2 – MA’RUZA.
MASOFAVIY TA’LIMNING DIDAKTIK TA`MINOTI VA UNING
TUZILISHI. ELEKTRON O’QITISH VOSITALARINING DIDAKTIK
XUSUSIYATLARI.
1. Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalar
2. Ta’limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalar
3. Pedagogik dasturiy vositalar
4. Elektron o‘quv materiallarini yaratish texnologiyalari
5. O‘qitishning zamonaviy texnik vositalari
Ta’limning barcha sohalariga oid umumiy pedagogik muammo – bu o‘quvchi va
talabalarning qiziqishini, faolligini oshirish, kuchaytirishdir. Zamonaviy axborot
texnologiyalarining qiziqishni, faollikni oshirish va o‘quvchilarni hayratlantirish
imkoniyati cheksizdir. Shuning uchun maktablar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlashda, ishlab turgan pedagoglarning malakasini
oshirishda har bir fan o‘qituvchisi (nafaqat «informatika» fani o‘qituvchisi) o‘zining
darsida kompyuter texnikasini qo‘llay olishini, zamonaviy axborot texnologiyalari
imkoniyatlaridan foydalana olishini amalga oshirish zarur. Demak, barcha fan
o‘qituvchilari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ega
bo‘lishlari shart. Ana shu maqsadlardan kelib chiqib o‘qituvchilar malakasini oshirish
bo‘yicha «Ta’limda axborot texnologiyalari» kursining mazmuni haqida fikr
yuritamiz.
Kursning maqsadi – tinglovchilarni zamonaviy axborot texnologiyalari, hayot
va axborot jamiyati uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar va dasturiy ta’minot bilan
tanishtirish, ta’lim jarayonida va amaliy masalalarni yechishda axborot
texnologiyalarini qo‘llashga tayyorlashdan iborat.
Kursning vazifasi – tinglovchilarga axborot texnologiyalari asosini
o‘rgatish, ularni mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘llash amaliy malaka va
ko‘nikmalarini shakllantirishni ta’minlashga qaratilgan.
Dastlab
tinglovchining
boshlang‘ich
tayyorgarlik
darajasiga
qo‘yiladigan talablarni aniqlashtirish muhim sanaladi. Ular qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
- matn muharririning asosiy ob’ektlari va ular ustida bajarilishi
mumkin bo‘lgan amallarni sanab o‘tish;
- matnni tahrir qilish va formatlash uchun matn muharririni qo‘llay olish;
- elektron jadvallar bilan ishlay olish;
- grafik axborotlarni taqdim etishning rastr va vektor
usullarining farqini tushuntirish;
- grafik muharririning asosiy ob’ektlari va ular ustida bajarilishi
mumkin bo‘lgan amallarni sanab o‘tish;
- tasvirni yaratish va tahrir qilish uchun grafik muharririni qo‘llay olish;
- elektron jadvallarning imkoniyat va vazifalarini tushuntirish;
- elektron jadvallarning asosiy ob’ektlari va ular ustida
bajarilishi mumkin bo‘lgan amallarni sanab o‘tish;
- diagrammalar yaratishni bilish;
- elektron jadvallarni masalalar yechishda qo‘llash;
- ma’lumotlar omborining imkoniyati va vazifalarini tavsiflash;
- ma’lumotlar omborining turlarini tavsiflash va sanab o‘tish;
- ma’lumotlar omborining asosiy ob’ektlari va ular ustida
bajarilishi mumkin bo‘lgan amallarni sanab o‘tish;
-oddiy ma’lumotlar ombori yarata olish (“Yozuv daftarchasi” ko‘rinishidagi);
-yozuvlarni saralash va qidirishni amalga oshirish;
- axborot qidirish jarayonida qiyin so‘rovlarni bera olish.
Kursni modul tuzilishi asosida tavsiya etish
mumkin(2.1- jadval): 2.1- jadval. Kurs modul
tuzilishi.
Modullar nomi
1. Ta’limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
2. Pedagogik dasturiy vositalar
3. Elektron o‘quv materiallarini yaratish texnologiyalari
4. O‘qitishning zamonaviy texnik vositalari
Endi mashg‘ulotlarning mazmunini modullar bo‘yicha
quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq:
Dostları ilə paylaş: |