Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 608 November, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal O`zbekistonda sut zavodlarida sutdan separatsiya usulida qaymoq, sariyog`
olinadi, pasterlangan va qaynatilgan ichimlik sut, sut kukuni, quyultirilgan
(konservalangan), vitaminlar qo`shilgan sutlar va boshqa maxsulotlar ishlab
chiqariladi.
Sut maxsulotlari sutdan tayyorlanadigan oziq – ovqat maxsulotlaridir.
Aksariyat sut maxsulotlari katta energetik qiymatga ega. Sut maxsulotlari asosan,
sigir sutidan tayyorlanadi, biroq echki, qo`y, yilqi va tuya suti ham ishlatiladi.
Sut sanoati – sutdan turli sut maxsulotlari ishlab chiqaradigan oziq – ovqat
sanoati tarmog`i. Sut sanoati tarkibiga sariyog`, sut, qatiq, qaymoq, smetana, quruq
sut, sut konservalari, pishloq ( sir ), tvorog, brinza, muzqaymoq, kazein va boshqa
maxsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. O`zbekistonda 20 – asrning 20 –
yillari oxirlariga qadar sutdan xonaki usullarda qaymoq, qatiq, ayron, suzma,
qag`anoq, pishloq, qurt kabi maxsulotlar, qatiqni kuvda pishib sariyog` tayyorlangan.
So„nggi paytlarda iste‟molchilarning haqli e‟tirozlariga sabab bo„layotgan
muammolardan biri bu- sut va sut mahsulotlarining ayrim turlari belgilangan
me‟yoriy hujjat talablariga mos kelmayotganligi hisoblanadi.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyulda 474-sonli
qarori bilan
“Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi to„g„risida”gi umumiy texnik
reglament qabul qilingan.
Umumiy texnik reglament: - inson xayoti va sog„lig„ini ximoya qilish va sut va sut mahsulotlarining
iste‟molchilarini chalg„ituvchi harakatlarning oldini olish;
- texnik jihatdan tartibga solish qoidalari va prinsplarini amaliyotga joriy etish;
- sut va sut mahsulotlariga belgilangan talablar, shu jumladana xavfsizlik
talablarini uyg„unlashtirish masalalarini qamrab olgan.
Umumiy texnik reglamentning talablari O„zbekiston Respublikasi hududida
muomalaga chiqarilgan barcha sut va sut mahsulotlariga taaluqli.
Texnik reglamentda sut va sut mahsulotlarining atamalariga, xavfsizligiga,
saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utelizatsiya qilish talablari, namunalarni tanlab
olish qoidalari va sinov uslublari, belgilangan talablarga muvofiqligini baxolash
tartibi, dadavlat nazoratini o„tkazish hamda sut va sut mahsulotlarini qadoqlash va
yorliqlashga bo„lgan talablar belgilangan.
Hozirgi kunda sut mahsulotilariga bo‟lgan talablarning kuchayganligini
hisobga olgan holda sut mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda uning me„yoriy
xujjatlarga mos kelishini o‟rganish, tahlil va tadqiq qilish
muammolarini hal etish yechimlarini topish muhim ahamiyat kasb
etmoqda.