Mavzu: O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi Reja



Yüklə 160,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix03.05.2023
ölçüsü160,03 Kb.
#107138
  1   2   3
Mavzu O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatinin



Mavzu: O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari 
kafolatining yaratilishi
 
 
 
Reja: 
 
1. O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining 
yaratilishi 
2. Fuqarolik deganda jismoniy shaxsning ma’lum bir davlat bilan 
mustahkam huquqiy bog’lanishining ahamiyati 
 


O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha 
tarmoqlarini demokratlashtirish yo’liga o’tdi. Jahon tajribasidan ma’lumki, shaxsning 
asosiy huquq hamda erkinliklarini qat’iy himoya qilmasdan va amalda ta’minlamasdan 
turib, jamiyatni demokratlashtirish mumkin emas. Xalqimizning boy ma’naviy salohiyati, 
uning tasarrufida bo’lmish ulkan tabiiy boyliklar va texnikaviy imkoniyatlar, 
mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalar demokratik rivojlanish hamda inson 
huquqlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni bosqichma-bosqich yaratish 
imkonini bermoqda. 
O’zbekiston Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari borasida BMT ning 1948 
yilda qabul qilingan “ Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi”ifodasini topgan 
qoidalarni yahlit mushtaraklikda mujassamlashtirib olgan. 
O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega 
bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy 
mavqeidan qat’I nazar, qonun oldida tengdirlar. 
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo’yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsipiga mos 
bo’lishi shart. 
Inson huquqlari jahonda yetakchi maqomga ega. Har qanday rivojlangan demokratik 
fuqarolik jamiyatini barpo etishda inson huquqlari roliga yetarli baho bermaslik mumkin 
emas. Asosiy huquq va erkinliklarning rag’batlantirilishi hamda himoyalanishi yanada 
muhimrog’i,k jamiyatda har bir inson huquqlari kafolatlarining amaldagi tizimining 
tashkil etilishi huquqiy davlat qurishning bosh sharti hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi o’zining ichki va tashqi siyosatida BMT ning ikkinchi 
Umumjahon konferensiyasida 1993-yili tasdiqlangan “ Inson huquq va erkinliklarining 
universalligi” talablariga qat’iy rioya etib, ular himoyasi barcha davlatlarni qonuniy 
ravishda tashvishlantirib turuvchi muammo ekanligi haqiqatidan kelib chiqadi. Bugun 
jahonda 300 dan ortiq hujjat inson va fuqarolar huquqi sohasidagi xalqaro-huquqiy 
hujjatlar tizimini tashkil etadi. Ularning aksariyatini BMT ning xalqaro-huquqiy hujjatlari 
tashkil etadi. 
Universal maqomdagi hujjatlardan tashqari, inson huquqlarini ta’minlash va 
himoyalashning mintaqaviy tizimlari faol shakillantirmoqda. 
Bugungi kunda Evropa, Amerika va Afrika tizimlari mintaqada inson huquqlarini 
ta’minlashning ko’proq rivojlangan tizimi hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi hozir inson huquq va erkinliklarini himoyalash sohasidagi 
60 dan ortiq xalqaro-huquqiy hujjatlarga qo’shilgan. 
Inson huquqlari-inson shaxsi va turmushining tarkibiy qismi. Odatda, inson 
huquqlarining uch bo’g’ini bir-biridan farqlanadi: fuqarolik va siyosiy huquqlari
yashash huquqi, qiynoqqa solishning, adolatli sudlov huquqi, shaxsiy hayotning 
daxlsizligi huquqi, fikr va so’z erkinligi huquqi, uyushmalarga birlashish huquqi va 
boshqalar; iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; bilim olish huquqi, mehnat qilish huquqi, 
ijtimoiy ta’minot olish huquqi, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va uchinchi

Yüklə 160,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin