125
arxivlarning soni 13 taga ko‘paydi va 1995-yilda ularning soni 91 tani tashkil qildi.
Bu arxivlar shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlovini va fuqorolarga ijtimoiy–
huquqiy ma’lumotnoma berishni yaxshiladi.
Mustaqillik sharoitida arxiv ishini boshqaruv davlat organi O‘zbekiston
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hisoblanadi. Uning tizimiga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy
boshqarmalari, ularning qaramog‘idagi davlat arxivlari (ularning filiallari) hamda
markaziy davlat arxivlari kiradi.
Yuqorida qayd etilgan arxiv tashkilotlariga arxivlarni butlash, O‘zbekiston
Respublikasi Milliy arxiv fondi hisoblangan respublika xalqlarining o‘tmish tarixi
to‘g‘risidagi hujjatli yodgorliklarni jamiyat va fuqarolar manfaati uchun saqlash
hamda foydalanish kabi davlat majburiyatlari yuklangan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 100 dan ortiq davlat arxivlari
bo‘lib, ularda 8 miln. yig‘majildlardan ziyod hujjatlar asrab - avaylab saqlanmoqda.
Bu hujjatlardan tarixchilar, tadqiqotchilar, talabalar va boshqa mutaxassislar ilmiy,
madaniy-ma’rifiy ishlarda keng foydalanmoqda.
Dostları ilə paylaş: