46
5.1. Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha
Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta'sir ko’rsatish usulidir.
Tadqiqot qilish nuqtai
nazaridan uslub deganda boshqaruv ob'ektini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan
usullar, ya'ni:
sistema (tizim)li yondoshuv;
kompleks yondoshuv;
tarkibiy yondoshuv;
integratsion yondoshuv;
modellashtirish;
iqtisodiy-matematik yondoshuv;
kuzatish;
eksperiment;
sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.
Ta'sir ko’rsatish nuqtai nazardan esa usul deganda
boshqarish funktsiyalarini
amalga oshirish uchun boshqaruv ob'ektiga ta'sir o’tkazish usullari tushuniladi.
Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
- funktsional tizimosti ob'ektlarini boshqarish usuli;
- boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari;
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.
Har
xil yondashuvlar, yo’sinlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-
tuman boshqaruv ishlarining majmui - boshqaruvning aniq va o’ziga xos usullari deb
yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: