Microsoft Word menejment va marketing asoslari


-BOB. MENEJERNI RAHBARLIK USLUBI VA BOSHQARISHDAGI O’RNI



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

 
6-BOB. MENEJERNI RAHBARLIK USLUBI VA BOSHQARISHDAGI O’RNI 
6.1. Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi 
6.2. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi 
6.3. Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari 
6.4. Rahbarga qo’yiladigan talablar. Rahbar madaniyati 
6.1.Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi 
Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning sir-asrorlari
qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma 
boshqaruvchi bo’lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo’ladi. 
Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya 
hokimiyatiga ega bo’lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma'muriy 
boshqaruvchilar menejerlar deb yuritiladi. 
Menejerlar boshqaruv pog’onasiga binoan uch toifaga bo’linadi: 
Yuqori pog’ona menejerlari


55
 O’rta pog’ona menejerlari. 
 Quyi pog’ona menejerlari. 
Yuqori pog’ona menejerlari firma istiqbolini belgilash, uning kelajagi uchun 
ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bir so’z bilan 
aytganda firma rejasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi. 
O’rta pog’ona menejerlari firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, 
ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi tovarlarni 
o’zlashtirish, texnologiyani qo’llash, mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan 
shug’ullanadi. 
Quyi pog’onali menejerlar quyi bo’g’inda, masalan, tsex, bo’lim, brigada 
doirasida ishni tashkil etish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini 
boshqarib boradi. 
To’g’ri, korxonani boshqarish bevosita mulk egasining vazifasi deyishimiz 
mumkin. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo’lish shart emas. Shu xususdan 
orkestrni boshqaruvchi direjyor musiqa asboblarining egasi bo’lmasa ham o’z ishini 
qilaverishi o’rinli. Boshqarish vazifasini korxona egasining o’zi yoki yollangan, 
ammo mulkdor nomidan ish qiluvchi menejer bajaradi. 
Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari menejer xizmatiga talab oshadi, o’z 
ishining ustasi bo’lgan maxsus ijtimoiy toifa-menejerlar toifasi paydo bo’ldiki, uning 
alohida ijtimoiy maqomi bor. Menejer g’oyat murakkab, o’ta mas'uliyatli ish bilan 
shug’ullanishi, firmaning hayot-momotiga javobgar bo’lganligi uchun ham yollanib 
ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladi. 
Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy 
menejer: 
 rahbar-boshqaruvchi; 
 rahbar-diplomat; 
rahbar-murabbiy, tarbiyachi; 
 rahbar-inson; 
 rahbar-tadbirkor; 
 rahbar-innovator sifatida maydonga chiqadi. 
Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash, 
boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma'nosini anglatadi. Shu nuqtai nazardan 
quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim: 
 boshqaruv uslubi; 
 ish uslubi; 
 rahbarning ish uslubi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin