41
boshqaruv apparatida ishga turalarcha munosabatda bo’lish
hollarining
mavjudligi kabilarni bartaraf etish uchun chiziqli-funktsional (aralash) turdagi
boshqaruv strukturasi tuziladi.
Chiziqli-funktsional boshqaruv strukturasida asosiy boshqaruv chiziqli
boshqaruv bo’lib hisoblanadi. Barcha boshqaruv bosqichlari va mustaqil uchastkalar
o’z rahbariga ega bo’ladi. Rahbar ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini
yakkaboshchilik asosida boshqarish huquqiga ega bo’ladi va
faoliyat natijalari uchun
to’la javobgar hisoblanadi.
Boshqaruvning chiziqli struktura sharoitida ishlaydigan rahbarlarga malakali
yordam ko’rsatish uchun funktsional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi va bu
tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va rahbarlarga malakali
yordam berishdan iborat.
Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko’pgina muammolarni hal etish
gorizontal bo’yicha kelishib olishni va muvofiqlashni talab etadi.
Bularni mazmun va muddatlariga ko’ra kelishib olish,
ishlab chiqarishning
ko’pgina unsurlarini tutashtirish ishlarini turli xizmatlar bajaradi. Goho funktsional
xizmatlar o’rtasidagi bu gorizontal aloqalar juda cho’zilib ketadi, baxs va nizolar
bilan amalga oshiriladi. Chiziqli struktura rahbari esa ko’p sonli bo’linmalar ishini
muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muammolarni yangi tashkiliy boshqaruv strukturalarini tuzish yo’li bilan,
aniqrog’i, chiziqli-funktsional boshqaruv strukturalariga tuzatishlar kiritish yo’li bilan
hal etiladi.
Bunday struktura dasturli-maqsadli struktura deb ataladi. Bunday
struktura quyidagi uch ko’rinshda bo’ladi:
loyiha bo’yicha boshqaruv;
mahsulotga ko’ra boshqaruv;
matritsaviy struktura.
Loyiha bo’icha boshqaruvdan yangi texnika va texnologiyani qisqa
muddatda
joriy qilish zaruriyati tug’ilgan hollarda foydalaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus
xizmat bo’limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo’lim loyiha tayyorlaydi va uning
ijro etilishini nazorat qiladi.
Mahsulotga ko’ra boshqaruvning afzalligi axborotlarning kelish yo’llari va
oqimining qisqarishida, yakka boshchilik tamoyiliga to’la rioya qilinishida,
boshqarishning yuqori bosqichlarini mayda joriy
vazifalardan xalos qilishda
namoyon bo’ladi. Bunday struktura bozorda talabning o’zgarishiga tezkor munosabat
bildirishga qodir.
Matritsaviy struktura bo’yicha boshqarish ancha murakkab bo’lib, u mahsuloti
nisbatan qisqa "umr" ko’radigan va tez-tez o’zgarib turadigan korxonalar tomonidan
qo’llaniladi. Bu struktura korxonada gorizontal aloqalarni yo’lga qo’yishga va ularni
murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati
bilan kompyuterlar
yordamida bog’lashga, texnika sohasida yuqori malakali xizmat ko’rsatishga va
ekspertizani ta'minlashga qaratilgan.
Ushbu strukturani "To’r" ko’rinishida tasavvur etish mumkin. U ikki turdagi
strukturaning, ya'ni:
- funktsional struktura;
- mahsulot bo’yicha strukturalar kombinatsiyasini ifodalaydi.