Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 11 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
606
November, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
SUT VA SUT MAHSULOTLARINI SIFAT VA XAVFSIZLIK
KO‟RSATKICHLARI TAHLILI
U. M. Karimov
Toshkent davlat agrar unversiteti, “Qishloq xo‟jaligi Maxsulotlarni Standartlashtirish
va sertifikatlashtirish” kafedrasi “Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi”
yo‟nalishi magistranti
karimov_umidjon@mail.ru
N. Sh. Muminov
Toshkent davlat agrar unversiteti, “Qishloq xo‟jaligi Maxsulotlarni Standartlashtirish
va sertifikatlashtirish” kafedrasi professori
muminov_najmiddin@mail.ru
D. V. Xakimov
Toshkent davlat agrar unversiteti, “Qishloq xo‟jaligi Maxsulotlarni Standartlashtirish
va sertifikatlashtirish”
kafedrasi dotsenti
dhakimov91@mail.ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada sut va sut mahsulotlarining inson organizmi uchun axamyati
uning kimyovi tarkibi, sifat va xavfsizligini ta‟minlash, ularga texnik reglamentlar
asosida qo‟yilgan
talablar, ularning orgonaleptik, fizik-kimyoviy va mikrobialagik
baholash bilan bog‟liq masalalari yoritilgan.
Kalit so„zlar:
Sut va sut mahsulotlari
sifati va xavfsizligi, kimyoviy tarkibi,
yog`lar, oqsil, laktoza, aminokislotalar, texnik reglament, baholash
usullari, texnik
jixozlar.
KIRISH
Sut – sut emizuvchi hayvonlarning laktatsiya davrida sut bezlarida ishlab
chiqariladigan
suyuqlik, fiziologik jihatdan yangi tug`ilgan naslni oziqlantirishga
mo`ljallangan murakkab kimyoviy tarkibga va barcha oziq moddalarga ega.
Tarkibida suv, oqsil, yog`, mineral moddalar,
vitaminlar, fermentlar, garmonlar va
boshqa moddalar bor. Sut tarkibida organizmning normal o`sishi
va rivojlanishi
uchun zarur ko`pgina oziq moddalarning maqbul nisbatlarda
bo`lishi uni qimmatli oziq – ovqat maxsulotiga aylantiradi.