8
2. Kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar. Kompleks oʻzgaruvchili funksiyaning limiti, uzluksizligi.
Kompleks oʻzgaruvchili funksiyaning hosilasi. Analitik funksiyalar. Garmonik funksiyalar.
Kompleks oʻzgaruvchili funksiyaning integrali. Yopiq kontur boʻyicha olingan integral. Koshining
integral formulasi. Yuqori tartibli hosila (2 soat).
3. Ehtimollar nazariyasining predmeti. Asosiy tushunchalar. Ehtimolning klassik ta‟rifi. Nisbiy
chastota. Ehtimolning geometrik ta‟rifi. Ehtimollarni qoʻshish. Hodisalarning toʻla guruhi.
Ehtimollarni koʻpaytirish. Diskret tasodifiy miqdorlarning sonli xarakteristikalari: matematik
kutilma, dispertsiya va oʻrta kvadratik chetlanish.Uzluksiz tasodifiy miqdor. Zichlik funksiyasi.
Uzluksiz tasodifiy miqdorning taqsimot funksiyasi.Matematika statistika elementlari (2 soat)
Amaliy mashgʻulotlarda talabalar “Oliy matematika” fanidan olgan nazariy bilimlarini
mustahkamlaydilar. Amaliy mashgʻulotlarda yechiladigan misol va masalalar quyidagi
prinsiplarga asosan tanlanadi: tipik misol va masalalarni yechishga hamda matematik apparatlarni
ta‟lim yoʻnalishiga oid masalalarni bajarishga tadbiq eta olish malakalarini hosil qildiruvchi,
fanning mohiyatini anglatuvchi va mavzular orasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi ma‟lum
miqdordagi misol va masalalar tanlanadi.
IV. Hisob-grafik ishlarini tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar
Hisob-grafik ishlarini bajarish talabada oliy matematika fanini mustaqil oʻrganish va
tadbiq etish malakalarini shakllantiradi va shuningdek unda matematika va boshqa fanlarning
oʻquv adabiyotlaridan foydalanish koʻnikmalarini yaratadi. Hisob-grafik ishlarni bajarish
jarayonida matematikaning muhim jihatlari va uning texnikadagi oʻrnining dolzarbligini tushunib
borishini ta‟minlaydi. Hisob-grafik ishlarida tasdiqlangan variantlar asosida talabaga semestr
davomida oʻtilgan mavzular boʻyicha misol va masalalar toʻplami beriladi. Har bir hisob-grafik
ish barcha mavzular boʻyicha matematikaning tadbiqiy jihatlarini ochib berishi kerak. Har bir
semestr davomida talabalar 2 ta hisob-grafik ishlari bajaradilar.
Dostları ilə paylaş: