Mehnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek o’ta
noxush
haroratli yoki ifloslanishlar bilan bog ’liq sharoitlarda bajariladigan ishlarda
mehnat qiluvchilarga davlat boshqaruvi idoralari belgilagan me’yorlarda maxsus
kiyim, poyabzal va boshqa
shaxsiy himoya vositlari, yuvish va dezinfektsiyalash
vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq- ovqat mahsulotlari, parhez
ovqat bepul beriladi.
Korxonada mehnatning sog ’lom va xavfsiz sharoitlarini ta ’minlash
yuzasidan ma ’muriyat bilan xodimlarning o ’zaro majburiyatlari jamoa
shartnomasi yoki bitimida ko ’zda tutiladi.
(Ozbekiston respublikasi MMQQ).
17-modda. Majburiy meditsina ko’riklari
Korxona sog ’liqni saqlash idoralari tomonidan belgilangan tartibga muvofiq
ravishda bir qator kasblar va ishlab chiqarishlarning xodimlarini mehnat
shartnomasini imzolash paytida
— dastlabki tarzda va mehnat shartnomasi amal
qiladigan davrda vaqti-vaqti bilan tibbiy ko ’rikdan o ’tkazishni tashkil qilishi
shart. Xodimlar tibbiy ko ’riklardan o ’tishdan bosh tortishga haqli emaslar.
Xodimlar tibbiy ko ’riklardan o ’tishdan bosh tortsalar yoki o ’tkazilgan
tekshirishlarning natijalari bo ’yicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni
bajarmasalar, ma ’muriyat ularni ishga qo ’ymaslik huquqiga egadir.
Xodim, agar u o ’zining salomatligi yomonlashishi mehnat sharoiti bilan bog
’liq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy ko ’rik o ’tkazilishini talab qilish
huquqiga ega.
Tibbiy ko ’riklarni o ’tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va o
’rtacha ish haqi saqlanadi.
(Ozbekiston respublikasi MMQQ).
Davriy ko’riklar muddati ishlarning xususiyatiga qarab belgilanadi (uch
oydan so’ng, yarim yilda, bir yilda va ikki yilda). Bu ko’rsatilgan ko’riklardan
tashqari transport vositalarining haydovchilari har kuni ishdan oldin va keyin
tibbiy ko’rikdan o’tadilar. Kasb kasalliklari profilaktikasida davolovchi-profilaktik
ovqatlanishga keng o’rin berilgan, bu esa zararlar ta’sirini yo’qotish maqsadida
olib boriladi. Aynan xuddi shu masala O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi
moddalarida quyidagicha o’z aksini topgan:
214-
modda. Tibbiy ko’rik
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog’ida
dastlabki tarzda va
keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko ’rikdan
o ’tkazishni tashkil qilishi shart: o ’n sakkiz yoshga to ’lmaganlar;
oltmish yoshga to ’lgan erkaklar, ellik besh yoshga to ’lgan ayollar; nogironlar;
mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati
bilan bog ’liq ishlarda band bo ’lganlar;
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko’rsatish bilan bogliq
bo’lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo ’lganlar;
umumta ’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita
bolalarga ta ’lim yoki tarbiya berish bilan mashg ’ul bo ’lgan pedagog va boshqa
xodimlari.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-
vaqti bilan tibbiy ko ’rikdan o ’tilishi lozim bo ’lgan boshqa ishlarning ro ’yxati va
ularni o ’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Sog ’liqni saqlash vazirligi
tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko ’rsatilgan xodimlar
tibbiy ko
’riklardan o ’tishdan bo ’yin tovlashga haqli emaslar. Tibbiy ko ’rikdan o ’tishdan
yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini
bajarishdan bo ’yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo ’ymaslikka haqlidir.
Xodimlarning mehnatdan, ularning sog ’lig ’i holatiga to ’g ’ri kelmaydigan
ishlarda foydalanishga yo ’l qo ’yilmaydi.
Agar xodim o ’z sog ’lig ’ining holati mehnat sharoiti bilan bog ’liq holda
yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko ’rikdan o ’tkazishni
talab qilishga haqlidir.
Tibbiy ko ’riklardan o ’tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo
’lmaydilar.
(Ozbekiston respublikasi MK).
218-modda. Sog’lig’i holatiga ko’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish
omillarining ta’siridan xoli bo’lgan ishga o’tkazish
Sog ’lig ’i holatiga ko ’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish
omillarining ta ’siridan holi bo ’lgan ishga o ’tkazishga muhtoj xodimlarni ish
beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga
muvofiq vaqtincha yoki
muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o ’tkazishi shart.
Sog ’lig ’i holatiga ko ’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish
omillarining ta ’siridan holi bo ’lgan kamroq haq to ’lanadigan ishga o ’tkazilganda
shunday ishga o ’tkazilgan kunidan boshlab ikki hafta mobaynida xodimlarning
avvalgi o ’rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq to
’lanadigan boshqa
ishga vaqtincha o ’tkazilgan xodimlarga shu ishga o ’tgan vaqt uchun, lekin ikki
oydan ortiq bo ’Imagan muddat davomida kasallik varaqasi bo ’yicha yangi ishda
beriladigan ish haqiga qo ’shilganda xodimning avvalgi ishidagi to ’liq ish haqidan
oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to ’lanadi. Basharti kasallik varaqasida ko
’rsatilgan muddatda ish beruvchi boshqa ish topib berolmagan bo ’lsa, u holda
shuning oqibatida bekor o ’tgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda to ’lanadi.
Ish bilan bog ’liq holda mehnatda mayib bo ’lganligi yoki sog ’lig ’iga
boshqacha tarzda shikast etkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq to
’lanadigan ishga o ’tkazilgan xodimlarga ularning sog ’lig ’i shikastlanganligi
uchun javobgar bo ’lgan ish beruvchi avvalgi ish haqi bilan yangi ishda
oladigan
ish haqi o ’rtasidagi farqni to ’laydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklangunga
qadar yoki nogironligi belgilangunga qadar to ’lanadi.
Qonun hujjatlarida sog ’lig ’i holatiga ko ’ra yengilroq yoki noqulay ishlab
chiqarish omillarining ta ’sirini holi etadigan kamroq haq to ’lanadigan ishga o
’tkazilganda avvalgi o ’rtacha oylik ish haqini saqlab qolishning yoki davlat
ijtimoiy sug ’urtasi bo ’yicha nafaqa to ’lab turishning boshqacha hollari ham
nazarda tutilishi mumkin.
(Ozbekiston respublikasi MK).
Dostları ilə paylaş: