1-bosqich namunaviy Oquv dasturi UMUMIY 2022 yil sirtqi
II- semestr. Amaliy mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi (12 soat) 1. Koʻp oʻzgaruvchili funksiya, uning aniqlanish sohasi, limiti va uzluksizligi. Xususiy hosilalar.
Toʻla differentsial. Koʻp oʻzgaruvchili murakkab funksiyaning hosilasi.Yuqori tartibli xususiy
hosilalar va toʻla differentsiallar. Ikki oʻzgaruvchili funksiyaning ekstremumi. Sirtga oʻtkazilgan
urinma tekislik va normal tenglamasi. (2 soat)
2. Birinchi tartibli differentsial tenglamalar. Oʻzgaruvchilari ajralgan va ajraladigan differentsial
tenglamalar. Bir jinsli differentsial tenglamalar. Birinchi tartibli chiziqli differentsial tenglamalar.
Bernulli tenglamasi. Toʻla differentsialli tenglama. Yuqori tartibli differentsial tenglamalar.
Tartibi pasaytiriladigan differentsial tenglamalar (2 soat).
3.Oʻzgarmas koeffitsientli yuqori tartibli chiziqli bir jinsli differentsial tenglamalar. Oʻzgarmas
koeffitsientli yuqori tartibli chiziqli bir jinsli boʻlmagan, oʻng tomoni maxsus koʻrishishga ega
boʻlgan differentsial tenglamalar. Differentsial tenglamalar sistemasi. Differentsial tenglamalarni
taqribiy yechish usullari (2 soat).
4. Musbat hadli sonli qatorlar. Qator yigʻindisi. Qator yaqinlashishining zaruriy shartlari. Musbat
hadli sonli qatorlarni taqqoslash. Musbat hadli sonli qatorlar yaqinlashishining yetarli shartlari:
Dalamber alomati, Koshining radikal va integral alomatlari. (2 soat)
5. Ishorasi almashinuvchi va oʻzgaruvchan ishorali sonli qatorlar. Leybnits teoremasi. Absolyut
va shartli yaqinlashish. Funksional qatorlarning yaqinlashish sohasi. Darajali qatorlar.
Yaqinlashish radiusi. Qatorlarni differentsiallash va integrallash. (2 soat)
6. Funksiyalarni Teylor va Makloren qatorlariga yoyish. Binomial qator. Asosiy elementar
funksiyalarni qatorlarga yoyish. Qatorlarni taqribiy hisoblashlarga qoʻllash, differentsial
tenglamalarni qatorlar yordamida yechish. Fure qatori va Fure koeffitsientlari. Fure qatorining
yaqinlashishi. Toq va juft funksiyalarning Fure qatori. Davri 2π ga teng boʻlgan funksiyalarni (-
π:π) oraligʻida Fure qatoriga yoyish. (2 soat)