KUZ-XOSIL YIG’ILADIGAN FASL Darsning maqsadi. O’quvchilarni tabiatdagi kuzgi o’zgarishlar bilan tanishtirish, kuzning asosiy belgilarlni ajrata bilishga o’rgatish, madaniy o’simliklarni tanib olishiga erishish, kishilar mehnatini qadrlashga undash.
O’quvchilarni kuzda pishib yetiladigan mevalar. sabzavot va poliz ekanlarining turlari bilan tanishtirish.
Darsning turi. Suhbat. Darsning jihozlanishi. Poliz ekinlari, turli sabzavotlar, xilma-xil mevalar aks etgan plakatlar. kishilar mehnati tasvirlangan rasmlar, g’o’za, paxta xirmonlari aks etgan rangli suratlar. Daladan keltirilgan g’o’za namunasi.
Atama va tushunchalar: paxta, chigit, ko’sak.
Darsning borishi. Tashkiliy qlsm. O’tilgan mavzuni takrorlash.
Yangi mavzuni bayon etish. Darsning qiziqarli bo’lishiga erishish maqsadida o’quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat etish maqsadga muvofiqdir:
Kuzda qanday mevalar pishadi?
Dalada qanday o’simliklar o’sadi?
Qaysi o’simliklarning mevasi yer ostida bo’ladi?
Sabzavotlar haqida qanday topishmoqlar bilasiz?
Dalada qanday o’simliklar o’sadi?
O’quvchilarga kuz fasli sentabr oyidan bushlanishi, kuzgi tengkunlik 3-43- sentabrdan boshlanishi, kuzda daraxtlar barglarining sarg’ayishi, to’kilishi haqida tushuncha beriladi. Kuzda shirin-shakar mevalar, qovun-tarvuzlar pishib yetiladi. Bu dehqonlarning mashaqqatli mehnatlari evaziga bo’ladi. Dehqonlarning mehnatini qadrlashga o’rgatish bilan halol mehnat qilish sharaf ekanligi o’quvchilar ongiga slngdiriladi.
Kuzda paxta ochiladi. Paxta o’zbek xalqining asosiy boyliklaridan biridir. Paxta g’o’za o’simligining hosili ekanligi, g’o’za gullaridan ko’saklar yetilib, chanoqlarda paxta ochilishi tushuntiriladi. Paxta chigiti alohida ajratib olinib, ezib ko’riladi. Undan yog’ dog’i qoladi. CHigitdan yog’, sovun, kunjara, lak-bo’yoq, spirt olinishi aytiladi. Paxta tolasidan esa qimmatbho materiallar. qog’oz. ip va gazlamalar tayyorlanishi uqtiriladi.
Mavjud rangli suratlardan foydalanish, paxtadan tayyorlanadigan mahsulotlarning namunalarini ko’raatish dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tarmoqlash usuli orqali paxtadan nimalar olish mumkinligi ko’rsatiladi.
Sabzavotlar madaniy o’simliklardir. Pomidor, bodring, karam, sabzi, piyoz, kartoshka, lavlagi, rediska sabzavotlarga kiradi. Sabzavotlarda turli foydali vitaminlar juda ko’p. SHu sababli yangi uzilgan sabzavotlarni biz suyib isteomol qilamiz. Hatto ba’zilarini konservalab qish fasliga saqlab qo’yamiz.
Dalalarda qovun. tarvuz, qovoq, handalak kabi poliz ekinlari o’stiriladi. Bu poliz ekinlari yerda palak otib o’sadi. Issiqlik va yorug’likni sevadi. SHuning uchun poliz ekinlarini issiqsevar o’simliklar deyish mumkin. Ularda ko’p miqdorda qand moddasi bor. Sabzavot va poliz ekinlari yig’ib olinganidan so’ng yer shudgor qilinadi.