yil may oyida O‘zSSR MIK Prezidumi O‘zSSR arxiv ishlari Markaziy
boshqarmasi ma’ruzasini eshitdi. Qabul qilingan qarorda shu uqtirildiki, Markaziy
arxiv tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar uning oldiga ilmiy tashkilot sifatida
qo‘yilgan talablarga javob bermaydi. Ma’ruzada Markaziy arxiv o‘z faoliyatiga
ilmiy-tadqiqot ishlariga, hujjatlarni e’lon qilishga, maxsus hujjatlar to‘plamlari
tayyorlashga alohida e’tibor berishi kerak, deb ko‘rsatib o‘tildi.
1930-yil 9-aprelda O‘zSSR MIK Prezidumi qarori bilan O‘zSSR arxiv ishlari
boshqarmasi O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi deb o‘zgartirildi. Sovet davri
arxivlarining ko‘payib borishi bilan SSSR MIK va XKS qarori bilan 1929-aprelda
Davlat arxiv jamg‘armasi kelib chiqishi bo‘yicha inqilobgacha va sovet davri arxiv
61
jamg‘armalariga hamda ahamiyati bo‘yicha markaziy, mahalliy arxiv
jamg‘armalariga bo‘lindi.
1931-yil 20-mayda O‘zbekiston SSR MIK, O‘zSSR Markaziy arxiv
boshqarmasi va uning mahalliy idoralari to‘g‘risidagi nizom haqida qaror qabul
qilindi. Shu bilan birga O‘zbekiston SSR Markaziy arxiv boshqarmasi huzurida
O‘zSSR Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi va O‘zSSR Markaziy tarix arxivi
tashkil qilindi. Farg‘ona va Samarqand shaharlarida ularning bo‘limlari tashkil
etildi. Shahar va tumanlarda zarur hollarda tuman va shahar davlat arxivlari tashkil
qilishga qaror qilindi.
1934-yil iyulda SSSR MIK qarori bilan O‘zbekiston Markaziy Davlat arxiv
boshqarmasi tarkibida O‘zbekiston harbiy arxivi tashkil qilindi. 1945-yil oxirlarida
bu arxiv tugatildi va barcha arxiv jamg‘armalari Moskvadagi SSSR Qizil Armiya
Markaziy davlat arxiviga topshirildi. O‘zSSR tarkibida Qoraqalpog‘iston ASSRning
tashkil bo‘lishi munosabati bilan 1934-yil 11-martda Qoraqalpog‘iston ASSR
Markaziy arxiv boshqarmasi tuzildi.
XX asrning 30-yillarida respublika arxiv tashkilotlari kadrlar bilan ham ancha
mustahkamlandi. 1929-yili arxiv tashkilotlarida hammasi bo‘lib 34 ta xodim
ishlagan bo‘lsa, 1941-yilga kelib ularning soni 111 taga yetdi. Shuningdek, arxiv
xodimlarining malakasini oshirishga ham e’tibor berildi. 1932-1941 yillarda
Moskva davlat tarix-arxiv instituti qoshidagi malaka oshirish kursiga 18 kishi
yuborildi. Toshkentda Markaziy arxiv boshqarmasi qoshidagi malaka oshirish
kursida shahar, tuman, viloyat arxivlari xodimlari muttasil malakasini oshirib
bordilar.
Arxiv xodimlarining asosiy vazifalaridan biri tashkilotlarda hujjatlarni davlat
arxivlariga qabul qilish, ularni tartibga solish va ilm-fan uchun ulardan foydalanishni
tashkil qilish edi. 1936 yili respublika arxivlarida 1534 ta arxiv fondlari va 1 mln
001 ming 680 saqlov birligida hujjatlar saqlanardi.
1941 yilga kelib fondlar soni 4116 taga etdi, hujjatlar esa, 1 mln 580 ming 450
saqlov birligidan oshib ketdi. Bu hujjatlarning yarmidan ko‘pi tartibga solingan
bo‘lib, ulardan foydalanish mushkul edi.
62
Arxiv tashkilotlari XX asr 30-yillarida arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda
foydalanishga alohida e’tibor berdilar. 1935-1936-yillarda 200 dan ortiq maqola
matbuotda e’lon qilindi. 1932-yili «O‘rta Osiyoda 1916-yil qo‘zg‘oloni» deb
nomlangan hujjatlar to‘plami e’lon qilindi. 1933-1934-yillari «Toshkent Sovetining
1917-yilgi protokollari», «O‘rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi» nomli
hujjatlar to‘plamlari tayyorlandi. Suningdek, har yili arxiv hujjatlarining
ko‘rgazmalari tashkil qilinib, namoyish etildi. Markaziy arxiv o‘qish xonasida har
yili yuzlab olimlar ilmiy ishlari uchun hujjatlardan keng foydalandilar.
XX asr 30-yillari ikkinchi yarmida SSSRda arxivlar Ichki ishlar xalq
komissarligi tasarrufiga o‘tkazildi. Shu bilan birga arxivlarni “xalq dushmanlarini”
fosh etishda faol ishtirok etishi boshlandi. 1938-yil aprelda SSSR Oliy Soveti qarori
asosida Markaziy arxiv boshqarmasining nomi SSSR NKVD Bosh arxiv
boshqarmasi deb o‘zgartirildi. Huddi shunaqa o‘zgarishlar hamma milliy
respublikalarda amalga oshirildi. Masalan, O‘zbekiston SSR Oliy Sovet
Prezidumining 30-dekabr 1938 yilgi qarori va O‘zSSR NKVD 17-yanvar 1939-
yilgi buyrug‘i bilan butun respublika arxiv tizimi 1-iyun 1939-yildan boshlab
O‘zSSR NKVD tasarrufiga o‘tdi. Bu jarayon o‘z o‘rnida mamlakatda keyinchalik
ma’muriy-buyruqbozlikning kuchayishiga olib keldi.
Respublika arxiv tashkilotlarining O‘zSSR NKVD tizimiga muvofiqlashtirish
keyinchalik ularning mavqeini tushirish va mustaqilligini yo‘qolishi bilan birgalikda
olib borildi. Shuningdek, 1940-yil 21-iyulda O‘zSSR XKS qaroriga asosan,
respublika arxivi O‘zSSR NKVD Arxiv bo‘limi, mahalliy arxiv boshqarmalari –
ichki ishlar organlarining hududiy arxiv bo‘limlari sifatida qayta tashkil qilindi.
Xorijlik arxivshunos olim A.Burton XX asr 30-yillarida O‘zbekisonda
qatag‘on qilingan insonlar haqidagi arxiv hujjatlari haqida to‘xtalib quyidagilarni
keltirib o‘tgan: “2002 yil 31 avgustda tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlari memorial
muzeyi arxiv materiallarini joylashtirilishi, sovet davrining qatag‘onligini
ko‘rsatuvchi ko‘rgazma bo‘ldi. Toshkent shahri markazida shahidlar yodgorligi
majmuiga qo‘shimcha tarzda qurilgan muzeyni prezident I. Karimovning rasmiy
tashrifi ochib berdi. I. Karimov XIX asrning o‘rtalaridan beri to‘plangan Rossiya va
63
sovet hukmronligidagi ko‘rgazma ashyolarini ko‘zdan kechirdi. Markaziy
Osiyodagi ko‘plab qo‘zg‘olonlarning chor hukumati tomonidan bostirilishi arxiv
hujjatlari hamda rasmlarda yorqin aks ettirilgan. 1930-yillarda yuz minglab O‘rta
Osiyoliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan Stalin ta’qiblari asosan hujjatlarda
ifodalangan. Davlat Xavfsizligi Komitetining arxividan olingan diagramalar quloq
qilingan o‘zbek dehqonlaridan olinggan ot ulov va boshqa buyumlarning sonini
batafsil aks ettiradi. 1930-yillar oxiridagi “tozalashlar” (chistka) davridagi xibsga
olingan oila a’zolarining zid hukmiga noroziliklari, ijro farmonlari imzolangan
tilxatlar ko‘rgazmaning yana bir qismi hisoblanadi. Mustaqillikka o‘tishni ko‘rsatish
uchun olib borilgan say-harakatlarga soxta qamoqxonada tinka madori qurigan
o‘zbek yigitini so‘roq qilayotgan rus ofitserining maketlari ham ko‘rgazmaga
kiritilgan. Ko‘rgazmani ko‘zdan kechirib chiqqan I. Karimov so‘zga chiqdi:
“Mustamlaka siyosati xo‘rlik va azob uqubat olib keldi. Bizning xo‘rligimiz ko‘plab
yillar davomida og‘ir qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Xalqimiz o‘z millati
tarixini hurmat qilib kelgan. Bu davrda xalqimizning minglab aybsiz o‘g‘lonlari
qurbon bo‘ldilar. Bu esa xalq o‘zligini tan olishdagi asosiy sabablardan biridir”
(Antonina Burton.Archive Stories.(facts, fictions and the writing of history). –
London.2005.– P.47.).
1999-yil 2-martdagi O‘zbekiston Respulikasi prezidenti qaroriga asosan tashkil
etilgan “shahidlar yodgorligi majmuasi” va uning Islom Karimov tomonidan qo‘llab
quvvatlanishi nafaqat mahalliy balki g‘arblik kuzatuvchilarni ham hayratga soldi.
Mustaqillikkacha bo‘lgan bir necha yil mobaynida o‘zbek qaxramonlarida Rossiya
afsonalariga (cho‘pchaklari) nisbatan shubha paydo bo‘ldi. I. Karimov
Kommunistik Partiya a’zosidan 1986-yilda O‘zbekiston Sovet Sotsialistik
Respublikasining 1-sekretari lavozimiga ko‘tarildi. 1991-yil avgust oyida Sovet
Ittifoqi qulagandan so‘ng mustaqillikni e’lon qilgan liderlardan hisoblandi va
Kommunistik partiyani Xalq Demokratik partiyasi deya qayta nomlab, millatparvar
siyosatida hokimiyatni boshqarishni davom etdi. Shunga qaramasdan 1993-yilda u
oldingi tuzumni ozgina bo‘lsada eslab shunday degan edi: “Sovet tarixining yetmish
to‘rt yili izsiz yo‘q bo‘lib ketdi deyuvchilar xato qiladilar. Bu vaqt davomida
64
qadriyatlar shakllandi”(Antonina Burton. Archive Stories.(facts, fictions and the
writing of history). – London.2005.-P.47).
Dostları ilə paylaş: |