Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Boshqarishning iqtisodiy usullari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

5.3. Boshqarishning iqtisodiy usullari 
Boshqarishning iqtisodiy usullari - iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga 
asoslanadi. Zero, har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo 
manfaatlarda namoyon bo’ladi. Manfaatlar uch xil bo’ladi: 
umumjamiyag manfaatlari
 jamoa manfaatlari; 
 shaxsiy manfaatlar. 
Bu manfaatlarni uyg’un sur'atda bog’lab olib borish muammosi bir qator 
muammolarni hal qilishga, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan 
munosabatlarni o’rnatishni talab qiladi. 
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyag manfaatlarini ro’yobga 
chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya'ni: 
 korxonalar va xo’jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik 
berish; 
 xo’jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag’batlantirish, soliq 
imtiyozlarini berish; 

korxona va xo’jaliklar o’rtasidagi o’zaro shartnomalarning bajarilish 
intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirish; 
 moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish; 
 bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va 
hokazolarga keng e'tibor beriladi. 
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot 
(xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik 
mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga 
keltirish va ulardan samarali foydalanishdir. 
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish 
orqali ularning samarali ishlashi ta'minlanadi. Bu maqsadga qo’shimcha ish xaqi 
to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhim 
ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida 


51
etakchi o’rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini 
yaxshi bilishi va ularni to’gri qo’llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob'ektga iqtisodiy 
usullar orqali ko’rsatiladigan ta’sir korxonalarni: 
 jiddiy rejalar qabul qilishga: 
 mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga; 
 yangi texnologiyalarni joriy qilishga; 
 mehnat unumdorligini oshirishga
 raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag’batlantiruvchi va shunga 
da'vat etuvchi bo’lishi kerak. 
Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo’llanilishi kerakki, 
bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat 
manfaatlariga rioya qilinadigan bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga 
ham foydali bo’lsin. 
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga: 
kredit va foiz stavkasi
 soliq va soliq yuki; 
 boj to’lovlari; 
 subsidiya va sanktsiya; 
 litsenziya; 
 transfert to’lovlari; 
 narx-navo va hokazolar kiradi. 
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo’llab, bozorni 
shakllantirish chog’ida ham, uning o’zini o’zi boshqarishi bosqichida ham g’oyat 
muhim jarayonlarni boshqaradi. 
Agar ma'muriy boshqarish usullari o’zini o’zi boshqaradigan bozor 
mexanizmlariga qarshilik ko’rsatsa, ularga to’sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa 
aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo’jalik sohasiga davlatning ta'siri ham 
tubdan o’zgaradi. Binobarin, ma'muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o’z 
ta'sirini qat’iy belgilangan reja orqali o’tkazadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin