Chiziqli stukturaning o’ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor.
Ijobiy tomonlari: bunday struktura bir-biriga zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini
kamaytiradi;
yakkaboshchilikni va shaxsiy javobgarlikni mustahkamlaydi;
bu struktura oddiy, puxta va tejamlidir;
bosqichlar soni kam bo’lganda boshqariluvchi ob'ekt ishiga kam kishi
aralashadi;
vazifalar tezkor hal etiladi butun tizim samarali ishlaydi;
xodimlar faqat o’z rahbariga hisobot beradilar, natijada ijrochilik va intizom
darajasi ancha oshadi.
Salbiy tomonlari: bunday struktura oddiy, barqaror masalalarni echishga mo’ljallanganligi
sababli uning doirasida kompleks masalalarni hal qilish ancha qiyin kechadi, bunday
sharoitda rahbarlar ko’proq tezkor ishlar bilan band bo’lib, strategik kompleks
muammolarni e'tibordan chetda qoldiradilar.
bunday boshqarishda teng huquqli struktura birliklari negizida gorizontal
bog’lanish bo’lmaydi, bunday boshqarish sharoitida buyruqbozlik va
rasmiyatchilikning paydo bo’lish xavfi kuchli chunki, strukturaning har bir bo’g’inida
rahbar o’z lavozimi bo’yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega bo’ladi.
Chiziqli-shtabli struktura har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar,
maslahatchilar kengashi, ya'ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Bu struktura
quyidagi ko’rinishga ega:
Maslahatchilar, referentlar, yuridik xizmat bo’limi va boshqaruvchi.
Marketing tadqiqoti bo’yicha marketologlar guruhi, mehnatni muhofaza qilish
xizmati, audit guruhi va boshqaruv.
Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarga qaror
qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo
bo’lishiga asosiy sabab - bu tashkilotlardagi funktsiyalarning murakkablashuvidir. Bu
erda mehnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi.
Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo’lidagi birlamchi
vazifalarning bajarilishiga javobgar bo’lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga
tobe bo’lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslahat
berish funktsiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan
ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofig’ini aniqlash va uni uzil-kesil
qabul qilishdan iborat.
Shtablarning tashkil qilinishi va bunday yordamchilarga ega bo’lgani uchun
korxona faoliyatini boshqarish bir tomondan engillashadi, boshqa tomondan esa
berilgan maslahatlar qarama-qarshi bo’lganligi sababli murakkablashadi.
Shunday hollarda har ikkala tomon o’zinikini ma'qullashga, o’z obro’larini
saqlashga harakat qiladi. Natijada o’rtada nizo chiqadi.
Bu strukturaning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o’z diqqatlarini
ilmiy-tadqiqot ishlarga emas, balki asosan, korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar.