44
ulkan loyihalarni amalga oshiradi, injiniring bilan birga mashina va uskunalarni
eksport qilib, etkazib turadi.
3. Konsalting firmalar - ular ishlab chiqarishning turli muammolari yuzasidan
maslahatlar beradi, loyihalash bilan shug’ullanadi, xo’jalik yuritishning yangi
shakllariga o’tish, boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va shunga o’xshash faoliyat
turlariga ko’maklashadi.
4. Venchur firmalari - bu firmalarni tavakkalchilik firmalari deb ham
atashadi. Ular kichik biznesning bir turi bo’lib: ilmiy-muhandislik ishlari; yangi
texnika, texnologiya,
tovar namunalarini yaratish; tijorat ishini tashkil etish usullarini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; yirik firmalar va davlat ijara kontrakti
buyurtmalarini
bajarish; ishlab chiqarishni boshqarish bilan shug’ullanadi.
6. Seleng firmalari - ular jismoniy va yuridik shaxslarning mulklarini jalb
etish va bu mulklardan o’z ehtiyojlari bo’yicha erkin foydalanish masalalari bilan
shug’ullanadilar.
Bu mulklarga er maydonlari, binolar, mashina-uskunalar, pul,
qimmatli qog’ozlar kiradi.
7. Trast firmalari - bu xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir saqlanadigan
(ishonchli) xizmatlarni bajaradi Ular ishonchli vakil sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Trast
firmalar shartnoma shartlariga binoan ishonchli vakil sifatida quyidagi xizmatlarni
bajaradi:
- korxona bankrotlikka uchragan paytda mulkni sotish;
- nomli aktsiyalardan foydalanish huquqlarini boshqa shaxsga berish;
- moliyaviy mablag’lar,
xususiylashtirish cheklari, qimmatli qog’ozlar va
hokazolardan foydalanish.
Dostları ilə paylaş: