buyurtma orqali doimiy ro’yxatga olingan abonementga asosan olishi mumkin.
Tarmoq standartlarini xo’jaliklar talabnomasiga yoki bir martalik so’rovga
asosan
tarmoq standartlari ko’rsatkichlariga ko’ra olishlari mumkin.
Namunaviy qo’llanmalar ishlab chiqishga me’yoriy asos bo’lib mehnat
bo’yicha respublikamizning qonunlari, standartlar tizimi, me’yorlar, qoidalar va
boshqa hujjatlar xizmat qiladi. Namunaviy qo’llanma, xavfsizlik talablari,
korxonaning texnologik hujjatlari va aniq sharoitlar ishchilar uchun asos bo’lib
hisoblanadi. Ishchilar tomonidan qo’llanmalardagi ko’rsatmalarning bajarilishini
nazorat qilish xo’jalik ma’muriyati va kasaba uyushmasi zimmasiga yuklanadi.
Xo’jalik rahbariyatining buyrug’i yoki farmoyishlari yangi qo’llanmalarni
ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Qo’llanmalar bo’lim rahbarlari
tomonidan ishlab chiqiladi, unga rahbarlikni esa tarmoq boshliqlari olib boradi.
Ishchilar uchun qo’llanmalarning o’z
vaqtida ishlab chiqilishi, qaytadan ko’rib va
tekshirib chiqilishini nazorat qilinishi mehnat xavfsizligi xizmati tomonidan olib
boriladi hamda ularning o’zlari uslubiy yordam ko’rsatadilar.
Dostları ilə paylaş: