Bilim sohasi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/25
tarix03.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#106895
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
1-bosqich namunaviy Oquv dasturi UMUMIY 2022 yil sirtqi

Aqliy hujum metodi 
Bu usul dars mavzusiga oid savolga javob topish maqsadida g„oyalarni jamlash va saralash uchun 
qo„llaniladi. Har bir talaba o„zining shaxsiy g„oyalarini ilgari suradi. Bosqichlari – muammoli 
vaziyat paydo qilish; yechimni topish uchun g„oya, fikr berish; yechimlar taqdimotini eshitish
yechimlarni solishtirish va tanlash; xulosa qilish. 

Muammoli ta'lim metodi 
Dastlab muammoli videolavha ko„rsatiladi. Kichik guruhlar namoyish vaqtida muammolarni qayd 
qilib borishadi. Keyin ularning yechimlarni o„zaro almashishadi va tuzatish kiritishadi. Oxirida 
muammo bo„yicha jamoaning xulosasi shakllantiriladi. 

Venn diagrammasi 
O„rganilayotgan ob‟ektlarni taqqoslash, o„xshash va farqli jihatlarini topish, tahlil qilish uchun 
qo„llaniladi. Diagrammadagi doirachalar alohida ob‟ektni, kesishmalar esa ularning o„xshash va 
bog„liq jihatlarini bildiradi.
Talabadan ob‟ektlarning alohida (1-3), o„zaro bog„liq (4-6) va umumiy (7) jihatlarini yozma 
ifodalab berish talab etiladi. 

«Muloqot» metodi 
Kichik guruhlarda alohida mavzular o„rganiladi va turli materiallar (video, foto, sxema, ilmiy 
dalillar) tayyorlanadi. Keyin kichik guruhlar o„rtasida muloqot bo„lib o„tadi. O„qituvchi kichik 


12 
guruhlarning fikrlarini maqsadli yo„naltirib boradi va oxirida o„z munosabatini bildiradi. 

Vebinar metodi 
Bu zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalari (kompyuter, monitor, multimedia va shu 
kabi vositalar) yordamida turli joylardagi ishtirokchilar bilan masofadan turib o‟tkaziladigan 
interfaol mashg‟ulot turi. 

 “Baliq skeleti” metodi 
Bu organayzer tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko„nikmalarini rivojlantiradi. Balik skeletining bosh 
qismiga – mavzu, yuqori qismiga –muammolar, pastki qismiga – tasdiqlovchi dalillar yoziladi. 
Ushbu zamonaviy axborot va ta‟lim texnologiyalari jahonning yetakchi universitetlari o‟zlarining 
o‟quv jarayonlariga keng ko‟lamda joriy qilganlar. AQSh, Kanada, Rossiya, Yevropa va Osiyo 
mamlakatlari ta‟lim muassasalarida, xususan Massachusets texnologiya instituti, Singapur Milliy 
universiteti kabi nufuzli xalqaro oliy ta‟lim muassasalarida samarali foydalanilib kelinmoqda. 
O‟qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular 
ixtiyorida, chunki har ikkala tamonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda 
talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin