Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo’llari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

4.3. Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo’llari 
G’arb adabiyotlarida "strukturani takomillashtirish" iborasi umuman 
qo’llanilmaydi. Uning o’rniga: 
 "strukturaga o’zgartirish" kiritish; 
 strukturani almashtirish; 
 strukturani tanlash; 
 strukturani integratsiyalash kabi iboralar ishlatiladi. 
Strukturaga o’zgartirish kiritish va uni almashtirish - bu jahon amaliyotidagi 
doimiy jarayon bo’lib, har qanday tashkilotda menejer faoliyatini ifodalovchi asosiy 
ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Bunday o’zgarishlarning bosh omili - bu ilmiy-texnika 
taraqqiyoti va kuchli raqobatdir. AQSh firmalarida, G’arbiy Evropa va rivojlangan 
Sharq davlatlarida boshqaruv strukturasi o’rtacha har 3-5 yilda almashtirilib turiladi.
Boshqaruv strukturasini takomillashtirish yo’llari: 
1. Amaldagi strukturani soddalashtirish usuli 
Boshqaruv bo’g’inlari sonini qisqartirish va boshqaruvning quyi bo’g’iniga 
huquq va vakolatni ko’prok berish (demarkazlashuv). Bunday usul inqilobiy usullar 
qatoriga kiradi.
Shtablar yoki ulardagi xodimlar sonini kamaytirish, matritsali strukturadan 
chiziqli funktsional strukturaga o’tish boshqaruvchilar sonini har 3-7 kishiga bitta 
rahbar emas, balki 10-12 kishiga bitta rahbar to’g’ri kelishiga erishish lozim, ya'ni 
boshqaruv normasiga erishishga intilish kerak. 
2. Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturani ko’nikma hosil qilingan 
struktura bilan almashtirish. 
Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturaga quyidagi salbiy tomonlar xos: 
gorizontal tabaqalanishdagi keskinlik ierarxik aloqalardagi qat'iylik 
me'yorlashtirilgan mas'uliyat yuqori darajadagi rasmiyatchilik qarorlar qabul 
qilinishidagi o’ta markazlashuv va unda ko’pchilik boshqaruvchilarning qatnasha 
olmasligi.
Bu strukturani ko’nikma hosil qilingan, sinovdan o’tib o’zini oqlagan struktura 
bilan almashtirish ma'quldir. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin