Reja: Mehnat xavfsizligi ishlarini tashkil etishdagi mutaxassis va rahbar shaxslaming


Qishloq xo’jalik xodimlarining davolash va sog’lig’ini ta’minlash



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix04.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#107573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3-mavzu

5.5.Qishloq xo’jalik xodimlarining davolash va sog’lig’ini ta’minlash 
tadbirlari 
Noqulay mehnat sharoiti xizmatchilarni tez-tez shamollash, bronxit va 
angina, radikulit va polinervalgiya, nafas olish a’zolari va terini allergik kabi 
kassalanishlarga olib keladi. Bunday mehnat sharoitlarini yaxshilash va 
xizmatchilarni xavfsizligini ta’minlash quyidagi usullarda ta’minlanishi mumkin: 

noqulay va og’ir ish sharoitlarida mexanizatsiya va avtomatizatsiya 
jarayonidan keng foydalanish; 

binolardagi havo haroratni me’yoridan ortiq oshib ketmasligi uchun 
shamollatish va havoni namlovchi qurilmalar o’rnatish; 

binolarni isitishda ochiq alangadan foydalishni cheklash va quvurli hamda 
kaloreferli isitish tizimidan foydalanish; 

ish kuni davomida qisqa dam olish hamda samarali mehnat tartibini 
tashkillashtirish; 

ovqatlanish tartibiga va tarkibiga doimiy ravishda rioya qilish, kishi 
organizmining zararli kimyoviy moddalarga qarshiligini oshirish uchun sut 
va sut mahsulotlarini, tarkibida oqsil, kraxmal va jelatin bo’lgan ovqatlar 
bilan ta’minlashni tashkillashtirish; 

belgilangan tartibda ishchi-xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tishlarini 
ta’minlash va nazoratga olish. 
O’zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi 
Qonunning 13 va 17-moddalari binoan: 
13-modda. Korxonalarda mehnatning sog’lom va xavfsiz sharoitlarini 
ta’minlash 
Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish 
standartlari, qoida va me’yorlari talablariga muvofiq bo ’lishi lozim. 
Korxonada mehnatning sog’lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, ishlab 
chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat o ’rnatilishini tashkil etish 
va nazoratning natijalari to ’g ’risida mehnat jamoalarini o ’z vaqtida xabardor 
qilish ma ’muriyat zimmasiga yuklanadi. 


Mehnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek o’ta 
noxush 
haroratli yoki ifloslanishlar bilan bog ’liq sharoitlarda bajariladigan ishlarda 
mehnat qiluvchilarga davlat boshqaruvi idoralari belgilagan me’yorlarda maxsus 
kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositlari, yuvish va dezinfektsiyalash 
vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq- ovqat mahsulotlari, parhez 
ovqat bepul beriladi. 
Korxonada mehnatning sog ’lom va xavfsiz sharoitlarini ta ’minlash 
yuzasidan ma ’muriyat bilan xodimlarning o ’zaro majburiyatlari jamoa 
shartnomasi yoki bitimida ko ’zda tutiladi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ). 
17-modda. Majburiy meditsina ko’riklari 
Korxona sog ’liqni saqlash idoralari tomonidan belgilangan tartibga muvofiq 
ravishda bir qator kasblar va ishlab chiqarishlarning xodimlarini mehnat 
shartnomasini imzolash paytida — dastlabki tarzda va mehnat shartnomasi amal 
qiladigan davrda vaqti-vaqti bilan tibbiy ko ’rikdan o ’tkazishni tashkil qilishi 
shart. Xodimlar tibbiy ko ’riklardan o ’tishdan bosh tortishga haqli emaslar. 
Xodimlar tibbiy ko ’riklardan o ’tishdan bosh tortsalar yoki o ’tkazilgan 
tekshirishlarning natijalari bo ’yicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni 
bajarmasalar, ma ’muriyat ularni ishga qo ’ymaslik huquqiga egadir. 
Xodim, agar u o ’zining salomatligi yomonlashishi mehnat sharoiti bilan bog 
’liq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy ko ’rik o ’tkazilishini talab qilish 
huquqiga ega. 
Tibbiy ko ’riklarni o ’tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va o 
’rtacha ish haqi saqlanadi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ). 
Davriy ko’riklar muddati ishlarning xususiyatiga qarab belgilanadi (uch 
oydan so’ng, yarim yilda, bir yilda va ikki yilda). Bu ko’rsatilgan ko’riklardan 
tashqari transport vositalarining haydovchilari har kuni ishdan oldin va keyin 
tibbiy ko’rikdan o’tadilar. Kasb kasalliklari profilaktikasida davolovchi-profilaktik 
ovqatlanishga keng o’rin berilgan, bu esa zararlar ta’sirini yo’qotish maqsadida 
olib boriladi. Aynan xuddi shu masala O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi 
moddalarida quyidagicha o’z aksini topgan: 
214- 
modda. Tibbiy ko’rik 
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog’ida dastlabki tarzda va 
keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko ’rikdan 
o ’tkazishni tashkil qilishi shart: o ’n sakkiz yoshga to ’lmaganlar; 
oltmish yoshga to ’lgan erkaklar, ellik besh yoshga to ’lgan ayollar; nogironlar; 
mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati 
bilan bog ’liq ishlarda band bo ’lganlar; 
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko’rsatish bilan bogliq 
bo’lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo ’lganlar; 
umumta ’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita 
bolalarga ta ’lim yoki tarbiya berish bilan mashg ’ul bo ’lgan pedagog va boshqa 
xodimlari. 
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-
vaqti bilan tibbiy ko ’rikdan o ’tilishi lozim bo ’lgan boshqa ishlarning ro ’yxati va 
ularni o ’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Sog ’liqni saqlash vazirligi 


