43
jo’shqin, biznesga berilib ketishini bildiradi.
4. Konglomerat, modulli va "atomistik" strukturani barpo etish.
"Konglomerat" - bu turli strukturalarni birgalikda qo’shib olib borilishini
anglatadi. Bunday strukturani yirik korporatsiyalarda, ya'ni chiziqli,
funktsional,
dasturli maqsadli strukturalarning birgalikda amal qilishida ko’rishimiz mumkin.
Axborot inqilobi byurokratiyaga bolta uruvchi modulli strukturaning,
to’g’ridan-to’g’ri ma'muriy buysunuvchanlikka chek qo’yuvchi "atomistik"
strukturalarning tashkil topishini taqozo etadi.
4.4. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi
korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni
Korxona - bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo’g’in bo’lib
hisoblanadi. Korxona to’g’risidagi qonunda korxona yuridik shaxs
huquqlariga ega
bo’lgan xo’jalik sub'ekti bo’lib, o’ziga tegishli yoki to’liq xo’jalik hisobidagi
mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar
bajaradi, xizmatlar ko’rsatadi, deb ta'kidlangan.
Ular o’z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o’zaro
raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng
huquqliligi sharoitlarida
amalga oshiradi.
Har bir ayrim korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas, balki
korxonaning o’zidagi boshqaruvchi kichik tizim tomonidan ham boshqariladi.
Korxonalar yakkaxokimlik tamoyili asosida va ayni zamonda ularning operativ-
xo’jalik jihatdan mustaqil ish ko’rishi va tashabbus ko’rsatishi asosida boshqariladi.
Shu sababli:
Korxona boshqaruv tizimida shunchalik
ijrochi sifatidagina emas, balki
boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Korxonaga davlat vakili hisoblangan direktor (boshliq, boshqaruvchi) rahbarlik
qiladi.
Firma - bu korxonadan farqli o’laroq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi.
Bunday nomni sanoat
korxonasi, davolash muassasasi uchun ham, qurilish tresti va vositachilik tashkiloti
uchun ham, savdo va konsullik faoliyati uchun ham, xodimlar
tayyorlash va
malakasini oshirish, sayyohlik va boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish
mumkin.
Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar
vujudga keladi.
Firmalar turlari:
Dostları ilə paylaş: