Tabiatshunoslikni o‘qitishning og'zaki uslublari, ularning turlari va metodlari annatssiya



Yüklə 66,12 Kb.
səhifə1/12
tarix05.05.2023
ölçüsü66,12 Kb.
#108046
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tabiatshunoslikni o‘qitishning og\'zaki uslublari, ularning turla


TABIATSHUNOSLIKNI O‘QITISHNING OG'ZAKI USLUBLARI, ULARNING TURLARI VA METODLARI
ANNATSSIYA
«6x6x6» metodining afzallik jihatlari quyidagilarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan qo’llash
Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
Tabiatshunoslik darslarida bumerang texnolagiyasidan foydalanish usullari. Ko’rgazmali metodlarning tabiatshunoslik darslaridagi ahamiyati. Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi. Suratlar bilan ishlash metodikasi. Kuzatish turlari: qisqa muddatli kuzatishlar va uzoq muddatli kuzatishlar. Kuzatish kundaligi bilan ishlash metodikasi.


Kirish
Asosiy qism

  1. Tabiatshunoslikni o’rganishda milliy istiqlol g’oyasi tushunchalarini shakllantirish

  2. «6x6x6» metodining afzallik jihatlari quyidagilarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan qo’llash

  3. Tabiatshunoslik o’quv predmeti tuzilishining xususiyatlari

  4. Tabiatshunoslik» darslarining ahamiyati.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
KIRISH
3-4- sinf “Tabiatshunoslik” kursi materiallarini o’qitishga mo’ljallangan bo’lib, Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturiga muvofiq zamonaviy pedagogik texnoiogiyalar talablaridan kelib chiqqan holda yangidan yozilgan. Haftasiga 1 soatga mo’ljallangan bu metodik qo’llanma mazmuni va tavsiyalari, 3-4-sinfning darsligiga to’la mos kelishi, shuningdek, materiallar keng qamrovligi bilan ajralib turadi.
Darslikdagi barcha mavzularning dars ishlanmalari o’qituvchilar uchun izchil va qulay tarzda berilgan. o’rganiladigan mavzular darslikdagi kabi ketma-ketlikda va namunaviy taqvimiy ish rejasi asosida hamda ularga mos atrof olamni o’rganishga oid materiallar tizimida tavsiya etilgan. Qo’lanmaning muhim jihatlaridan biri mavzuni o’zlashtirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, muloqot doirasi, bilim, ko’nikma va malakalari hisobga olinganligidir.
O’qituvchining har bir mavzu bo’yicha tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarni chuqur his etishi, tabiatni o’rganishga yo’naltirilgan uslub va usullarni aniq tasavvur etib, texnik vositalardan unumli foydalanishi, harakatli o’yinlar, shuningdek, o’qishga qiziqtirishning boshqa samarali imkoniyatlarini izlab topish nazarda tutilgan. Tabiatshunoslik haqidagi tushunchalar 3-4-sinfda yanada boyi-tiladi.
O’quvchilarning bilimini mustahkamlash maqsadida mashg’ulotlar, darslar va bo’sh vaqtlarda foydalanish uchun qo’llanmaga didaktik va harakatli o’yinlar, turli mashqlar, she’rlar, topishmoqlar ham kiritilgan. Qo’llanmada berilgan testlar orqali esa o’quvchilarning bilim darajasi aniqlanadi.
Aziz o’qituvchilar, siz bolalarni «Tabiatshunoslik» bilan tanishtirishdek masouliyatli, ayni paytda sharafli vazifani bajarmoqdasiz.
Darsni yuqori saviyada o’tangizgina o’quvchilarda ona tabiatimizga mehr-muhabbat uyg’onadi, tevarak-atrofdagi narsalarga befarq bo’lmaslik hissi shakllanadi, kishilar mehnatini qadrlashni o’rganishadi. Kattalarni hurmat qiladigan, ularning bunyodkorlik ishlarini davom ettiradigan, tabiat go’zalliklarini ko’rib, his eta biladigan farzandlarimizdan Vatanimiz uchun munosib vorislar yetishib chiqadi.

Yüklə 66,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin