Bilim sohasi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix03.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#106895
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
1-bosqich namunaviy Oquv dasturi UMUMIY 2022 yil sirtqi

III-semestr 
Amaliy mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi (6 soat) 
1. Ikki va uch oʻlchovli integralni hisoblash, geometrik va mexanik ma‟nosi. Birinchi tur egri 
chiziqli integralni hisoblashga doir mashqlar. Egri chiziqli integral yordamida yuzani hisoblash. 
Ikkinchi tur egri chiziqli integralni hisoblashga doir mashqlar. Grin formulasi. Egri chiziqli 
integralni tadbiqiga doir mashqlar. (2 soat) 



2. Kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar. Kompleks oʻzgaruvchili funksiyaning limiti, uzluksizligi. 
Kompleks oʻzgaruvchili funksiyaning hosilasi. Analitik funksiyalar. Garmonik funksiyalar. 
Kompleks oʻzgaruvchili funksiyaning integrali. Yopiq kontur boʻyicha olingan integral. Koshining 
integral formulasi. Yuqori tartibli hosila (2 soat).
3. Ehtimollar nazariyasining predmeti. Asosiy tushunchalar. Ehtimolning klassik ta‟rifi. Nisbiy 
chastota. Ehtimolning geometrik ta‟rifi. Ehtimollarni qoʻshish. Hodisalarning toʻla guruhi. 
Ehtimollarni koʻpaytirish. Diskret tasodifiy miqdorlarning sonli xarakteristikalari: matematik 
kutilma, dispertsiya va oʻrta kvadratik chetlanish.Uzluksiz tasodifiy miqdor. Zichlik funksiyasi. 
Uzluksiz tasodifiy miqdorning taqsimot funksiyasi.Matematika statistika elementlari (2 soat) 
Amaliy mashgʻulotlarda talabalar “Oliy matematika” fanidan olgan nazariy bilimlarini 
mustahkamlaydilar. Amaliy mashgʻulotlarda yechiladigan misol va masalalar quyidagi 
prinsiplarga asosan tanlanadi: tipik misol va masalalarni yechishga hamda matematik apparatlarni 
ta‟lim yoʻnalishiga oid masalalarni bajarishga tadbiq eta olish malakalarini hosil qildiruvchi, 
fanning mohiyatini anglatuvchi va mavzular orasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi ma‟lum 
miqdordagi misol va masalalar tanlanadi. 
IV. Hisob-grafik ishlarini tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar 
Hisob-grafik ishlarini bajarish talabada oliy matematika fanini mustaqil oʻrganish va 
tadbiq etish malakalarini shakllantiradi va shuningdek unda matematika va boshqa fanlarning 
oʻquv adabiyotlaridan foydalanish koʻnikmalarini yaratadi. Hisob-grafik ishlarni bajarish 
jarayonida matematikaning muhim jihatlari va uning texnikadagi oʻrnining dolzarbligini tushunib 
borishini ta‟minlaydi. Hisob-grafik ishlarida tasdiqlangan variantlar asosida talabaga semestr 
davomida oʻtilgan mavzular boʻyicha misol va masalalar toʻplami beriladi. Har bir hisob-grafik 
ish barcha mavzular boʻyicha matematikaning tadbiqiy jihatlarini ochib berishi kerak. Har bir 
semestr davomida talabalar 2 ta hisob-grafik ishlari bajaradilar. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin