Flipped classroom texnologiyasi (teskari sinfxona); Bu o„qitish usulida aralash o„qitish (blended learning) usulining bir ko„rinishi bo„lib, an‟anaviy
usuldan farqli ravishda talabalar ma‟ruzalarni uyda tinglashadi (video ma‟ruza orqali) va “uy
vazifa”larini esa darsda bajarishadi. Bunday usulni joriy etishda oldindan beriladigan video
ma‟ruzalarning (vodcast) o„rni juda muhim. Vodcastlarni mobil aloqa vositalarida ko„rish mumkin
bo„ladi. Shuningdek, boshlang‟ich bilimlarni testlar orqali nazorat qilish ham mumkin bo„ladi.
Oʻqitishning interaktiv metodlari
«Klaster» grafik organayzeri Bu usul fikrni erkin bayon qilish uchun qo„llaniladi. Masalan, talaba o„tilgan mavzu bo„yicha
klaster tuzishi mumkin.
O„rtaga kalit so„z, tarmoqlarga unga bog„liq boshqa atamalar yoziladi. Ular ham o„z navbatida
tarmoqlarga ajralishi mumkin.
SINKVEYN – metodi Bu fransuz tilida “5 qator” ma‟nosini bildiradi. Sinkveyn - ma‟lumotlarni sintezlash (bir butunga
keltirish) ga yordam beradigan qofiyalanmagan she‟r bo„lib, unda o„rganilayotgan tushuncha
(hodisa, voqea, mavzu) to„g„risidagi axborot yig„ilgan holda, o„quvchi so„zi bilan turli variantlarda
va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi.
BBB jadvali Barcha ma‟ruza darslarida qo„llaniladi. BBB usuli (“bilaman”, “bilishni xohlayman”, “bilib
oldim”) orqali talaba o„zini kuzatishi, o„qituvchi esa darsga baho berishi mumkin. Talaba dars
boshida mavzu bo„yicha nimani bilishini (B1) va yana nimalarni bilishni xohlashini (B2) daftariga
yozib qo„yadi. Dars so„ngida nimalarni bilib olganligini (B3) qayd qilib qo„yadi.
SWOT – tahlil metodi Bu organayzer talabalarda tizimli fikrlash, taqqoslash, baholash, tahlil qilish, fikrni davom ettirish
ko„nikmalarini rivojlantiradi. SWOT atamasi inglizcha so„zlarning qisqartmasi hisoblanadi:
Strengths – ob‟ektning kuchli jihatlari; Weakness – kuchsiz jihatlari; Opportunities – tashqi
imkoniyatlari; Threats – tashqi xavf-xatarlari. Talaba yangi qatordan S, W, O, T harflarini yozib
yoniga ob‟ektning mos sifatlarini yozib chiqadi.