tomonidan belgilanadi. 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko ’rsatilgan xodimlar tibbiy ko 
’riklardan o ’tishdan bo ’yin tovlashga haqli emaslar. Tibbiy ko ’rikdan o ’tishdan 
yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini 
bajarishdan bo ’yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo ’ymaslikka haqlidir. 
Xodimlarning mehnatdan, ularning sog ’lig ’i holatiga to ’g ’ri kelmaydigan 
ishlarda foydalanishga yo ’l qo ’yilmaydi. 
Agar xodim o ’z sog ’lig ’ining holati mehnat sharoiti bilan bog ’liq holda 
yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko ’rikdan o ’tkazishni 
talab qilishga haqlidir. 
Tibbiy ko ’riklardan o ’tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo 
’lmaydilar. 
(Ozbekiston respublikasi MK). 
218-modda. Sog’lig’i holatiga ko’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish 
omillarining ta’siridan xoli bo’lgan ishga o’tkazish 
Sog ’lig ’i holatiga ko ’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish 
omillarining ta ’siridan holi bo ’lgan ishga o ’tkazishga muhtoj xodimlarni ish 
beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki 
muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o ’tkazishi shart. 
Sog ’lig ’i holatiga ko ’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish 
omillarining ta ’siridan holi bo ’lgan kamroq haq to ’lanadigan ishga o ’tkazilganda 
shunday ishga o ’tkazilgan kunidan boshlab ikki hafta mobaynida xodimlarning 
avvalgi o ’rtacha oylik ish haqi saqlanadi. 
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq to 
’lanadigan boshqa 
ishga vaqtincha o ’tkazilgan xodimlarga shu ishga o ’tgan vaqt uchun, lekin ikki 
oydan ortiq bo ’Imagan muddat davomida kasallik varaqasi bo ’yicha yangi ishda 
beriladigan ish haqiga qo ’shilganda xodimning avvalgi ishidagi to ’liq ish haqidan 
oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to ’lanadi. Basharti kasallik varaqasida ko 
’rsatilgan muddatda ish beruvchi boshqa ish topib berolmagan bo ’lsa, u holda 
shuning oqibatida bekor o ’tgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda to ’lanadi. 
Ish bilan bog ’liq holda mehnatda mayib bo ’lganligi yoki sog ’lig ’iga 
boshqacha tarzda shikast etkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq to 
’lanadigan ishga o ’tkazilgan xodimlarga ularning sog ’lig ’i shikastlanganligi 
uchun javobgar bo ’lgan ish beruvchi avvalgi ish haqi bilan yangi ishda oladigan 
ish haqi o ’rtasidagi farqni to ’laydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklangunga 
qadar yoki nogironligi belgilangunga qadar to ’lanadi. 
Qonun hujjatlarida sog ’lig ’i holatiga ko ’ra yengilroq yoki noqulay ishlab 
chiqarish omillarining ta ’sirini holi etadigan kamroq haq to ’lanadigan ishga o 
’tkazilganda avvalgi o ’rtacha oylik ish haqini saqlab qolishning yoki davlat 
ijtimoiy sug ’urtasi bo ’yicha nafaqa to ’lab turishning boshqacha hollari ham 
nazarda tutilishi mumkin. (Ozbekiston respublikasi MK). 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin