127
davridagi noyob va nodir moddiy-madaniy boylikka ega bo‘lgan hujjatlar saqlanib
kelinmoqda.
Viloyat arxiv xizmati 1974-yildan Jizzax viloyati arxiv bo‘limi
tuzilganligi
bilan bog‘liq. Lekin bu sanadan avval ham viloyatda arxivlar faoliyat yuritgan.
Mazkur arxiv Sirdaryo viloyati davlat arxivining Jizzax filiali sifatida 1954-
yilda qayta nomlangan. Ushbu arxiv hujjatlari viloyat va uezd tarixini yoritadi.
Tarixga oid hujjatlar Jizzax uezdi ishchi va qizil armiya deputatlari
jamg‘armasida mujassamlashgan. 1963-yilda Sirdaryo
viloyati kengashi ijroiya
komiteti hududiy tuzilishi bilan hozirgi viloyat hududining bo‘linishi sodir bo‘ldi.
Misol uchun G‘allaorol tuman hududlari Samarqand viloyati hududida qoldi.
Qolgan hududlar Sirdaryo viloyatiga qo‘shib olindi. Shu davrdagi viloyat
hududidagi tashkilotlarning hujjatlari Samarqand va
Sirdaryo viloyatlari arxiv
muassalarida saqlanmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatimizdagi
boshqa muassasalar
kabi arxivlarga ham e’tibor kuchaydi, arxiv hujjatlari
boshqa qulay binolarga
o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish
to‘g‘risida” 49-sonli qaroriga asosan “O‘zbosharxiv”
boshqarmasi, Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga aylantirildi va shu bilan birgalikda
viloyatlardagi kabi Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va Jizzax viloyat
davlat arxivi alohida davlat muassasasi sifatida qaytadan tuzildi.
Bugungi kunda Jizzax viloyat davlat arxivi
viloyat arxiv ishi hududiy
boshqarmasi bilan birgalikda Jizzax shahri Narimanov ko‘chasi 78-uyda maxsus
arxiv uchun qurilgan binoda faoliyat yuritadi.
Dostları ilə paylaş: